Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


-jadval.  Tijorat bankining taxminiy balansi



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

27-jadval. 
Tijorat bankining taxminiy balansi 
A k t i v l a r 
P a s s i v l a r 
1. Pul mablag‘lari 
a) kassada 
b) vakillik hisobvarag‘ida 
c) majburiy zaxira fondi 
1. Bank fondlari va
foydalanilmagan foyda 
a) ustav fondi 
b) zaxira fondi 
c) boshqa fondlar 
d) foydalanilmagan foyda
2. Valuta va qimmatli qog‘ozlar 
a) ivaluta 
b) veksellar 
c) hukumatning qimmatli
qog‘ozlari 
3. Bank ssudalari 
a) qisqa muddatli 
b) uzoq muddatli 
c) kreditlar bo‘yicha muddati
o‘tib ketgan qarzlar 
d) kreditlar bo‘yicha muddati
o‘tib ketgan foizlar 
e) boshqa banklarga beriladigan
kreditlar 
f) filiallarga berilgan kredit
resurslari 
4. Korxonaning ustav kapitaliga
qo‘yilmalar 
5. Asosiy vositalar 
6. Boshqa aktivlar 
2. Jalb qilingan mablag‘lar
a) hisob-kitob varag‘i va joriy 
hisobvaraqlardagi mablag‘lar 
qoldiqlari 
b) kapital qo‘yilmalar 
hisobvaraqlaridagi mablag‘larning 
qoldiqlari 
c) budjet mablag‘larining qol 
diqlari 
d) omonatlar 
e) depozitlar
f) boshqa passivlar 
3. Xarid mablag‘lari 
a) markazlashtirilgan kredit
resurslari 
b) kredit resurslari auksionlari
orqali erishilgan mablag‘lar 
c) ikki tomonlama shartnoma
asosida erishilgan mablag‘lar 


177
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, tijorat banklari omonatchilarning 
moliya mablag‘larini jalb etadi hamda ularni kreditlar berish, va o‘z 
nomlaridan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishda foydalanadi. Omo-
natchilar – alohida shaxslar yoki korxonalar, firmalar yoki tashkilotlar 
bo‘lib, mablag‘larning egasi hisoblanadi. Ular o‘z mablag‘larini 
banklarga chek va jamg‘arma hisobvaraqlari, muddatli omonatlar va 
boshqa xil moliya vositalari shaklida «topshirish»ni rasmiylashtirgan 
holda vaqtincha foydalanish uchun taqdim etadilar. Bank nuqtayi 
nazaridan qaraganda, mana shu hisobvaraqlari va omonatlarning 
barchasi qarz majburiyatlari hisoblanadi, chunki ular bo‘yicha bank o‘z 
omonatchilaridan «qarzdor» sanaladi. Shuning uchun ham, u bank 
balansining passiv qismiga tegishli, bu yerda faoliyatning turli 
yo‘nalishlari bo‘yicha bankning hamma qarzlari ro‘yxati beriladi. 
Shular bilan bir qatorda bank o‘ziga qarashli aksiyadorlik 
mablag‘ini ham qo‘shib, jalb qilingan mablag‘larni turli aktivlar yoki 
faoliyat yurituvchilar o‘rtasida joylashtiradi va ular bank balansining 
aktiv qismida aks ettirilgan. 
Tijorat bankining taxminiy balansi bank aktivlari va passivlari 
tarkibi hamda tuzilishini tasvirlashning umumiy qabul
 
qilingan andozasi 
hisoblanadi. Balans ularning ma’lum muddat ichidagi holatini qayd 
etadi, ya’ni balans iqtisodiy subyekt moliyaviy ahvolining bir lahzalik 
tavsifidir. Masalan, aytaylik, 2004-yil 1-yanvarga tayyorlangan balans-
dan bankning 2003-yilda omonatchilarning jalb qilingan mablag‘larini 
qanchalik muvaffaqiyat bilan joylashtirilganligini yoki bu mablag‘lar 
qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarning eng maqbul tarkibiy tuzilishi ko‘p 
jihatdan uning keyingi yillardagi hayotga qodirligi hamda likvidligini 
belgilab qo‘yganini ko‘rish mumkin. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə