Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Bank balansining hisoblari



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

Bank balansining hisoblari


179
ya’ni omonatchi istalgan paytda talab qilib olishi mumkin bo‘lgani 
uchun ham, qonunchilikda, bank aktivlarining ma’lum bir qismini 
ishonchi yuqori likvidlik shaklida saqlab turishi ko‘zda tutiladi. 
Shuning uchun ham, pullar uzoq muddatga berishga, ayniqsa, 
belgilangan foizli stavka bo‘yicha (bu pulning qadrsizlanishi davom 
etayotgan sharoitda bank uchun og‘ir yuk bo‘lib tushadi) kreditlashga, 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ularga xos xususiyatdir. 
Masalan, O‘zbekiston tijorat banklari taqdim etgan kreditlarning 
umumiy hajmida qisqa muddatli kreditlar ulushi 80-85 foizni tashkil 
etadi, faqat qolgan kichik qismigina uzoq muddatli kreditlar ulushiga 
to‘g‘ri keladi. 
Bank balansining passiv qismidagi «Talab qilib olinguncha saqla-
nadigan depozitlar, jamg‘arma depozitlar, muddatli depozitlar, banklar-
ning depozitlari» birinchi darajali, eng muhim moddalar hisoblanib, 
odatda, ular bank passivining 70-80 foizini tashkil qiladi. Depozitlar 
juda harakatchan bo‘lganligi tufayli, bank o‘zining yuqori likvidligini 
ta’minlashi uchun doimo depozitlarning mijozlar tomonidan ommaviy 
ravishda olinishiga tayyor turishi lozim. Buning ma’nosi shuki, banklar 
kreditlar va boshqa aktivlardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanishlari 
lozim va bu yo‘lda xatoga yo‘l qo‘yilsa, bankning inqirozga uchrashi 
ehtimoli kuchayadi. Bank passividagi ikkinchi darajali moddalar «Bank-
lararo qarzlar va boshqa qarzlar» bo‘lib, bu moddalar joylashgan hisob-
varaqlar ham kattagina hajmdagi mablag‘larni tashkil qiladi. 
Depozitlardan tashqari bank passivining «Boshqa qarzlar» moddasi 
ham ikkinchi darajali majburiyatlarni to‘plash manbayi hisoblanadi. 
Banklararo qarzlarga yana kelgusida qayta sotib olish majburiyati 
bilan banklarga sotiladigan yoki banklardan sotib olinadigan qimmatli 
qog‘ozlar kiradi. Ular ham ikkinchi darajali majburiyatlar hisoblanadi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə