Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Likvidlikni samarali boshqarish deganda



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

Likvidlikni samarali boshqarish deganda
banklar bu nomutanosib-
liklarni anglagan holda mavjud xatarni kamaytirish uchun yetarli choralar-
ni ko‘rish yo‘li bilan likvidlilik pozitsiyasini mustahkamlash tushuniladi. 


160
sharoit yaratish; 
Markaziy bankdan olingan uzoq muddatli kreditlarni qaytarish. 
Banklararo bozor ishtirokchilari boshqa har qanday ishtirokchiga 
ortiqcha zaxirani qarzga berishi (olishi) mumkin. Banklararo bozordagi 
operatsiyalar qarz oluvchi yoki qarz beruvchi istak bildirganda boshqa 
banklarga resurslar sotish yoki sotib olish taklifi bilan murojaat qilib 
amalga oshirilishi mumkin. 
Operatsiya tashabbuskori birinchi bo‘lib bildirilgan taklifni qabul 
qilish majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi. Bundan tashqari, u ancha 
ma’qul narx (foiz stavkasi) da muqobil taklif kiritishi mumkin. 
Operatsiya shartlari bo‘yicha og‘zaki yoki yozma ravishda kelishuvga 
erishilgach, qarz beruvchi bank shu zahoti o‘z vakillik hisobvarag‘idagi 
resurslarni qarz oluvchi bankning vakillik hisobvarag‘iga o‘tkazib 
berishi kerak. 
Banklararo kreditlarning muddati bir kundan bir necha oygacha 
davom etishi mumkin. Foiz stavkalari kontragent banklar o‘rtasidagi 
bitim asosida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi yoki DQO 
lari bo‘yicha stavkalarni asos qilib olgan holda belgilanadi. Ta’minotga 
ega bo‘lmagan banklararo kredit bitimlarini tuzganda bir qarz oluvchiga 
beriladigan qarz me’yorlariga amal qilishadi. Faqatgina 
overnayt 
opera-
tsiyalari bundan istisno, ular bo‘yicha limit chegarasi bank kapitalining 
25 foizi atrofida o‘rnatiladi. 
Banklararo kreditlarning ta’minoti sifatida DQOlari kabi yuqori 
likvidli va oson sotiluvchi qimmatli qog‘ozlar qabul qilinishi mumkin. 
Ta’minot sifatida topshirilgan qimmatli qog‘ozlar uchinchi shaxsning 
(tijorat banki yoki Markaziy bankda) hisobvarag‘ida joylashtiriladi yoki 
Markaziy bank daftarlarida ularning garovga olinganligi belgilab qo‘yi-
ladi. 
Repo 
operatsiyalarida qo‘llaniluvchi qimmatli qog‘ozlar oson 
sotiluvchi va likvid vositalar, ya’ni DQOlari ko‘rinishida bo‘lishi kerak. 
Agar banklar boshqa qimmatli qog‘ozlarni afzal deb bilsa, u holda qarz 
beruvchi tomon ularning yuqori likvidlik talablariga javob berishiga 
ishonch hosil qilishi va ularni o‘zlarida saqlanishini ta’minlashi kerak. 
Bundan tashqari, tomonlar qimmatli qog‘ozlarni uchinchi tomonda 
saqlash haqida kelishib olishi mumkin. 
Repo operatsiyalari Markaziy bank talablariga rioya qilgan holda 
amalga oshiriladi. Kelishuvda har bir tomonning huquq va majbu-
riyatlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Kredit beruvchi tomon qimmatli qog‘oz-


161
larning to‘lov muddatiga qarab garov qiymatining kredit qiymatidan 
kamida 10 foizga yuqori bo‘lishini ta’minlashi kerak. To‘lov muddati 
qancha yaqin bo‘lsa, marja shunchalik katta bo‘lishi zarur. Ta’minot 
sifatida DQOlaridan foydalanilgan holda garov qiymatini, joriy diskont 
asosida aniqlash to‘g‘riroq bo‘ladi. Kuponli qimmatli qog‘ozlar qiymati 
ularning bozor narxi hamda hisoblangan foizlar miqdorida aniqlanadi. 
Hozirgi vaqtda garov turi bo‘yicha ma’lum cheklovlar o‘rnatil-
magan bo‘lsada, banklar bozorda kotirovka qilinmaydigan qimmatli 
qog‘ozlar va asosiy vositalar kabi garovning nolikvid shakllarini 
qo‘llashda o‘zlarining zimmalaridagi xatarni anglashlari lozim. 
Davlat qimmatli qog‘ozlaridan tashqari boshqa qimmatli qog‘ozlar 
garovi asosida berilgan kredit «ta’minlangan» kredit hisoblanmaydi. 
[103]
. Barcha tijorat banklari joriy likvidlik me’yorlarini bajarishlari 
lozim, ular joriy aktivlarning (to‘lov muddati 30 kungacha bo‘lgan 
barcha likvid aktivlari, bank qo‘yilmalarining bir marta bo‘lsa ham 
muddati uzaytirilgan yoki avval berilgan ssudalarni to‘lash uchun, 
shuningdek, qaytarish muddati o‘tib ketgan kreditlar bundan istisno 
qilinadi) talab qilib olinguncha majburiyatlar summasi nisbatiga va ijro 
etish muddati 30 kungacha bo‘lgan holda aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkich 
30 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. 
Bank likvidligini tahlil qiluvchi davr (oylik, choraklik, yillik) 
mobaynida o‘zgarishlar tendensiyasiga ahamiyat berishi va o‘zgarishlar 
ahamiyatini hamda xarakterini o‘tgan davrlarga nisbatan baholashi, re-
surslar jalb qilishning o‘tgan va joriy strategiyalarini baholashi, shuning-
dek, imkoni bo‘lsa, o‘xshash banklar bilan taqqoslash lozim. 
Likvidlik koeffitsiyentlari o‘z-o‘zidan likvidlikni yetarliligi bo‘yi-
cha aniq ma’lumot bermaydi, ularga umumiy bahoning bir qismi sifatida 
qarash kerak. Quyida likvidlik koeffitsiyentlari (K) bo‘yicha misollar 
keltiramiz: 
Bu yerda: 
LA – likvid aktivlar (zaxiraning ortiqcha qismi, erkin ayir-
boshlanadigan valuta, DQOlari, boshqa banklardagi vakillik hisobvaraq-
lari); 
JA – jami aktivlar; 
DBM – doimiy bo‘lmagan majburiyatlar (yirik depozitlar, ma’lum 
K = LA ÷ ( JA + DBM ) 


