Reja: Investitsiyon loyhalar mohiyat



Yüklə 1,03 Mb.
tarix31.08.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#121183
4-Mavzu


Mavzu:O’zbekiston respublikasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish.
Reja:
1.Investitsiyon loyhalar mohiyat.
2.Investitsiyon loyhalarni ishlab chiqish va takomillashtirish
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag’lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo’l bilan respublika iqtisodiyotini ko’tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga, rag’batlantirish yo’li bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud. Ular quyidagi chizmada aks ettirilgan Qo’shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish keng tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo’shma korxonalarni tashkil etishdir.
O’zbekiston Respublikasida qo’shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 30 % xorijiy investorlarga tegishli bo’lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo’lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150 ming AQSh dollariga teng bo’lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nizom jamg’armasining 150 ming AQSh dollaridan kam bo’lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug’ullanishga ixtisoslashgan kichik qo’shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan.
Xorijiy korxonalarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb qilish bugungi kunda kengayib bormoqda. O’zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning turli sohalarida tashkil etilishi mumkin. Yirik xorijiy kompaniya va korxonalar o’z mol-mulklari bir qismini ajratib, shu’ba korxonalar ochishi mumkin. Bunday shu’ba korxonalarga ham qo’shma korxonalarga qo’yilgan talablar belgilangan.
Ikki yoki uchdan ortiq davlat yoki korxonalar o’z kapitallarini jamlagan holda xalqaro tashkilotlar tashkil etishi mumkin.
Kontsessiya shartnomalari - bu tabiiy boyliklarni, ayrim foydali qazilmalarni qazib olish va o’zlashtirish uchun tuzilgan shartnomalardir.
Lizing shartnomasi chet el investitsiyalari ishtirokida asbob - uskunalarni, texnika - texnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olishdir.
Tenderlar – bu tanlov asosida investorlarning investitsiya loyihalarini
moliyalashtirishga jalb etilishidir. Erkin iqtisodiy hudud - bu ma’lum hududda chet el investitsiyalari erkin kirib kelishi va ularga nisbatan qator imtiyozlar belgilangan hududdir. O’zbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiyot hududlar to’g’risida"gi Qonunida erkin iqtisodiy hududga quyidagicha ta’rif berilgan:
Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish jarayonida davlat qo’llab-quvvatlovchi, rag’batlantiruvchi hamda nazorat qiluvchi sifatida bosh islohotchi bo’lishi lozim. Davlatning bosh islohotchi sifatida qatnashishi xorijiy tajribasida aniq namoyon bo’ladi, masalan, Xitoy hukumati 1 dollar chet el investitsiyalarini jalb etish uchun 4 dollar o’z mablag’larini safarbar etgan. Natijada, milliy va asosan, xorijiy investorlar hududlarga investitsiyalar kirita boshlagan, bu esa o’z navbatida, mamlakat iqtisodiyotini rivoji uchun poydevor bo’lib xizmat qildi.
Rossiyada yaratilgan erkin iqtisodiy hududlarga Naxodka, Kaliningrad viloyati,Sankt-Peterburg shahri va boshqalar kiradi. Qozog’istondagi birinchi erkin iqtisodiy hududlar 1991 yilda paydo bo’lgan. Bular: Jezqozg’on viloyatdagi “Jayren-Atasu”, Kostanay viloyatdagi “Lisakov” va Olmaota shahardagi “Otakent” erkin iqtisodiy hududlaridir. 2009 yilda Navoiy viloyatida tashkil etilayotgan erkin industrial-iqtisodiy zonaning asosiy ob’ektlaridan biri sifatida Navoiy shahri aeroporti bazasida xalqaro tashishlar bo’yicha intermodal markaz qurilishi yuzasidan katta ishlar amalga oshirildi.
Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasi – jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 3 dekabrdagi «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida»gi qarori asosida tashkil etilgan.
Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə