lamatsiyalar); rusiyzabon aholiga moijaUangan libera! madaniyatshunosiik
yo‘nalish¡dag¡ m atbuot («Закаспийское обозрение», «Ашхабад», «Сред
няя Азия», «Среднеазиатские курер*, «Ашхабадские вестник» va
boshqaiar)1.
Bu davrda mintaqaning mahalliy aholisi Rossiyaning noan’anaviy,
yaxshi tanish bo'lm agan m adaniyati, hayotiy amaliyoti, shu orqali esa,
Yevropa m adaniyati bilan o ‘zaro munosabatga faol kirisha boshladi. Bosib
olingan Turkiston bu yerda ch o r Rossiyasining mustahkamlanib, ta ’siri
kucliaya borgan sari, bir tom ondan, hayotning turli sohalarini jadal-
lashtirish, sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo'jaligi va madaniy-m a’naviy
faoliyatini rivojlantirish, ikkinchi tom ondan, birlashish, o ‘z kuchlarini
ozodlik va mustaqillik uchun kurashga yo‘naltirish tomon intila boshladi.
Bu mayllar va xususiyatlarning barchasi davriy matbuot sahifalarida,
jurnalistlar, publitsistlar, m ashhur davlat va jam oat arboblarining asarlarída
o ‘z aksíni topgan. 1870-yildan 1906-yilga qadar asosan ikklta gazeta
«Туркестанские ведомости* va «Turkiston viloyatining gazeti» davriy
m atbuotni
rasmiylashtiruvchi
b o ‘I¡b kelgan bó‘lsa, shundan
keyin
Turkistonda yuz bergan tarixiy voqealar sababli yangi vaqtli matbuot
vujudga keldi. Tobora ayj olayotgan jadidlar harakati ta ’sirida yangidan-
yangi gazetalar m aorif sohasidagi islohotlar himoyasiga turdilar. Ayni bir
vaqtda ular mustamlakachi m a’muriyat faoliyatining salbiy tomonlarini
tanqid ostiga ola boshladilar. Natijada, bunday nashrlar musodara qilindi,
yopildi, ulam ing muharrirlari esa ta ’qib qilindi, javobgarlikka toitildi.
«Туркестанские ведомости* gazetasi - Markaziy Osiyoning birinchi
m atbuot organi. 1870-yil 28-aprelda Toshkentda «Туркестанские ведо
мости» gazetasining ilk soni nashrdan chiqdi. General-gubematorlik
hokim iyatining m atbuot organi b o lg a n bu gazeta o ‘quvchilarni Turkiston
m a’m uriyatining farmoyishlari va rasmiy hujjatlari bilan tamshtirishni, oq
podsho qarorgohi bo'Igan Peterburg hayotidan xabarlami tarqatishni,
m intaqa m adaniyati, turmushi va tarixiga oid materiallarni e ’lon qilib
turishni o 'z oldiga maqsad qilib q o ‘ydi.
0 ‘zbekistonda davriy m atbuotning oyoqqa turishi Osiyodagi boshqa
m am lakatlar
bosma
jurnalistikasi
rivojlanishi
bilan
mushtarak
xususiyatlarga ega bo'ldi. Masalan, XVIII asming ikkinchi yarmida Angliya
tom onidan bosib olingan Hindistonda dastlabki harflari terilgan bosnia
«Бенгал газет* 1780-yilda paydo bo'ldi. 1816-yiIda esa hindi, aniqrog'i,
bengal G anchadxar Bxaktachariga tegishli o'sha nomdagi boshqa bir
gazeta, ya’ni, «Бенгал газет* nashrdan chiqdi. 1826-yilda esa aholi
aksariyat ko'pchiligining tili bo'Igan hindi tilidagi ilk gazeta nashr etildi.
«Туркестанские ведомости» gazetasi ham batamom uning mate-
riallari xarakterini, yo'nalishi va mazmunini belgilab beruvchi mahalliy
harbiy-m a’m uriy hokimiyat tasarrufida edi. N.A. Maev (1870—1892),
1 Эрнаиарои Т., Акбарои А. История печати Туркестана (1870-1925). Т.:
« 0 ‘qituvchi», 1976.; Abduazizova N. Turkiston matbuoti tarixi. Т.: «Akadcmiya»,
2000 va boshqaiar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
А.Р. Romanovich (1892-1899), S.A. Geplener (1 890-1901), N .G . M a-
liskiy (1901-1907) uning rasmiy muharrirlari bo'ldilar. Awaliga, gazeta .
nomuntazam chiqib turdi, 1870-yilda uning atigi 17-soni chop etildi.
Bora-bora oyiga u ch -to 'rl marta, so'ngra haflasiga b ir marta, 1907-yil
iyuldan boshlab esa har kuni chiqa boshladi. «Туркестанские ведо-
MOCTH»niug
oxiigi soni 1917-yil 15-dekabrda chop etildi.
48-yillik faoliyati davomida hammasi b o ‘lib 640 ta soni chiqqan
ushbu gazeta dastlab bir ming nusxada, ayrim paytlari (masalan, 1901-
yilda) 2 -2 ,5 miitg nusxada nashr etib turildi. 0 ‘quvchilarining aksariyati
Toshkent, Sirdaryo va Samarqandda boMib, nashr ham obuna, ham
chakana savdo orqali tarqatihrdi. 1890-yil boshida gazeta Toshkentda 125,
viloyat bo'yicha esa 149 obunachiga ega edi. U ning o ‘quvchilari orasida
turli toifadagi amaldorlar, ziyolilar, vrachlar, o ‘qituvchilar, olimlar, topog-
raflar, tarixchilar, muhandislar, agronomiar bor edi. M as’ui ma’muriy
shaxslar, g‘aznachilar, davlat muassasalari, viloyatlardagi pochta-telegraf
idoralari gazetaning majburiy obunachilari hisoblanardi.
«Ведомости» kompozitsiya jihatidan rasmiy va norasm iy bo‘limlardan
iborat edi. M ateriallar «Ichki axborot», «Xabarlar va maqolalar», «Xorijiy
xabariar», «Mahailiy xronika», «Feleton», «Bibliografík maqolalar», «ОЧка
bo'ylab», «Sankt-Peterburg» va boshqa ruknlar ostida berib borilardi.
O 'sha davrdagi ko‘plab mashhur olimlar, taniqli madaniyat va jam oat
arbob/arini hamkorlikka jalb qiia olganligí, chet el yozuvchilari, shoúiari
ham da rus m um toz adabiyoti vakillarining asarlarini e ’lon qilib turganligi
gazeta tahririyati faoliyatining diqqatga sazovor jih atin i tashkil qiladi. U nda
mahailiy olimlar va ma'rifatparvarlardan Sattorxon AbduIg'aíTorov, Zo-
kiijon Furqat va boshqalar o ‘z asarían bilan qatnashardilar. Akademik
V.V. Bartold, tadqiqotchi olimlardan N.V. Seversev, A.P. Fedchenko,
V.F. Oshanin, L.S. Berg, J.A . Mushketov gazetaning mualliflarí edi.
General gubematorlik hokimiyatining organi oMaroq gazeta pax-
tachilik masaJasini oldingi marraga olib chiqarkan, o ‘z maqolalarida rus
sanoati va savdo-sotiq uchun bu sohaning m uhim ligini oshkora ko‘rsatib
berardi. Shu boisdan gazeta g‘o ‘zaga ishlov berishning yangicha vositalari
hamda usullaríni targ‘ib qilardi, paxta eJdladigan yerlarni kengaytirish va
yangi maydonlarni o'zlashtirishni, g‘o ‘zaning eng yaxshi navlaridan,
masalan, hind va ameríka navlaridan foydalanishni yoqlab maqolalar
berardi. Uning sahifalarida o ‘lkadagí ishlab chiqarísh kuchlari, ahofining
tarkibi, soni va m ashg'ulot turlari haqida m untazam materiallar e ’lon qilib
turilardi, sondan-songa savdo-sotiq sohasi sharhlab borilardi. Shu boisdan
«Туркистанские ведомости» gazetasi o ‘lka tarixini va unda yashovchi
xalqlar o ‘tmishini o ‘rganishda muhim manba hisoblanadi.
0 ‘z xarakteri va yo'nalishiga ko‘ra gazeta rasmiy siyosat jarchisi
bo‘lganligiga qaramasdan, o ‘lkadagi mayjud ko'pgina muammolar, qa-
rama-qarshiliklami ham beixtiyor aks ettirardi. Bu ko‘proq iqtisodiyot,
maishiy turmush va ijtimoiy hayot sohalaríga taalluqli bo‘(ardi. Ikkinchi
tom ondan, gazeta muhokama qilinishi o ‘zi uchun noqulay mavzular,
masalalar to ‘g‘risida atayin lom -m im demasdi. M asalan, ushbu nashr
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dostları ilə paylaş: |