162
manbalardan olingan qarzlar). 
Ushbu ko‘rsatkichlar quyidagicha xulosa chiqarish uchun asos 
bo‘ladi: K
1
, K
2
va K
3
ko‘rsatkichlarining pasayishi bankning resurslar 
barqaror bo‘lmagan manbalarga tayanganligi yoki bank portfelidagi 
yuqori likvid aktivlar ulushining kamayganligini anglatadi. 
Kreditlarning depozitlarga nisbati (K/D) – depozitlarning, ayniqsa, 
mayda omonatchilarga tegishli qismi odatda resurslarning barqaror 
manbayidir. Mazkur ko‘rsatkichlarning juda yuqori qiymati (80 foizdan 
ortiq) va (yoki) o‘sishi dastlabki muammolar bankdan chiqib ketadigan 
resurslar (banklararo bozordan olingan qisqa muddatli qarzlar) 
manbalariga bo‘lgan talabning pastligini bildiradi. 
Garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar (GQQ)ning jami qimmatli 
qog‘ozlar (JQQ)ga bo‘lgan nisbati (GQQ/JQQ) garovga qo‘yilgan 
qimmatli qog‘ozlar umumiy ko‘rsatkichi bo‘lib, u likvidlikka tezkor 
talablarni qoplash uchun qo‘llanilmaydi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, bank rahbariyati joriy likvidlikdan 
tashqari o‘zining likvidlik ko‘rsatkichlari tizimini ishlab chiqishi va 
undan foydalanishi mumkin. Mazkur ko‘rsatkichlar to‘liq bo‘lishi uchun 
har doim bankning moliyaviy holatini baholovchi boshqa ma’lumotlar 
bilan birgalikda baholanishi lozim. 
[104]
. Bank quyidagi hollarda likvid mablag‘larga ehtiyoj sezadi: 
mijozlar o‘z hisobvaraqlarida pul mablag‘larini olish istagini 
bildirganda; 
mijozlarga kredit berishga qaror qilinganda; 
bankning boshqa banklardan yoki markaziy bankdan olgan qarzi, 
soliq to‘lovi va aksiyadorlarga dividend to‘lash muddati kelganda; 
mijozlar jamg‘armalari hisobiga; 
bank aktivlarining sotilishi hisobiga; 
mijozlar olgan kreditlarini qaytarishi hisobiga; 
nodepozit bank xizmatlari va pul bozoridagi pul mablag‘larini 
jalb qilinishi hisobiga. 
Likvid mablag‘lar bo‘yicha talab va taklif manbalarining bunday 
turlarini nazarda tutib, bankning har qanday sharoitdagi likvid ahvoliga 
baho berishi mumkin.
Banklar doimo likvidlikning muammolariga duch keladilar va bu 
muammolar quyidagi hollarda yuzaga keladi: 
1.
Banklar aholining zaxiralari va qisqa muddatli depozitlarini, 
boshqa banklar va kredit muassasalarining mablag‘larini jalb qilib, 


163
ularni uzoq muddatli kreditlarga yo‘naltiradilar. Bu o‘rinda bank 
aktivlarining qoplanish muddati bilan asosiy majburiyatlarining qayta-
rilish muddati o‘rtasida nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Buning ma’nosi 
shuki, bu nomutanosiblik vaqt bo‘yicha tafovutga oid bo‘lib shu vaqt 
mobaynida majburiyatlarni qoplash uchun mablag‘ zarur bo‘lganda, 
bank aktivlarini naqd pulga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi 
mumkin. 
2.
Bank likvidligining ikkinchi muhim muammosi – bu banklarning 
foiz stavkasiga bo‘lgan sezuvchanligidir. Foiz stavkasining o‘sishi 
natijasida ko‘pgina mijozlar ko‘proq daromad olish maqsadida o‘z 
mablag‘larini qaytarib oladilar. Qarz past foiz bilan ochilgan kredit ti-
zimidan tezroq foydalanib qarzni tezroq to‘lashga shoshiladilar. Mijoz-
larning kreditlar va depozitlarga bo‘lgan talabining oshishi likvidlilik 
darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Foiz stavkasining oshishi esa bankning 
qo‘shimcha likvid mablag‘larni jalb qilish maqsadida sotishga bo‘lgan 
aktivlarning va qarzlarning bozor narxiga bo‘lgan ta’sirining kucha-
yishiga olib keladi. 
Ushbu muammolarning mavjudligiga qaramasdan, bank likvid 
mablag‘larga bo‘lgan talabini qondirish uchun bor imkoniyatdan foy-
dalanishi hamda yirik omonatchilar va kredit tizimlari egalari bilan mus-
tahkam aloqa o‘rnatishlari lozim. Chunki mijozlar talablarini o‘z vaqtida 
qondira olmagan bank o‘z obro‘sini yo‘qotadi. 
[105]
. Likvidlikni tartibga solishda bank rahbarlariga qo‘yiladigan 
talablar quyidagilar: 
aktivlar hisobiga likvidlikni ta’minlash, ya’ni aktivlarni bosh-
qarish orqali likvidlikni boshqarish; 
pul mablag‘lariga bo‘lgan talabni qondirishda eng avvalo qarzga 
olingan likvid mablag‘lardan foydalanish, ya’ni passivlarni boshqarish; 
likvidlikni muvozanatli boshqarish, ya’ni aktivlar va passivlarni 
bir vaqtda boshqarish. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə