Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə18/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

1.5.2. O‘zgarmas operativ tok


O‘zgarmas operativ tok manbasi sifatida akkumulyator batareyalaridan foydalaniladi. Ular eng ishonchli manba hisoblanadi.
O‘zgarmas operativ tok manbalari kuchlanishlarining standart qiymatlari sifatida 24,48,110,220 V qabul qilingan.
Akkumulyator batareyalari maxsus isitiladigan va ventilyasiyaga ega bo‘lgan xonaga o‘rnatiladi. Ularni doimo zaryadlab turish uchun zaryadlash agregatlari yoki to‘g‘rilagichlar bo‘lishi zarur. Bundan tashqari akkumulyator batareyalaridan foydalanish va ularni nazorat qilib turish uchun maxsus malakaga ega bo‘lgan personal bo‘lishi kerak.
O‘zgarmas tok tarmog‘i ishonchlilikni orttirish uchun seksiyalarga bo‘linadi va har bir seksiya akkumulyator batareyasining shinalariga ulanadi. Seksiyalar bir-biri bilan rubilniklar vositasida bog‘lanadi. Seksiyalar va iste’molchilarga boruvchi liniyalar eruvchan saqlagichlar yoki avtomatlar yordamida qisqa tutashuvlardan himoya qilinadi.
O‘zgarmas tok tarmog‘ida erga nisbatan izolyasiyaning holati uzluksiz nazorat qilinadi.
Akkumulyator batareyalari, asosan, quvvati katta bo‘lgan podstansiyalarda va elektr stansiyalarda qo‘llaniladi.

1.5.3. O‘zgaruvchan operativ tok


O‘zgaruvchan operativ tokdan foydalanish akkumulyator batareyalariga nisbatan iqtisodiy jihatdan tejamli bo‘lib hisoblanadi. O‘zgaruvchan operativ tok manbalari sifatida tok transformatorlaridan (TT), kuchlanish transformatorlaridan (KT) va o‘z ehtiyoj transformatorlaridan (O‘ET) foydalaniladi.


Qisqa tutashuvlardan himoyalarning operativ zanjirlarini ta’minlash uchun TT ishonchli manba bo‘lib hisoblanadi. CHunki QT vaqtida tok, shuningdek TT dan olinish mumkin bo‘lgan quvvat ham ortadi. Lekin TT tok ortishi bilan bog‘liq bo‘lmagan shikastlanish va normal bo‘lmagan rejimlarda etarli quvvatni bera olmaydi, masalan, erga tutashuvlarda, kuchlanish ortishi yoki kamayishi va chastota pasayishiga olib keluvchi normal bo‘lmagan rejimlarda.
KT va O‘ET lar qisqa tutashuv vaqtida etarli quvvatni bera olmaydilar, lekin ulardan kuchlanish keskin pasaymaydigan normal bo‘lmagan rejimlarda, masalan, o‘ta yuklanish, erga tutashuv, kuchlanish ortib ketishidan himoyalarning operativ zanjirlarni ta’minlash uchun foydalanish mumkin.
TT va KT larning quvvatidan to‘g‘ridan - to‘g‘ri foydalanish bilan bir qatorda ular yordamida oldindan zaryadlangan kondensatorda yig‘ilgan energiyadan ham foydalanish mumkin .
Kondensatorni zaryadlash normal rejimda tarmoq kuchlanishidan foydalanib amalga oshiriladi. Podstansiyada kuchlanish yo‘qolganda ham kondensatorda to‘plangan energiya saqlanib qoladi. SHu sababli zaryadlangan kondensatordan podstansiyada kuchlanish yo‘qolganda ham ishlashi zarur bo‘lgan rele himoyasi va avtomatika qurilmalarining operativ zanjirlarini ta’minlash uchun foydalanish mumkin.
Operativ zanjirni TT dan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minlash sxemasi (1.12,a-rasmda ko‘rsatilgan. Normal rejimda Q viklyuchatelning YAT uzish cho‘lg‘ami KA relening KA.1 kontaktlari orqali shuntlangan. Qisqa tutashuv yuz berganda KA rele ishlab uzining KA.1 kontaktini uzadi. Tok transformatori TA ning toki YAT orqali o‘tadi va viklyuchatel Q o‘zining asosiy kontaktlarini uzadi. Bunday sxema shunt uziladigan sxema deb ham ataladi. Tok va kuchlanish ta’minlash bloklari asosidagi operativ tok manbasining sxemasi 1.12,b-rasmda keltirilgan. TT ning toki oraliq tok transformatori TLA yordamida kuchlanishga aylantiriladi va VS2 to‘g‘rilagich yordamida to‘g‘rilanadi.
Qisqa tutashuv vaqtida TLA ning chiqishida hosil bo‘ladigan kuchlanish sakrashlarini cheklash uchun S kondensator ulangan. TA, TLA, S va VS2 birgalikda tok ta’minlash blokini tashkil etadi.
Kuchlanish ta’minlash bloki kuchlanish transformatori TV, oraliq kuchlanish transformatori TLV va to‘g‘rilagich VSI lardan tashkil topgan. Tok va kuchlanish ta’minlash bloklarini parallel ulash yo‘li bilan universal ta’minlash bloki hosil qilinnadi.
Operativ zanjirlarni zaryadlangan kondensatordan ta’minlash sxemasi 1.12,v-rasmda ko‘rsatilgan.
Normal rejimda S kondensator TV kuchlanish transformatoridan VS to‘g‘rilagich va R cheklovchi qarshilik orqali zaryadlanadi. Qisqa tutashuv yuz berganda KA rele ishlab o‘zining KA.1 kontaktini ulaydi va S kondensatorning zaryadlanish toki viklyuchatelning uzish cho‘lg‘ami YAT orqali o‘tadi, Q viklyuchatelning kontaktlari uziladi.



1.12-rasm. Operativ zanjirlarni ta’minlash sxemalari: a-TT dan to‘g‘ridan-to‘g‘ri; b-ta’minlash bloki yordamida; v-oldindan zaryadlangan kondensatorda yig‘ilgan energiyadan foydalanish



Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə