1920—30-yillarda qator om m abop jurnallar tashkil etildi. Ayniqsa,
«Kodan», «Karabu*, «Kingu*, «Fudzin kurabu», «Genday», «Xinode*,
«Tyuo koron*, «Bungey syundzyu» kabi jumallarda yoritilayotgan turli
m avzulardagi materiallar, rangli suratlar, reklamalaming ixlosmandlari kun
sayin ortib bordi. Birgina «Kingu* jum alining adadi tez orada million
nusxadan oshgani uning nechog'ii o'qim ishli bo'lganidan dalolat beradi.
M am lakatda jurnallar soni ortib borayotgan kezlarda íkkinchi jahon
urushi yaqinlashayotgan edi. Bu urushda Yaponiyaning tutgan o ‘rni,
kim lar bilan ¡ttifoqchi bo‘lgani va alal-oqibat mamlakat boshiga qanday
b a ld a r yog'ilgani tarixdan m a’lum. Shunday qilib, 1937-yilda 12 ming
nom da chiqayotgan jurnallar soni 1940-yilga kelib 5200 taga tushdi. 1944-
yilda esa 2 ming atrofida jurnallar chop etilardi. Ulardan 530 nomdagisi
rasmiy nashrlar bo'lsa, 300 tasi turli mavzularga bag'tshlangan, qolgan
qismi esa sohaviy hamda o ‘quv jurnallari bo ig an . Mamlakat boshiga atom
balosi yog‘ilgan 1945-yilda esa atigi 300 nomdagi jurnallar qolgan edi.
U rush yillari iqtisodiy qiyinchiliklar bilan bir qatorda qog'ozning o ‘ta
tanqisligi ham ko'plab jurnallarning yopilishiga sabab bo‘ldi.
1945-yil 19-sentabrda Amerika hukumati tomonidan e'lon qilingan
«Yaponiyada gazeta nashr etish huquqi» deb nomlangan hujjat amalda bu
m am lakatda «Matbuot kodeksi» sifatida qabul qilindi. 1947-yil may oyidan
e'tiboran Yaponiyaning yangi Konstitutsiyasi amal qila boshladi. Bularning
barchasi mam lakatda matbuot taraqqiyoti uchun yangi davrni boshlab
berdi. 1945-yil 1-dekabr kuni Tokioda «Minio* tungi gazetasining ilk soiii
bosm adan chiqdi. 1946>yil boshlarida «Dzidzo simpo*, fevral oyida esa
«Tokio tayms» va boshqa gazetalar birin-ketin chop etila boshladi. Bir yil
o ‘tib m am lakatda 125 nomdagi yangi nashrlar paydo bo‘ldi. Ayni paytda
qator jurnallar ham qaytn tiklanib, ular qatoriga «Sinsey», «Koron»,
«Genday*, «Sintyo» kabi o ‘nlab yangi nashrlar qo‘shildi.
Yaponiya matbuotining ravnaq topishida 1945-yilí tashkil etilgan
«.iodo susin axborot agentligi, E n-Eych-K ey yetakchi yapon gazeta hamda
radioeshittirish korporatsiyasi kooperativ birlashmasi ham m uhim o'rin
tutdi.
XX asrning birinchi yarmida ju d a ko‘p urushlarni Cjurnladan* 1904—
1905-yilIardagi rus-yapon urushi, Xitoy va Koreyani mustamlakaga
aylantirishga qararilgan harakatlar, Ikkinchi jahon urushi davrida «Uchlar
pakti»ga ko‘ra bosqinchilik siyosatini q o ‘llab-quwatlash va hokazo)
boshidan kechirgan yapon xalqi 1945-yil avgust oyida atom bombasining
dahshatini ham ko‘rganidan jahon ahli xabardor. Shunga qaramay,
Yaponiya tez orada yana taraqqiyot sari dadil odimlab ketdi. Mam-
lakatning bunday taraqqiyotga erishuvida «hayot ko'zgusi» hisoblanmish
matbiiotning ham benazir xizmati borligini hech kim inkor eta olmaydi.
Xitoy m atbuoti XX asrning birinchi yarmida og'ir iqtisodiy sharoitda
rivojlanganini kuzatish mumkin. Bu davrda Yaponiya bilan bo'Igan
mojarolar, Ikkinchi jahon urushi davridagi tahlikali voqealarning barchasi
matbuot ravnaqiga ham o ‘z ta ’sirini o'tkazm asdan qohnadi. Asr o'rtalariga
kelib m am lakatda 253 nomdagi gazeta 2,5 million nusxada chop etilardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Aholisining ko'pligi jihatdan dunyoda birinchi o 'rin d a turadigan
Xitoyda kommunistik partiya hukm ron ekanligi yaxshi m a’lum. Shu bois
m amlakatda chop etiladigan nashrlam ing aksariyati o 'sh a mafkuiaga
xizmat qilishini tasaw ur etish qiyin enias. Nima bo'lganida ham , o ‘ziga
xos taraqqiyot yo‘lini taulagan X itoy matbuotining xalqaro jurnalistika
maydonida salmoqli o ‘m i bor.
0 ‘tgan asming birinchi yarmida mamlakat xalqi og'ir iqtisodiy, siyosiy
bo‘hron!arni boshidan kechirdi. Bu hol boshqa sohalar qatori, m atbuot
ravnaqida ham o ‘z oqibatini ko'rsatdi. Biroq taraqqiyparvar xalq har
qanday sharoitda yuksalish sari yo‘l topadi. Bu holni aynan Xitoy m atbuoti
misolida ham kuzatish mumkin.
Mamlakatning yetakchi nashrlaridan biri— «Renmin ribao» (Jenm in
jibao) gazetasiga 1946-yil 15-may kuni Xandan shahrida asos solingan.
1948-yit iyunidan boshlab gazetani Shiszyanchjuane shahar bosmaxonasida
yangi kalligrafik harflarda nashr etish yo‘lga qo‘yildi. 1949-yii 2-fevraida
gazeta tahririyati mamlakat poytaxti Pekinga ko‘chirildi. Dastlab to 'rt, olti
sahifada chiqqan gazetaning adadi 90 ming nusxa edi. 1955-yilda sakkiz
sahifali gazeta adadi 700 ming nusxadan oshdi. Tam al toshi XX asr
o'rtalarida qo‘yilgan «Jenmin jibao»ning adadi saksoninchi yillaiga kelib
5 million nusxadan oshgani, 1982-yildan boshlab ingliz tilidagi nashri San-
Fransiskoda 300 ming nusxada ch o p etilib, 122 ta mamlakatga tarqatila
boshlagani m a’lum. Amerikalik mutaxassislar fikricha, bu gazeta mavqeyi
jihatidan AQSHning «Nyu-York taym s, «Vashington post», Angliyaning
«Tayms*, Germaniyaning «Velt», Fransiyaning «Mond* gazetalari bilan
tenglashgan edi. Shuni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerakki,
mazmun-mohiyatiga ko'ra gazetaning xitoy tilidagi nashri bilan ingliz tilida
dunyoga tarqatiladigan nashri o'rtasid a anchagina tafovutlar bo'lardi.
«Wenhui bao» (Venxuey bao) — adabiy gazetasiga 1938 yilda Slian-
xayda asos solindi. Yapon agressiyasini qoralovchi keskin m aqolalam i
yorita boshlagan gazeta faoliyati ba’zi sabablar ko‘ra 1939-yil mayda
to ‘xtatildi. Ikkinchi jahon urushiga uzil-kesil xotima berilgach, 1945-yil
sentabridan bu xalqparvar gazeta yana chop etila boshladi. 1949-yilda 28
ming nusxada chiqqan «Venxuey bao»ning adadi qirq yildan so‘ng 1 mil
lion 300 ming nusxadan oshdi. G azetaning AQSH, K anada, Yaponiya,
Tailand, Meksika va boshqa m am lakatlarda maxsus muxbirlari faoliyat
ko'rsatishardi. 13-14 ta ilovasi bilan chiqadigan bu gazeta ixlosmandlari
chet ellarda ham ko‘p edi.
«Guangming ribao» (G uanm in jibao) gazetasi 1949-yil iyunda Pe-
kinda tashkii etilgan. Xitoy dem okratik ligasi markaziy qo'm jtasining
nashri bo'lgan bu gazeta sahifalarida asosan sanoat, savdo, iqtisodiyot
mavzulariga keng o ‘rin berilardi. Dastlab 60—70 ming nusxada chop
etilgan gazeta adadi saksoninchi yiilarda 1,5 million nusxadan oshdi.
Dunyodagi o ‘nlab m amlakatlarda kasaba uyushmalarining nashri
alohida mavqega ega ekanligi kuzatilgan. Umumxitoy kasaba uyushmalari
federatsiyasi nashri boigan «G ongren ribao» (Gunjen jibao) gazetasi ham
1949-yil iyul oyida Pekinda tashkil qilingan edi. Dastlab bir necha o ‘n
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dostları ilə paylaş: |