Œзбекистон республикаси олий ва œрта махсус таълим вазирлиги


Kurs ishi (loyihasi) bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar



Yüklə 122,25 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü122,25 Kb.
#140372
1   2   3   4   5
10. ИД Кесиш наз 2022 2023 (сиртки)

2.5. Kurs ishi (loyihasi) bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Oʼquv rejada kurs ishi (loyihasi) kiritilmagan


2.6. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’limni tashkil etishda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi va joriy nazorat sifatida baholanadi:

  1. mavzular bo‘yicha konspekt (referat, taqdimot)tayyorlash. Nazariy materialni puxta o‘zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul o‘quv materialiga diqqatni ko‘proq jalb etishga yordam beradi. Talaba konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi, vaqtni tejaydi;

  2. o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. olgan bilimlarini o‘zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan elektron manbalar, innovatsion dars loyihasi namunalari, o‘z-o‘zini nazorat uchun test topshiriqlari v.b;

  3. fan bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil o‘rganish uchun berilgan mavzular bo‘yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha o‘quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar. Bunda rus va xorijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish rag‘batlantiriladi;

  4. INTERNET tarmog‘idan foydalanish.

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fanlar boblari va mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

  • avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

  • maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;

  • talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;

  • faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;

  • masofaviy (distansion) ta’lim.

Ushbu o‘quv fani bo‘yicha talabaning mustaqil ishi ma’ruzalar matni va tavsiya etilgan adabiyotlar bilan, davriy jurnallar va internet materiallari bilan ishlashni, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish, referatlar yozish va hisoblash texnikasidan foydalanish, sinov natijalariga ishlov berishni, kurs ishiga ijodiy yondoshib mustaqil bajarishni o‘z ichiga oladi.
Mustaqil ishning tavsiya etiladigan mavzulari:

  1. Qattiq qotishmalar,keramika,o‘ta qattiq qotishmalar;

  2. Kesish jarayonida o‘simta turlari;

  3. Kesishdagi asbob tebranishlar;

  4. Materiallarinni nanokesish tizimida o‘tayotgan jarayonlar;

  5. Ishlanuvchanlikni yaxshilash yo‘llari;

  6. Zamonaviy keskich turlari;

  7. Zamonaviy parma (zenker,razvertka) turlari;

  8. Tish kesib ishlash jarayoni xususiyatlari;

  9. Metallarni tez yo‘nishda ishlatiladigan keskichlar

10.Materiallarni kesib ishlashning zamonaviy usullari


Yüklə 122,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə