Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


    IV-Bob. MOLIYAVIY INVESTITSIYALAR HISOBI



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/109
tarix19.04.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#85656
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109
Investitsiyalar auditi va baholash

 


 
61 
 
IV-Bob. MOLIYAVIY INVESTITSIYALAR HISOBI 
 
4.1. Moliyaviy investitsiyalarning mohiyati va ularni hisobga olishning 
vazifalari 
Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  munosabati  bilan  korxona,  tashkilot  va 
muassasalarda  mavjud  mablag’lardan  samarali  foydalanish,  korxona  ixtiyoridagi 
aktivlarning  samaradorligini  maksimal  darajada  ko’tarish  asosiy  vazifa  bo’lib 
hisoblanadi.  Chunki  mablag’lardan  samarali  foydalanish  korxona  aktivlari 
unumdorligini  oshirishda  va  bu  orqali  maksimal  darajada  foyda  olishda  muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Iqtisodiyotni  bozor  munosabatlariga  bosqichma-bosqich  o’tkazish  va 
tarmoqlar  iqtisodiyotni  izchil  rivojlantirish  investitsiyalardan  foydalanish 
samaradorligini oshirish bevosita bog’liqdir. Bugungi kunda investitsiyalarni bozor 
iqtisodiyotiga  moslashtirish  va  (investitsion  faoliyatni  boshqarish  o’zgacha 
yondoshishlarni  talab  etmoqda.  Chunki  xo’jalik  yuritishning  zamonaviy  yo’lini 
tanlash  investitsion  siyosatni  xam  tubdan  o’zgartirishni  talab  qiladi.  Investitsion 
siyosatni amalga oshirishda bozor munosabatlariga mos dastaklardan foydalanish, 
ya’ni  investitsion  jarayon  qatnashchilarining  huquq  va  majburiyatlarini  belgilab 
berish  mamlakatda  investorlar  uchun  to’laqonli  raqobatni  ta’minlash;  moliyaviy, 
moddiy va aqliy boyliklarni boshqarishda batamom erkin xarakat qilish va shunga 
tenglashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. 
Investitsiya  inglizcha  investment  so’zidan  olingan  bo’lib,  sarmoya  qo’yish 
degan  ma’noni  anglatadi.  O’zbekiston  Respublikasining  «Investitsiya  faoliyati 
to’g’risida»gi  Qonuning  2-moddasiga  binoan,  investitsiyalar  -iqtisodiy  va  boshqa 
faoliyat  ob’ektlariga  kiritiladigan  moddiy  va  nomoddiy  ne’matlar  xamda  ularga 
doir huquqlar. 
Moliyaviy investitsiyalar - daromad olish (xuddi foizlar, royalti, dividendlar 
va  ijara  xaqi  singari)  va  asosiy  kapital  qiymatini  ko’paytirish  maqsadida  uning 
tasarrufida bo’lgan korxona aktivlaridir. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  moliyaviy  investitsiyalar  muhim  axamiyatga 


 
62 
 
ega  hisoblanadi.  Moliyaviy  investitsiyalar  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning 
ixtiyorida  mavjud  bo’lgan  bo’sh  po’l  mablag’laridan  samarali  foydalanishni 
ta’minlaydi. 
Moliyaviy investitsiyalar muddatiga ko’ra qisqa muddatli va uzoq muddatli 
bo’ladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə