Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


[111] . Tijorat banklarining balansi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga  oladi (28-jadval).  [112]



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

[111]
. Tijorat banklarining balansi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga 
oladi (28-jadval). 
[112]
. Balansdan tashqari schyotlar quyidagi bo‘limlarga guruh-
lashtirilgan: 
1.
Markaziy bank pul birliklarining rezerv fondlarini hisobga 
oluvchi schyotlar kiritilgan. Ushbu bo‘lim schyotlarida Markaziy Bank 
omborlariga davlat tamg‘alash tashkilotidan boshqa banklar fondidan, 
shuningdek, aylanma kassasidan rezerv fondlariga shu singari yaroqsiz 
pul birliklari kelib tushadigan bank, g‘azna chiptalari hamda metall 
tangalari hisobga olinadi. 


180
28-jadval. 
Tijorat banki balansi bo‘limlarining guruhlanishi 
 
 

 
Bo‘limlar nomi 
I Z O H 

II 
Bank fondlari 
Pul mablag‘lari 
Bu bo‘lim tarkibiga ustav, aksionerlik, kapital, 
rezerv, maxsus va iqtisodiy rag‘batlantirish fond-
lari, shuningdek, asosiy vositalarning emirilishi, 
amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar kiriti-
ladi. Fondlardagi mablag‘lar bank asosiy ishini 
amalga oshirish, shuningdek, hisoblash texnikasi, 
transport, inventar uskunalar sotib olish, sog‘lom-
lashtirish tadbirlarini o‘tkazish uchun foyda-
laniladi. 
Bank kassalaridagi va yo‘ldagi pullar, shuningdek, 
bankning xo‘jalik hisobidagi va xo‘jalik hisobida 
bo‘lmagan korxona va tashkilotlarning kapital 
qo‘yilmalari mablag‘larini hisobga olish schyotlari 
kiradi. 
Shuningdek, bu “aksionerlar sotib olgan xususiy 
aksiyalar” schyoti aks ettiriladi.
III 
Xorijiy valuta va 
xorijiy ope-
ratsiyalar bo‘yicha 
hisob-kitoblar 
Tijorat, kooperativ banklar bu bo‘limning faqat 
ikki schyotidan foydalanishi mumkin: 
passiv – chet el valutasi saqlangan joriy 
schyotlar 
aktiv – xorijiy banklardagi schyotlar 
IV 
Davlat budjeti va 
budjet muassasalari 
bilan hisob-kitoblar 
Tijorat banklari ikkita birinchi tartibli 
schyotlaridan foydalanishi mumkin, ya’ni: 
mahalliy budjet mablag‘lari; 
joriy schyotlar va depozitlar. 
Bundan tashqari, ayrim ikkinchi tartibli 
schyotlardan foydalanishlari mumkin. 

Kredit muassasalari 
bilan hisob-kitoblar 
hisob-kitob-kassa markazlari o‘rtasidagi tijorat 
banklari operatsiyalari, shuningdek, ularning xusu-
siy operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblar filiallar-
aro aylanma schyotlari orqali amalga oshiriladi. 
VI 
Kapital qo‘yil-
malarni moliya-
lashtirish 
Bu passiv kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish 
mablag‘laridir. Ushbu schyotning ikkinchi tartibli 
schyotlari yuqoridagi maqsadlar uchun mo‘ljal-
langan bankning o‘z mablag‘larni ham markaz-
lashtirilgan va markazlashtirilmagan manbalarda 
qarzga olingan mablag‘larni ham hisobga olishda 
qo‘llaniladi. 


181
Aktiv – “kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish” 
schyotning ikkinchi tartibli schyotlari aytib 
o‘tilgan manbalar hisobiga kapital qo‘yilmalarni 
moliyalashtirish uchun sarf qilingan pul 
mablag‘larini schyotga olish uchun mo‘ljallangan. 
VII 
Qimmatbaho 
qog‘ozlar bo‘yicha 
operatsiyalar 
Bu bo‘limning schyotlarida qimmatbaho qog‘oz-
lar, aksiyalar, veksellar, qarz majburiyatlari bilan 
qilinadigan operatsiyalar hisobga olinadi. 
VIII 
Kredit va hisob-
kitob operatsiya-
lari 
Ushbu bo‘limga korxonalar, birlashmalar, tash-
kilotlar, ijarachilarga berilgan qisqa muddatli 
kreditlar bo‘yicha hisob-kitob passiv va ssuda 
hamda aktiv schyotlari kiritilgan.
IX 
Jamoat tashkilot-
larining mablag‘-
lari va operatsiya-
lari 
Bu bo‘limda passiv «Kasaba uyushmalari tash-
kilotlarining joriy schyotlari» birinchi tartibli 
schyotga ijtimoiy sug‘urta va ta’minot bo‘yicha 
mablag‘lar va operatsiyalarni hisobga olish uchun 
ikkinchi tartibli schyotlar ochilgan.

Fuqarolarning 
schyotlari, qo‘yil-
malari, depozit-lari 
bo‘yicha 
operatsiyalar 
Ushbu bo‘limda schyotga fuqarolarning turli 
qo‘yilmalari uchun ikkinchi tartibli passiv 
schyotlar fuqarolar iste’moli maqsadlari uchun 
berilgan kreditlar bo‘yicha aktiv schyot olingan. 
XI 
Uzoq muddatli 
qo‘yilmalar 
Bu bo‘limga uzoq muddatli kreditlash uchun 
mo‘ljallangan mablag‘lar, resurslar, korxona va 
tashkilotlarga beriladigan uzoq muddatli kredit-
larni hisobga olish schyotlari kiritilgan. 
XII 
Banklar va boshqa 
mablag‘lar bilan 
hisob-kitoblar 
Bu bo‘limga maxsus berilgan mablag‘lar, shu 
singari maxsus fondlar, shuningdek, ushbu mab-
lag‘lar hisobidan berilgan kreditlarni hisobga 
oluvchi schyotlar kiritilgan. Bo‘limning kiritilgan 
yangi schyotlarida O‘zbekiston Respublikasi nafa-
qa fondi va nafaqa xarajatlari hisobga olinadi. 
XIII 
O‘zaro filiallararo 
hisob-kitoblar 
Ushbu bo‘lim schyotlari O‘zbekiston Respublikasi 
barcha bank muassasalari o‘rtasida boshqa shahar-
dagi korxonalar, tashkilotlar orasidagi hisob-
kitoblarni amalga oshirish jarayonida vujudga 
keladigan hisob-kitoblarni rasmiy-lashtirish uchun 
mo‘ljallangan.
XIV 
Debitorlar va 
kreditorlar 
Bu yerda quyidagi schyotlar guruhlanadi: 
bank debitorlari va kreditorlari; 
xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlariga 
beriladigan aylanma mablag‘lari; 
bankning xo‘jalik hisobida bo‘lmagan tashki-
lotlariga debitor va kreditlari; 


182
faktoring operatsiyalari bo‘yicha bank hisob-
kitoblari. 
XV 
Asosiy vositalar va 
xo‘jalik xarajatlari 
Bu bo‘lim birinchi tartibli bankning asosiy vosi-
talari, bankning kapital qo‘yilmalar bo‘yicha hi-
sob-kitoblari, kelgusi davr xarajatlari schyotlarini 
o‘z ichiga oladi.
XVI 
Bino va inshootlar, 
xo‘jalik inventari, 
ijaraga beriladigan 
asosiy vositalar 
Bu bo‘limga lizing, bank ijaraga olgan binolar 
bo‘yicha kapital xarajatlar, korxona va tashkilotlar 
bilan asosiy vositalar bo‘yicha hisob-kitoblarni 
alohida hisobga olib borish uchun ikkinchi tartibli 
schyotlar ochiladi. 
XVII 
Bankning daro-
madlari va 
xarajatlari 
Ushbu bo‘lim uchta birinchi tartibli schyotlar: 
passiv – bank daromadlari; 
aktiv – bank xarajatlari; 
aktiv-passiv – foyda va zararlar schyotlari 
kiritilgan.
 
2.
Ta’minot. Ushbu bo‘limning balansdan tashqari schyotlarida 
tijorat banklari xo‘jalik tashkilotlari va boshqa qarz oluvchilarning qisqa 
muddatli ssudalar 1 yilgacha bo‘lgan muddati bo‘yicha majburiyatlari, 
bank tomonidan ssuda bo‘yicha qabul qilingan zayom obligatsiyalari 
nominal qiymatida hisobga olinadi. 
3.
Lizing operatsiyalarini birlashtirish hozirgi vaqtda o‘ziga xos 
qulaylik beruvchi lizing operatsiyalari keng tarqalmoqda. Bular lizing 
shartnomasining harakat muddati tugagunga qadar lizing tashkiloti 
tasarrufida bo‘ladigan mulkdan uzoq muddat foydalanish huquqini 
beruvchi operatsiyalardir. 
4.
Hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar. Bu bo‘limda hisob-
kitob operatsiyalarining barcha hujjatlarini hisobga olish schyotlari 
mavjud. Alohida schyotlarda hujjatlar quyidagicha hisobga olinadi: 
akseptlanishini kutayotgan hujjatlar mablag‘ yo‘qligi yoki moli-
yaviy nazorat sababli muddatida to‘lanmayotgan hujjatlar; 
yetkazib beruvchining joylardagi akkreditiv to‘lovlari va 
boshqalar. 
5.
Xorijiy operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar va boyliklar bo‘limida in-
kasso jo‘natilgan, qabul qilingan hujjatlar, xorij valutasidagi to‘lov 
hujjatlari, xorij valutasidagi tovar hujjatlari, xorij valutasidagi akkreditiv 
kiritiladi. 
6.
Uzoq muddatli kreditlar. Barcha hujjatlar schyotlarida uzoq mud-
datli ssudalar bo‘yicha qarz oluvchilarning majburiyatlari hisobga 
olinadi. 


183
7.
Turli boyliklar va hujjatlar. Bu bo‘limda pulli posilkalar, markalar, 
davlat bojlari, qat’iy hisobot blankalari, jo‘natilgan va javobgar shaxslarga 
berilgan turli boyliklar haqida hujjatlar, hisobga oluvchi schyotlar mavjud. 
Shuningdek, blankalarning boshqaruvchi tashkilotga hissali qatnashuv 
tartibida berilgan mablag‘lari hisobga olinadi. 
8.
Zararga o‘tkazilgan qarzlar. Bu bo‘limda qarzlar barcha zararga 
o‘tkazilgan mablag‘larni hisobga olib boruvchi schyotlar kiritilgan. 
Ushbu mablag‘lar bank boshqaruvining qaroriga binoan mazkur bo‘lim 
schyotlariga qarzdor mulk holati o‘zgarganda undirib olish imkoniyati 
paydo bo‘lishini kuzatish uchun o‘tkaziladi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə