‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   160

Gazetaiarda  e ’lon  qilinayotgan  maqolalaming  aksariyatini  ko'ch- 
manchi  chorvadorlar  bilan  yangi  ko'chlb  kelganlar  o ‘rtasidagi  savdo-sotiq 
munosabatlarining  tahlili  tashkil  qilardi.  Biriiiclii  muxbirlar  dashtda  ishlab 
turgan  yarm arkalam i  m uqoyasa  qilib,  aholiiiing  turli  guruhlari  o'rtasidagi 
ayirboshlashni  ta q q o slar  ekanlar,  chorva  mollari,  te n ,  o ‘tin  va  boshqa 
tovarlar  bilan  savdo  qilish  hisobiga  aylanma  mablag'Iami  ko'paytirish 
muammosini  ko‘tarardilar.
G azetalar  m aqolalarida  Rossiyadan  dehqonlam i  ko‘chirib  keltirish, 
qozoqlaming  o 'tro q   x o ‘jalik  yuritishga  o'tishi,  dashtda  savdo  munosabat- 
larini  rivojlantirish  ■haqidagina  xabar  berib  qolmasdan,  puldan  foydalanish 
evaziga  ayirboshlashning  yangi  shakllari  paydo  bo‘layotganligi,  tem ir 
yo'llar  quriiishi  boshlanayotganligi,  hunarm andchilik  ishlab  chiqarishining 
yangi  tarm oqlari  vujudga  kelayotganligi  to ‘g‘risida  ham  ko‘p  yozishardi. 
Geograf,  etn o g raf  va  boshqa  soha  olimlarining  notanish  joylarga  qizi- 
qishlari  oshib  borishi  ko‘p  jihatdan  m atbuotning  mazmunidagi  sifat 
o ‘zgarishini taqozo  qildi.
Jamiyatda  yuz  berayotgan  yangiliklar  tavsifiy  maqolalami  tobora  siqib 
chiqara  boshladi.  U lam in g   o ‘mini  voqea-hodisalam i  tahlil  qilishga,  fakt- 
larni  sharhlashga,  yangiliklam i  qiziqarli  tarzda  taqdim   etishga  qaratiJgan 
jumalistika egallay  bordi.
1870-yildan  e ’tib o ran   Toshkentda  nashr  etila  boslilagan  (birinclii  soni 
qozoq  tilida  ch iq q an )  «Turkiston  viloyati  gazeti»  va  1888— 1902-yiliarda 
Omskda  chiqib  tu rg an   «Dala  viloyati  gazeti»  dastlabki  qozoq  gazetalari 
hisoblanadi.  T u rkiston  o ‘lkasi  m a’muriyati  tom onidan  nashr  etiladigan  bu 
ikkala  gazetada  m ahalliy  hokimiyatning  buyruq  va  farmonlari  qozoq  tilida 
chop  etilardi.  B u n d an   tashqari,  ularda  tub  yerli  aholining  hayoti,  ishlab 
chiqarish  faoliyati  va  turm ush  tarzi  to'g'risida  ko'plab  qimmatli  xabarlar 
berib  borilardi.
Milliy  ongning  o ‘sishi,  o ‘ziga  xos  dasht  madaniyati,  xalq  ijodkorligi 
yuksalishidan 
ib o rat 
m uhim   tarixiy  bosqichdan  keyingina  haqiqiy 
ma’nodagi  milliy  m atb u o t  vujudga  keldi  va  rivojlandi.  0 ‘sha  yillarda  rus, 
tatar,  boshqird  nashrlari  foyda  ko‘rish  maqsadida  qozoqlaming  ilk  adabiy 
asarlarini  ko‘plab  adadlarda  chiqara  boshladilar.  Bu  jarayonlar  ijtimoiy 
fikrni  uyg‘otib,  yozm a  adabiyot  rivojlanishini  jadallashtirdi.  E.l.  Ivan- 
chikova  va  S.S.  Akashevaning  «Qozog‘istonning  inqilobdan  ilgarigi  davriy 
matbuoti»  («До  револю тиионная  периодическая  печать  Казахстана») 
nomii  bibliografik  ko'rsatkichida  1917-yilga  qadar  Qozogliston  hududida, 
shu  jum ladan,  O renburg,  Omsk,  Toshkentda  chiqib  turgan  yuzdan  ziyod 
gazeta, jum al  nom lari  keltirilgan.
Orenburgda  nashr  etilgan  «Qozoq»  gazetasi  (1905—1913)  birinchi 
umummilliy  gazeta  o'laroq  butun  xalq  e’tirofini  qozonib,  ovuldan-ovulga 
qo‘lma-qo‘l  o!ib  o ‘qilardi.  Ahmed  Boytursunov  deyarii  gazetaning  butun 
faoliyati  davomida  uning doimiy  muharriri bo‘lib turdi.  Anciv hujjatlarida  Urol 
viloyati  haibiy  gubem atorining  xati  saqlangan  bo‘lib,  unda  gazeta  dasturi 
batafsil  bayon  qilinadi:  «1905-yil  9-dekabrdagi  sirkular  farmoyishga  binoan, 
qirg‘iz  Mustafo  0 ‘rozovich  Ahmedovga  qirg‘iz Ahmed  Boytursunovning  to ‘liq
www.ziyouz.com kutubxonasi


m a’nodagi  muhanirligida  qirg'iz  tilida  quyidagi  dastur  asosida  «qozoq» 
(«qiig‘iz»)  kundalik gazetasini nashr etish topshiriisin:
•   K o'rsatm alar 
va  hukumat  farmoyishlari;
•   davlat dumasi va davlat  kengashi;
•   tashqi va  ichki  xabarlar;
•  qirg'izlar tarixi  va etnografiya;
•  iqtisodiyot, savdo-sotiq,  hunarmandchilik,  qishloq xo‘jaligi va hokazo».
«Ayqap*  jurnali  bilan  «Qozoq»  gazetasi  o'rtasida  ko'chm anchi  qozoq
xalqining  o ‘troq  hayotga  o'tishi  to'g'risida  davom  etgan  bahs-m unozara 
qozoq  jumalistikasining  yorqin  saliifalaridan  biri  b o id i.  Bu  m unozarada 
matbuot  vositasida  ochiq  professional  mubohasa  yuritish  unsurlari  vujudga 
keldi  va  rivojlandi.  «Qozoq»  gazetasi  yem i  taqsimlashning  ko'chm anchilik 
shakli  orqali  xo‘jalik  yuritishning  yangicha  yo'siniga  asta-sekinlik  bilan 
o'tishni  taklif  qildi.  Mafkuraviy  va  biryoqlama  yondashuv  ta ’siri  ostida 
bo‘lgan  gazetaning  uzoq  davr  mobaynidagi  mavqeyi  «burjuacha  miiliy 
qarashlar»ning targ‘ibotchisi  sifatida  ta ’riflanardi,  chunki  uning  sahifalarida 
ko'chm anchilikni qo'llab-quw atlovchi  maqolalar e ’ion  qilib turilardi.
Demokratik  nashr  hisoblangan  «Ayqap» jurnalining  h ar bir  sonida esa 
yer,  jam iyat  hayotida  uning  roli  va  ahamiyati,  yerdan  oqilona  foydalanish 
va  uni  xalqqa  xatlab  berish,  o ‘tro q   turm ush  tarziga  o ‘tish  yo‘llari  haqida 
maqolalar berib  borilardi.  Bunda  ko'chm anchi  ekstensiv  xo‘ja!ik  sharoitida 
yerdan  foydalanish  xarakterini  aks  ettiruvchi  «Yer-ona,  chorva  esa  uning 
farzandi»  degan  fikr ifodalangan  edi.
«Ayqap»  jurnalining  noshiri  va  muharriri  M uham edjon  Seralin 
qozoqlar  o ‘troq  hayotining  dastlabki  tajribasini  yoritîshga  katta  hissa 
qo‘shdi.  Bu jumalning  asosiy  o ‘zagini  M.Seralin,  B.Qoratoyev,  J.Seydalin 
tashkil  qilardi.  Qozoq  publitsistikasi  qaldirg‘ochlarining  ijodi  o'ikaning 
ijtimoiy-siyosiy  hayotida  ikki  m asala-yer  va  oq  podshoga  qarshi  kayfîyat 
kucliayganügi  masalasi  keskin  turgan  bir paytga to ‘g ‘ri keldi.
Bu  davrda  qozoq  jamiyatining  taqdiri  yer  masalasining  hal  etilishi 
bilan  bog'liqlikda  ko'rilardi.  0 ‘z  nuqtayi  nazarlarini  «Ayqap* jum alida  aks 
ettirgan  «dehqon  demokratlar*  dasturi  XIX  asming  ikkinchi  yarmidagi 
qozoq  m a’rifatparvar demokratlari  iqtisodiy dasturining  asosini  tashkil  etdi. 
Ular  jam oa  yerlarini  baravar  taqsîm lash,  o ‘troq  hayotga  o ‘tish,  soliqlarni 
kamaytirish  va  hokazo  m uhim   masalalarnl  birinchi  bo‘lib  ko‘tarib 
chiqdilar.  Bu  dasturda  ma’rifatchilik  yo'oalishi  katta  o ‘rin  egalladi.
0 ‘sha  davr  matbuoti  badiiy  adabiyot  sezilarli  ravishda  tadrijiy 
rivojlanayotgan  asnoda  faoliyat  ko'rsatayotgan  edi.  Shu  m unosabat  bilan 
ko‘pgina  ijtimoiy  va  madaniy  jarayonlar  bir-biriga  ta ’sir  ko'rsatib  turardi. 
Badiiy  adabiyotga  xos  jarayonlar  voqelikni  aks  ettirishning  hujjatli  shakl- 
larida  ancha  hoziijavob,  ancha  aniq-ravshan  namoyon  bo'ldi.  Yozuvchilar, 
shoirlar,  jamoat  arboblari  o ‘z  xalqi  kelajagini  eng  aw alo ,  m a’rifatda, 
turm ush  madaniyatini,  ilg'or  urug‘-aymoqchilik  va  oilaviy  munosabatlami 
joriy  etishda  ko'rdilar.  M a’rifatparvarlikni,  demokratik  g'oyalam i  ilgari 
surish  manzarasida  fosh  qiluvchilik  mayllari  ham  avj  olib,  davriy  mat- 
buotda  muntazam,  izchil va  ijtimoiy  xarakter kasb eta bordi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə