Ўзбекистон Республикаси мустаќиллигининг 16 йиллиги муносабати билан Давлат мукофотларига


Ergasheva Roziyaxon Abdulxokim qizi



Yüklə 6,35 Mb.
səhifə13/20
tarix31.03.2023
ölçüsü6,35 Mb.
#103880
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
ЁШЛАР иқтидорлик

Ergasheva Roziyaxon Abdulxokim qizi,
1999 yil,
Quva tumani



Farg`ona davlat universiteti talabasi, O`zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiyatsiyasi yengil atletika bo`yicha terma jamoa a’zosi

Mukofotlanmagan

2018 yildan buyon O`zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi yengil atletika bo`yicha milliy terma jamoa a’zosi.
R.Ergasheva chap qo`li tirsak qismidan bolalikdan tug`ma anomaniliya kasalligi bo`yicha II-guruh nogironi.
R.Ergasheva kuchli irodasi va matonati bilan nogiron bo`lishiga qaramay, taqdirning og`ir sinovidan tushkunlikka tushmasdan sport bilan muntazam shug`ullanib, qator viloyat va respublika musobaqalarida faxrli o`rinlarni egallagan.
R.Ergasheva o`zining iqtidori va matonati bilan tumandagi va viloyatdagi barcha yoshlarga o`rnak bo`lib kelmoqda. Ularni sportga keng jalb etish, sog`lom turmush tarzini targ`ib etish hamda jamiyatda o`z o`rnilarini egallashiga munosib hissa qo`shmoqda.
R.Ergasheva dastlab tumandagi bolalar va o`smirlar sport maktabida ustozi R.Anarbayev rahbarligida sportning basketbol turi bilan shug`ullanib o`z mahoratini oshirishga erishgan. Hususan 2014 yilda Farg`ona shaxrida o`tkazilgan “Umid nihollari” sport musoboqasining respublika saralash bosqichida R.Ergashevaning jamoasi faxrli 1-o`rinni qo`lga kiritgan.
R.Ergasheva sportning yengil atletika turi bilan shug`ullanib bugungi kunda ko`plab yutuqlarga erishib kelmoqda.
Jumladan, 2014 yilda yengil atletika bo`yicha Paralimpiya sportchilari o`rtasida o`tkazilgan O`zbekiston chempionati musoboqasida yugurish va uzunlikka sakrash turi bo`yicha ishtirok etib faxrli 2-o`rinlarni egallagan va 3 ta kumush medalni qo`lga kiritgan.
2017 yilda o`tkazilgan yengil atletika bo`yicha O`zbekiston kubogi musoboqasida Paralimpiya sportchilari o`rtasida nayza va yadro uloqtirish turi bo`yicha faxrli 1-o`rinlarni, disk uloqtirish turi bo`yicha 3-o`rinni egallab 2 ta oltin va 1 ta bronza medallarni qo`lga kiritgan.
Bundan tashqari viloyat miqyosida o`tkazilayotgan ko`plab sport musoboqalarida ishtirok etib faxrli o`rinlarni qo`lga kiritib kelmoqda.
2018 yilda o`tkazilgan viloyat ochiq birinchiligida Nayza uloqtirish turi bo`yicha faxrli 2-o`rinni viloyat birinchiligida faxrli 1-o`rinni qo`lga kiritgan.
2017 yilning 17-24 mart kunlari Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida o`tkazilgan xalqaro grand-pri turnirida O`zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi safida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yengil atletikaning nayza uloqtirish turi bo`yicha faxrli 3-o`rinni egallab, bronza medalini qo`lga kiritgan. 2017 yilning 8-14 dekabrь kunlari Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida yoshlar o`rtasida o`tkazilgan Para-Osiyo o`yinlarida O`zbekiston milliy parolimpiya terma jamoasi safida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yengil atletika turlari disk, nayza va yadro otish bo`yicha 2 ta oltin 1 ta kumush medallarni qo`lga kiritib, yurtimiz bayrog`ini yuqori ko`tarishga erishgan.
2018 yilning 6-13 oktyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo`lib o`tgan 3-Para-Osiyo o`yinlarida ishtirok etib nayza uloqtirish musobaqasida Osiyo rekordini o`rnatib, oltin medalni qo`lga kiritgan. Shuning bilan birga 2018 yilda “O`zbekiston Yoshlar ittifoqi mukofoti”ning “Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” nominatsiyasi hamda 2019 yil 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan “Milliy” telekanalining “Qat’iyatli ayol” nominatsiyasi bo`yicha “O`zbegim ayoli” milliy mukofoti bilan taqdirlangan.



Yüklə 6,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə