Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


- bosqich. 1999-2002 yillarda zarar bilan faoliyat ko„rsatayotgan



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

2 - bosqich. 1999-2002 yillarda zarar bilan faoliyat ko„rsatayotgan 
shirkat xo„jaliklarini tugatish, ular negizida fermer xo„jaliklarini tashkil 
etish jarayonini rivojlantirish boshlandi.
 
1999-2002 yillarda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq zarar bilan 
faoliyat ko‗rsatayotgan qishloq xo‗jaligi korxonalarini sanatsiyalash jarayoni 
boshlandi. Sanatsiyalash davridan so‗ng ham moliyaviy holati og‗ir bo‗lgan 
qishloq xo‗jaligi korxonalarini tugatish va ular negizida fermer xo‗jaliklarini 
tashkil etish jarayoni rivojlandi. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 
8-sonli ―Qishloq xo‗jalik korxonalarini fermer xo‗jaliklariga aylantirish 
to‗g‗risida‖gi qarori qabul qilindi.
3-bosqich. 2003 yildan fermer xo„jaliklarini ustuvor yo„nalish 
sifatida rivojlantirish belgilandi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi ―Qishloq 
xo‗jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‗nalishlari to‗g‗risida‖gi 
PF-3226-sonli farmoni qabul qilindi; 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 25 oktabrdagi ―2004-2006 
yillarda fermer xo‗jaliklarini rivojlantirish Konsepsiyasi to‗g‗risida‖gi PF-3342-
sonli farmoni (fermer xo‗jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo‗nalish sifatida, yer-


91 
suv, mexanizatsiya, moliya-kredit, soliq, sug‗urta, infratuzilma obyektlarini 
rivojlantirish ko‗zda tutildi); 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi ―Shaxsiy 
yordamchi, dehqon va fermer xo‗jaliklarida chorva mollarini ko‗paytirishni 
rag‗batlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-308-sonli qarori (kam 
ta‘minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga chorva moli berish
chorvachilikni va infratuzilma obyektlarini rivojlantirish masalalari); 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 apreldagi 842-son 
―Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‗jaliklarida chorva mollar ko‗paytirishni 
rag‗batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlarini ishlab 
chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi qarori 
(kuchli ozuqa yetkazib berish va sotishga ixtisoslashgan 13 ta hududiy va 170 ta 
tuman birlashmalari hamda 1484 ta hududiy shahobchalar tashkil qilindi); 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 5 noyabr ―Hosildorligi past 
yerlarda davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‗jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan 
fermer xo‗jaliklarini qo‗llab-quvvatlash chora tadbirlari to‗g‗risida‖gi 725-sonli 
qarori (hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyoji uchun mahsulot yetishtirayotgan 
fermer xo‗jaliklarini moliyaviy qo‗llab-quvvatlash mexanizmi amaliyotga joriy 
qilina boshlandi. Bu maqsadda joriy yilda 60 mlrd. sum, 2009 yilda 120 mlrd. so‗m 
ajratilishi ko‗zda tutilgan).

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə