|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi
Pul taklifi – bu:
a) muomalaga chiqarilgan ma’lum turdagi pul miqdoridir;
b) pul muomalasi, ya’ni xo‘jalik aylanmasi uchun kerak bo‘lgan
pulga ehtiyojdir;
c) muomaladagi pul massasidir;
d) a + v.
22.
Pul multiplikatori – bu:
a) pul bazasining bir pul birlikka ko‘payishi tufayli pul taklif
qilishning o‘sishini ifodalaydigan koeffitsiyentdir;
b) muomalaga chiqarilgan ma’lum turdagi pul miqdorini
tavsiflovchi koeffitsiyentdir;
c) muomaladagi pul massasini ifodalovchi koeffitsiyentdir;
d) b + v.
23.
Pulga bo‘lgan talabning kamayishi yoki pul massasini
chegaralash:
a) «qimmat pullar» siyosatini yurgizishga olib keladi;
b) restriksion siyosatni yurgizishga olib keladi;
c) a + b;
d) «arzon pullar» siyosatini yurgizishga olib keladi.
24.
Pulga bo‘lgan talabning oshishi yoki muomaladagi pul
miqdorining o‘sishi:
a) «qimmat pullar» siyosatini yurgizishga olib keladi;
b) «arzon pullar» siyosatini yurgizishga olib keladi;
93
c) restriksion siyosatni yurgizishga olib keladi;
d) a + v.
25.
Quyidagi nazorat turlarining qaysi biri banklar faoliyatini
nazorat qilish turiga kiradi?
a) davlat nazorati;
b) idoraviy nazorat;
c) mustaqil nazorat;
d) noto‘g‘ri javob yo‘q.
26.
Davlat nazorati:
a) banklar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining amaldagi tizimiga
asoslanib amalga oshiriladigan nazoratdir;
b) Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini nazorat
qilishni o‘z ichiga oladi;
c) idoralardan tashqari mustaqil tashkilotlar, ya’ni auditorlik
firmalari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratdir;
d) noto‘g‘ri javob yo‘q.
Dostları ilə paylaş: |
|
|