Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


 Kapital investitsiyalar auditi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/109
tarix19.04.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#85656
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109
Investitsiyalar auditi va baholash
1-SINF
3.5. Kapital investitsiyalar auditi 
Asosiy  vositalarni  ta’mirlashga  doir  muomalalarni  tekshirish  chog’ida 
auditor  xujjatlar  rasmiylashtirilishining  to’g’rililigiga  alohida  e’tibor  qaratishi 
lozim. Bunda dastavval, mazkur masala bo’yicha korxonada qanday hisob siyosati 
qabul  qilinganligi  aniqlashi  zarur.  Bu  narsa  tekshiruvni  davom  ettirish  ketma-
ketlini  belgilaydi.  Korxonalarda  asosiy  vositalarni  ta’mirlashga  doir  xarajatlar 
quyidagicha hisobdan o’chirilishi mumkin: 
• xarajatlarning qilinish me’yoriga qarab bevosita mahsulot (ish, xizmat)lar 
tannarxiga; 
• asosiy vositalarni ta’mirlash uchun yaratilgan fond hisobidan; 
• xarajatlarni oldin 3190 - «boshqa oldindan to’langan xarajatlar» schyotiga 
olib borib, keyinchalik bir me’yorda tannarxga qo’shib borish. 
Agar  hisob  siyosatiga  muvofiq  korxonada  asosiy  vositalarni  ta’mirlash 
uchun  rezerv  tashkil  etiladigan  bo’lsa,  unda  auditor  rezerv  uchun  ajratmalar 
summasining  iqtisodiy  asoslanganligini,  asosiy  vositalarning  turlari  bo’yicha 
(binolar,  inshootlar,  qurilmalar  va  xokazo)  ajratmalar  miqdori  ko’zda  tutilganligi 
yoki  ajratmalarining  yagona  normasi  belgilanadi,  xar  oyda  rezerv  hisoblash 
tamoyliga  rioya  qilinishini  aniqlaydi.  Tamirlash  uchun  kilingan  xaqiqiy  xarajatlar 
yaratilgan  rezerv  hisobiga hisobidan  uchiriladi.  Shuning uchun  auditor  yil  oxirida 
(ta’mirlash 
ishlari 
tugallangan 
xollarda) 
oshiqcha 
hisoblangan 
rezerv 
to’g’rilanganligi (storno qilinganligi)ga ishonch hosil qilishi lozim. 


 
55 
 
Asosiy  vositalarni  ta’mirlashga  doir  muomalalarnnng  buxgalteriya  hisobi 
schyotlarida  aks  ettirilishini  tekshirish  chog’ida  auditor,  ishlab  chiqarishga  doir 
asosiy  vositalarni  ta’mirlash  xarajatlari  tannarxga  olib  borilganligi,  noishlab 
chiqarishga  doir  asosiy  vositalarni  esa  o’z  manbalari  hisobiga  hisobdan 
o’chirilganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shunnngdek, auditor ta’mirlash ishlari 
kaysi usul (pudrat yoki xo’jalik usuli) bilan amalga oshirilganligini xam tekshiradi. 
Agar  hisobot  davrida  lizingga  olingan  asosiy  vositalar  ta’mirlangan  bo’lsa, 
ta’mirlash turini (joriy yoki kapital). lizing shartnomasiga kapital ta’mirlash ko’zda 
tutilganligi va xarajatlar kimniig hisobidan qoplanishini tekshirishi zarur. 
Korxonalar hisobot davrida asosiy vositalar ob’ektlarini zamonaviylashtirish 
va  qayta  jixozlash  uchun  xam  harajatlar  qilishi  mumkin.  Auditor  bu  holda 
quydagilarni  tekshiradi:  qilingan  xarajatlar  0890  -«Voshqa  kapital  sarflar» 
schyotda  hisobga  olinganligi,  ta’mirlash  ishlari  yakunlanganidan  so’ng  asosiy 
vositalar dastlabki qiymati  oshganligi, korxona qo’shilgan  kapitalining  ko’payishi 
hisobda ko’rsatilganligi. 
Korxona asosiy vostalarni tamirlash bilan bog’liq barcha xarajatlarni ishlab 
chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritadi, bu 
pirovardida  moliyaviy  natijaning  shakllanishiga,  shuningdek  korxonaning 
foydadan  byudjetga  to’lovlar  bo’yicha  byudjet  bilan  o’zaro  munosabatlariga  xam 
ta’sir etadi. 
Auditor,  eng  avvalo,  bu  masala  bo’yicha  ham  korxonalar  kanday  hisob 
siyosati  qabul  qilinganligini  aniqlashi  lozim.  Ayrim  korxonalar  kelgusi  yil  uchun 
hisob  siyosatini  qabul  qilishda  ta’mirlash  xarajatlarini  har  oyda  haqiqiy  harajatlar 
hajmida  hisobdan  o’chiradigan  tartibni  qo’llaydilar.  Boshqa  korxonalar  tamirlash 
fondi  yaratadilar  (ta’mirlashning  barcha  turlari  uchun  rezervga  mablag’ 
ajratadilar),  hakiqatda  bajarilgan  ta’mirlash  ishlari  uchun  qilingan  xarajatlarni  esa 
tashkil etilgan fond hisobiga hisobdan o’chiradilar. 
Birinchi xolatda ta’mirlashga doir barcha xarajatlar ta’mirlash qaysi hisobot 
davrida  amalga  oshirilgan  bo’lsa,  bevosita  shu  davrdagi  ishlab  chiqarish 
xarajatlariga  ko’yilishi  lozim;  ikkinchi  xolatda  korxona  balansida  turgan  asosiy 


 
56 
 
vositalarning  dastlabki  qiymatiga  nisbatan  foiz  hisobida  ta’mirlash  fondiga 
ajratmalar normativi hisoblab chiqariladi. 
Odatda, hisob yuritish siyosatining birinchi variantini kichik va o’rta biznes 
korxonalari,  ikkinchisini  esa  asosiy  vositalari  mulklar(aktivlar)ning  salmoqli 
qismini tashkil etadigan yirik korxonalar qo’llaydilar. 
Auditor  ta’mirlash  xarajatlarini  ishlab  chiqarish  xarajatlariga  ko’shishning 
to’g’riligini korxonada qabul qilingan hisob yuritish siyosatidan kelib chiqib, uning 
o’zgarish xollarida esa sababini va ushbu vaziyatning moliyaviy natijaga ta’sirini 
tekshirishi lozim. 
Asosiy  vositalarga  eskirish  hisoblash  va  ta’mirlash  bo’yicha  korxonada 
qanday  hisob  yuritish  siyosati  qabul  qilinganlagini  aniqlash  uchun  8910-
«Kelgusidagi  xarajatlar  va  to’lovlar  uchun  rezervlar»  schyotining  ma’lumotlari 
bilan  tanishish  zarur.  Agar  8910  schyotda  alohida  «Ta’mirlash  fondi»  degan 
analitik  schyot  ajratilgan  bo’lsa,  ushbu  fondga  qilingan  ajratmalarning  hajmi 
kanchalik  asoslanganlign  (iqtisodiy  hisob-kitoblar  bilan  tasdiqlanganligi)ga 
ishonch  hosil  qilish  zarur.  Ajratmalar  hajmi  asosiy  vositalar  turlari  bo’yicha 
tabaqalangan  yoki  ajratmalarning  yagona  normasi  o’rnatilgan  bo’lishi  mumkin. 
Agar  yagona  normativni  qo’llash,  auditor  nuqtai  nazaridan,  tannarxning  asossiy 
ko’tarilishi  va  Soliqqa  tortiladigan  bazannng  pasayishiga  olib  kelsa,  u  bunday 
xolatni auditor hisobotida ko’rsatib o’tishi lozim. 
Masalan, ta’mirlash fondiga ajratmalarning yagona normasida, agar bino va 
inshootlarning kiymati umumiy balans salmoqli o’rin tutsa, auditor keyingi yillarda 
qanday  ajratmalar  normalari  qo’llanilganini  ko’rib  chiqishi  lozim.  Asosiy 
vositalar(binolar,  inshootlar,  transport  vositalari,  mashinalar  va  qurilmalar)ning 
xizmat  qilish  muddatlari  xilma-xil,  shuning  uchun  amortizatsnya  ajratmalarining 
yagona normalarini qo’llash unchalik to’g’ri emas. Boshqa tomondan, mashina va 
qurilmalarni xar xil ish smetalarida, alohida texnologik muxit va shunga o’xshash 
yuqori  darajada  eskirishga  olib  keladigan  sharoitlarda  ishlatish  xam  ta’mirlash 
fondga  qilinadigan  ajratmalarni  tezlashtirishni  taqozo  etadi.  Pudrat  shartnomasi 
bo’yicha  hisoblangan  summalar,  ijtimoiy  sug’urta  fondi(ISF)ga  ajratmalar  va 


 
57 
 
transport  solig’idan  tashqari.  mehnat  xaqi  sarflari  (byudjetdan  tashqari  fondlarga 
ajratmalar bilan birgalikda) kabi xarajatlarga ko’shiladi. Auditor ta’mirlash fondiga 
ajratmalar  normativlarining  texnik-iqtsodiy  asosi  (hisob-kitobi)ning  mavjudligi va 
xar oylik ajratmalar qilishda ularga rioya qilinganligiga ishonch xosil qilishi lozim. 
Pudrat  usulida  bajarilgan  ta’mirlash  ishlari  auditining  xususiyatlari.  Bu 
xolda  ta’mirlash  ishlari  tuzilgan  shartnomalar  asosida  pudratchi  tashkilotlar 
tomonidan  bajariladi.  bunda  6010  «Mol  etkazib  beruvchilar  va  pudratchilarga 
to’lanadigan  schyotlar»  schyotida  aks  etirilgan,  korxonaning  ta’mirlash 
tashqilotlari  bilan  hisob-kitoblari  tekshirish  ob’ektlari  bo’lib  hisoblanadi. 
Shuningdek,  ta’mirlash  ishlari  tadbirkor  jismoniy  shaxslar  yoki  tadbirkor 
bo’lmaganlar  bilan  tuzilgan  pudrat  shartnomalariga  asosan  xam  bajarilishi 
mumkin. Sarflarni ishlab chiqarish xarajatlariga qo’shish faqat ta’mirlash ishlarini 
bajarish  smetasi  shaartnoma  bilan  ko’zda  tutilgan  xolatdagina  mumkin.  Agar 
bunday  bo’lmaganda,  jismoniy  shaxslar  bilan  tuzilgan  pudrat  shartnomalari 
bo’yicha  bajarilgan  ishlar  uchun  qilingan  xarajatlar  korxonaning  sof  foydasi 
hisobiga  xisobdan  o’chirilishi  lozim.  Jismoniy  shaxslardan  byudjetga  daromad 
solig’i ushlanishi va o’tkazib berilishi lozim. 
Xo’jlik  usulida  bajarilgan  ta’mirlash  ishlari  auditining  xususiyatlari.  Avval 
ta’kidlab  utilganidek,  ta’mirlash  fondi  tashkil  etmaydigan  ko’pchilik  korxonalar 
barcha  qilgan  xarajatlarini  ularning  qilinish  me’yoriga  qarab  mahsulot  ishlab 
chiqarish  (ish bajarish,  xizmat  ko’rsatish)  xarajatlariga  qo’shadilar.  Katta va  o’rta 
korxonalarda maxsus ta’mirlash xizmatlari (tsexlar, uchastkalar) bo’lishi mumkin. 
Bunday  bo’linmalarning  xarajatlari  amalda  ta’mirlash  turlari:  joriy,  o’rta,  kapital 
ta’mirlash  bo’yicha  2310  «Yordamchi  ishlab  chiqarishlar»  schyotining 
«Ta’mirlash  ustaxonasi»  analitik  schyotida  oldindan  yig’ilib  ta’mirlash  ishlari 
tugallanganidan  keyin  korxonada  qabul  qilingan  hisob  yuritish  siyosatiga  ko’ra 
2310-schyot kreditidan ishlab chiqarish schyotlari (2010, 2510, )ning debetiga yoki 
ta’milash  fondi  (8910-schyot  «Ta’mirlash  fondi»  analitik  schyoti)  hisobiga 
hisobdan  o’chiriladi.  Kapital  va  o’rta  ta’mirlash  uchun  smetalar  tuzilgan  bo’lishi 
lozim. Bularning xammasi auditor tomonidan tekshiriladi. 


 
58 
 
U xo’jalik muomalalarini hujjatlashtirish tartibi bilan tanishib chiqishi kerak. 
Dastlabki  hujjatlar  (materiallarni  olish  uchun  talabnoma  va  boshqalar)da 
xarajatlarning  Qo’nalishi,  ya’ni  ta’mirlash  ishlari  ko’rsatilishi  lozim.  Auditor 
korxona  ma’muriyatiga  nuqson  (defekt)lar  vedomostiga  asosan  tuziladigan, 
choraklarga  bo’lingan,  ta’mirlash  ishlarini  o’tqazishniig  1  yillik  rejasini  tuzishni 
tavsiya  qilishi  mumkin.  Bu  tadbirlar  o’z  navbatida  korxonalarga  ta’mirlash 
maqsadida  mablag’lardan  samarali  foydalanish  ustidan  nazoratni  kuchaytirishga 
imkon yaratadi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  asosiy  vositalarni  malakali  auditorlik  tekshiruvidan 
o’tkazish, sifatli auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuzish uchun ushbu hisob 
ob’ektini  xar  tomonlama  sinchiklab  tekshirish,  ma’lumotlarni  tahlil  qilish, 
shuningdek,  bu  ishga  kirishishdan  oldin  asosiy  vositalar  hisobiga  doir  barcha 
me’yoriy xujjatlar xamda boshqa zarur manbalardan iborat ma’lumotlar tuplamini 
shakllantirish;  Shundagina  auditor  malakali  tekshiruv  o’tkazib.  korxonaga 
(mijozga)  sifatli  xizmat  ko’rsatishi  va  qimmatli  maslahatlar  berishga  erishishi 
mumkin. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə