‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   160

kim  teng  kelolmasdi.  O 'z   faoliyatini  1748-yili  Bostonning  radikal  ruhdagi 
«Independent  Advertiser»  (Independent  edvertayzer)  gazetasida  boshlagan 
Sem  Adams  26  yoshida  ushbu  nashming  bosh  muharririga  ayiandi. 
Keyinclialik  u  «Boston  gazett»da  o ‘z  maqolalari  bilan  qatnaslub  turdi. 
Amerika  xalqining  Britaniya  hukmronligiga  qarshi  mardonavor  kurashida 
Sem  Adamsning o ‘m i beqiyos.
Vatanparvarlarning  yana  bir  yorqin  namoyandasi-jurnalist  Isia  Tomas
1770-yili  Bostonda  «M assachusetts  spy*  (Masschusetts  spy)  gazetasiga  asos 
soldi  va  uni  Britaniyaga  qarshi  kurashda  qurol  sifatida  q o ‘lladi.  Gazeta 
1904-yilgacha  chiqishda  davom   etdi.  «Boston  gazett*  va  «Spay»  o ‘z 
davrining  eng  ashaddiy  partizan  gazetalari  edi.  Isia  Tomas  muharrirlikdan 
tashqari,  bevosita  urush  bo'layotgan  joylardagi  jangohlardan  reportajlar 
tayyorlab  bordi.  U  harbiy jurnalist  sifatida ham  katta obro‘  qozondi.
M atbuotning  inqilob  davridagi  roli.  1776-yilning  4-iyulida  Tomas 
Jefferson  rahbarligidagi  q o ‘m ita  tayyorlagan  Mustaqillik  Dekiaratsiyasi 
qabul  qilindi.  Shunday  qilib,  yer  yuzida  yangi,  vaqti  kelib  eng  qudratli 
davlat  paydo  bo‘lishi  e ’lon  qilindi.  Matbuot  Amerika  inqilobi  davrida 
uchta  m uhim   vazifani  bajardi:
-   mustamlaka  hududlar-(koloniya)lam i  o ‘zaro  birlashtirdi;
-   yillar  davomida  Britaniya  hukumatiga  nisbatan  to ‘planib  qolgan 
g 'azab va  alam lar ovoziga ayiandi;
-   mustamlaka  aholisi  yangi  qiyofani-mustaqil  davlatning  fuqarosi 
qiyofasini  o ‘zIashtirib  olishiga  ko'm ak  berdi.
Birinchi  vazifa  eng  qiyini  bo'ldi,  chunki  har bir  mustamlaka  o ‘zining 
m adaniy  xususiyatlariga  ega  edi.  Ulardagi  boshqamv  ham  bir-biridan 
farqlanardi.  Lekin,  shunga  qaram ay,  matbuot  inqilob  davrida  bunday 
tarqoq  m ustam lakalam ing  o ‘zaro  birlashuvi  va  bir-biriga  ko‘maklashuviga 
katta  hissa  qo'shdi.  Inqilob  rahnam olari  Britaniyaning  soliqlari,  qonunlari 
va  qudratli  qurolli  kuchlariga  qarshi  turishga  ko‘mak  beradigan  eng  kuchli 
vosita  m atbuot  ekaniga  ishonar edilar.  Prezident  Tomas Jefferson o ‘z d o ‘sti 
Karringtonga  yozgan  m aktubida  m atbuot  haqida  shunday  degan  edi:  «Agar 
m enga  hukum at  bo‘lsin-u  gazetaiar  bo‘lmasin  yoki  gazetalar  b o isin u   hu- 
kum at  b o ‘lmasin,  birini  tanlang,  deyishsa,  men  hech  ikkilanmasdan 
keyingisini  tanlagan  bo‘Iar  edim *1.  Prezident  Jeyms  Medison  esa,  mat- 
buotni  «ozodlik  qal’asi»,  «xalqning  imtiyozi»  deb atagan edi.
U m um an,  Amerika  inqilobi  o ’zining  mazmun  va  mohiyatiga  ko‘ra 
takrorlanmas  hodisa  boMdi.  Chunki  tarixda  hali  bironta  mustamlaka  hududi 
o ‘z   ona  vatanining  roziligisiz  undan  ajralib  chiqmagandi.  Ushbu  inqilobning 
boshqalaridan  farqi  shundaki,  Britaniya  zulmi  ostida  ezilayotgan  Shimoliy 
Amerika  mustamlakalarining  aholisi  begona  xalqlar  emas,  balki  Britaniya 
fuqarolari edi.  Shuning  uchun  ham   Amerikaning  Mustaqillik  Deklarasiyasi  shu 
paytgacha  insoniyat  tarixida  mayjud  bolmagan,  qiyosi  yo‘q  hujjat  sifatida 
m aydonga  chiqdi.  U  yangi  tarixni  boshlab  berdi.  Natijada,  yangi  millat  -
*  amerikalikiar millatining davlati dunyoga keldi.
1 T he  Press and America.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tomas  Peyn  —  inqilob  kuychist.  Asii  angliyalik  bo‘!ib,  o ‘z  m am - 
lakatidan  majburligi  sababli  bosh  olib  chiqib  ketgan  Tomas  Peyn  Amerika 
zamiiiiga  inqilob  arafasida  qadam  qo'ydi.  Qachonlardir  Amerika  inqUobi 
davrining  eng  obro‘li  kishil&ridan  biriga  aylanislii,  ehtimoi,  uning  o ‘z 
hayoliga  kelmagandir.  Peyn  o‘z  Vatanida  ming  bir  ishga  bosh  urdi,  lekin 
omadi  yurishavermagach,  bir  tiyin  pulsiz  ne  umidlar  bilan  1774-yilning 
oxirida  Amerikaga  kelib  qoldi.  Uning  bu  m am lakat  tomon  intilishiga  yana 
bir  sabab  Benyamin  Franklin  edi.  Britaniyaga  tashrifi  chog‘ida  u  tasodifan 
Tomas  Peynni  uchratib, Amerikaga  borishni  maslahat  berdi.
Tomas  Peyn  Amerikada  m atbuotdan  inqilob  liarakatining  norasm iy 
ovozi  sifatida  foydalandi.  Ehtimoi,  u  Britaniya  hukumatidan  norozi 
alamzada  sifatida  shunday  yo'l  tutgandir.  Lekin  nim a  bo'lganida  ham  
uning  ishi  pirovardida  ezgulikka  xizmat  qildi.  U   inqilobning  eng  buyuk 
kuychisiga aylandi.
Tomas  Peyn  o ‘zining  qator  pamiletlari  orqali  amerikaliklami  yanada 
mardotiavor jang  qilishga  va  yangi  millatni  yaratishga  undadi.  1776-yil  9-yan- 
varda  u o'zining eng  birinchi pamfleti  bolgan  «Sogiom   fikr»ni  chop etdi.  Uni 
mustamlakalardagi  o ‘nlab  gazetalar  ko‘chirib  bosishdi.  Qirol  Joq  (Georg)  III 
ga  qarshi  qaratilgan  ushbu  asar  monarxiyaga  nisbatan  isyon  edi.  Chunki  u 
daviila hali  ko'pchilik  monarxiyani eng odil va eng to ‘g‘ri boshqaruv  usuli deb 
hisoblab  kelardi.  Hatto  Amerikadagi  Kontinental  Kongress  —  mustamlakalar 
parlamenti  ham  urush  harakatlarini  o ‘rtamiyona  bir  hoida  qo‘llab-quwatlab 
turgan  edi.  Kongressmenlar  hamon  tomonlaming  o ‘zaro  kelishuviga  umid 
bog‘lashardi.  Shunday  bir  vaziyatda  Peynning  pamfletlari  qo‘zg'olonchUami 
shiddat bilan olg‘a borishga undadi.
«SogMom  fikr»  pamfleti  o ‘z  davrida  rekord  nusxada  sotilgan  asar 
hisoblanadi.  Agar  o ‘sha  davrdagi  Shimoliy  Amerika  mustamlakalari  ah o - 
lisining  soni  2,5  million  bo‘lganini  hisobga  olsak,  uning  250  ming  nusxada 
tarqalganidan  qanchalik  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo'lganini  anglash  qiyin 
emas.  Buning  ustiga  qanchadan-qancha  oiialar  va  do'stlar  bitta  nusxani 
o ‘zaro birlashib o'qishgan.
Tomas  Peyn  1776-yili  «Amerika  inqirozi*  pamfletlar  turkum ining 
birinchisini  e ’lon  qildi.  Ushbu  pamflet  yangi  davIat-Amerika  Q o‘shm a 
Shtatlari  fuqarolarini  o ‘z  tanlagan  yo'llaridan  og'ishmaslikka  d a’vat  etdi. 
Inqilobiy  kuchlar  bosh  qo'mondoni  Joij  Vashington  Britaniya  qo‘shiniga 
qarshi  bo'Iajak  eng  muhim  Kujum  oldidan  o ‘z  askarlariga  mazkur  pam f- 
letni  o ‘qib  chiqishni  buyurdi.  Yetti  kundan  so‘ng  Vashington  qo“shinla[i 
aw al  Nyu-Jersining  Trenton  va  bir  haftadan  keyin  esa  Prinston  viloyat- 
larida  m uhim  zafar quchishdi.
3-fasl.
  XIX asr matbuoti.  Ilk  kundalik gazetalar
Amerikada  dastlabki  kundalik  gazeta  1783-yiIda  —  Inqilob  yakuniga 
yetgach,  nashr  qilindi.  Bu  matbaachi  Benyam in  T aun  tomonidan  Filadel- 
fiyada  chiqarilgan  «Pennsylvania Yevening  Post»  (Pensilvaniya  ivning  post) 
gazetasi  edi.  Shunday  qilib,  mamlakatda  c h o p   etilgan  birinchi  ro‘znom a
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə