U m u m an , «Nyu-York tayms* nashr etila boshlagan davrga kelib N yu-
York sh a h ri ko‘pgina jabhalarda, xususan, iqtisodiyot, savdo, matbaachilik
bobida va aholisining soni jihatdan mamlakatda qat’iy birincliilikka chiqib
olgan edi. XIX asm ing o ‘rtalarida shaharda bir paytning o ‘zida o ‘nga yaqin
kundalik gazeta faoliyat ko‘rsatdi.
X IX asm ing ikkinchi yarmi, xususan, 1880— 1900-yillar Amerika
uchun katta o ‘sish va o'zgarishlar davri bo‘ldi. Yuqori darajadagi mexa-
nizatsiyalashtirish, sanoatlashtirish va urbanizasiya jamiyatdagi katta ijti-
moiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy taraqqiyotga turtki b o id i. Shaharlar
soni 8 m ingtaga yetib, ularda istiqomat qiladigan aholl ikki barobarga
ko‘pavdi. Agar buni raqamlarda ko‘rsak, 1880-yili shaharlar aholisi 11
m illion kishini tashkil qilgan bo'lsa, 1900-yilga kelib bu ko‘rsatgich 25
m illion kishini tashkil etdi. Ya’ni, bu 1900-yilgi mamlakat jam i aholisining
(76 m illion) 33 foizi demakdir. Vaholanki, 1880-yilda ushbu ko‘rsatkich
22,7 foizga teng b o 'ld i1. N yu-Y ork 1,5 million kishi istiqomat qiladigan
eng yirik shaharga aylandi.
A na sh u 20 yillik davr m obaynida chet ellarda tug‘ilgan 9 million
fuqaro m am lakat aholisi tarkibiga kelib qo'shildi. Natijada, 1890-yilga
kelib N yu-Y ork aholisining 80 foizini xorijda tug‘ilganlar yoki aslida
boshqa yurtlardan kelgan ota-onalardan tu gïlgan farzandlar tashkil yetar
edi. But un m amlakat bo‘ylab davom etgan bu jarayon, o ‘z navbatida,
Amerika jurnalistikasining qiyofasini ham o ‘zgartirib yubordi. Bu o*zga-
rishni ikki jihatdan kuzatish m um kin. Birinchidan, kundalik gazetalar son
jihatdan o ‘sdi. Masalan, faqatgina ingliz tilidagi kundalik gazetalar soni
1870-yilda 489 tani tashkil qilgan b o ‘lsa, 1900-yilga kelib 1967 taga etdi.
H aftalik gazetalar ham ko'rsatilgan davrda uch barobar oshdj. Ularning
soni 1870-yili 4 mingtadan, 1900-yilga kelib 12 mingga yetdi. Ikkinchidan,
Amerika tarixida «sariq m atbuot*ning paydo bo‘Iishi aynan XIX asming
so‘nggi ikki o ‘n yilligiga to ‘g‘ri keldi.
«S ariq matbuot» - yangi davr taqozosi. M azkur iboraning paydo bo‘-
lishi Jo z e f Puliser va Uilyam R endolf Xerstning gazetachilik faoliyati bilan
bog‘liq. Bu ikki shaxs, ayniqsa, Puliser Amerikada yangi davr matbuoti
vujudga kelishiga katta hissa q o ‘shdi. U yakshanbalik gazetani eng
serdarom ad nashrga aylantirdi. Albatta, 1883-yilga qadar, ya’ni, Puliser
yakshanba kunlari chiqadigan «Sandi uorld» gazetasini tashkil etishidan
oldin ham mam lakatda 100 dan ziyod gazetaning yakshanbalik sonlari
nashr qilib turilar edi. Biroq ular oddiy kundalik gazetalardan unchalik
farq qilm asdi. «Sandi uorld» ayollar, turli yoshdagi gazetxonlar va spoit
ishqibozlariga bag'ishlangan maxsus ichki ilovalarni o ‘z o ‘quvchilariga
taqdim etdi. Puliser ko'ngilochar sahifalarni ko‘paytirish va doimiy yangi-
liklar qism ini kuchaytirish evaziga yakshanbalik gazetani «qalinlashtirdi*.
N atijada, b u nashr faqat sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib qol-
m asdan, k atta darom ad manbaiga ham aylandi.
»
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Sandi uorld»ning kundaük nashri b o ‘lgan «Uorld») 1889-yilda
Amerika, gazetalari orasida birinchi bo‘lib rangdor bo‘yoqlami ishlata
boshJadi. 0 ‘sha уШ gazetada doimiy komikslar sahifasi ham yo‘lga qo‘yildi.
Komikslaming asosiy qahramoni sariq rangda bo‘yalgan kichkintoy edi. U
tezda m ashhur bo'lib ketdi. Gazetxonlar h ar yakshanba kuni «Sariq
kichkintoy»ning yangi sarguzashtlarini intizorlik bilan kutadigan bo‘Lib
qolishdi. «Sariq matbuot» yokl «Sariq jum aüstika» iborasi o'shanda paydo
bo‘lib, hozir butun dunyoda shov-shuvlar va sensasiyaga moyil matbuotga
nisbatan ishlatiiadigan atamaga aylandi.
«Sariq kichkintoy» tufayli «Sandi uorld»ning adadi keskin ko‘tarilib
ketdi. Komikslar keng o ‘quvchilar om m asini o ‘ziga jalb qila boshladi.
Buning asosiy sababi ulaming tili sodda, tushunarli, mavzulari esa hayotiy
va qiziqarli ekanligida edi. Hatto, ingliz tilida qiynalib gapiradigan va
o'qiydiganlar ham bu qisqa izohli rasmlarda ifodalangan mazm unni
bemalol tushunib olardilar.
«Sariq kichkintoy»ning bunday muvafaqqiyatli «yurishini» ko‘rgan
Uilyam Rendolf Xerst «Sandi uorld»ning bosh muharriri Morril G od-
dardni o ‘zining Nyu-Yorkda chop etiladigan «M om ing jornal» gazetasiga
bir amallab ishga jalb qila oldi. M. Gt>ddard esa, o ‘zi bilan birga ishlab
kelayotgan qator iqtidorli jum alistlarni, jum ladan rassom Richard
Autkoltni «Jornal»ga boshlab bordi. Shu bilan, tabiiyki, «Sariq kichkintoy»
ham «yangi uyga» ko‘chib o 'td i1.
•
«Jornal» tezda ommaviylashib, «Uorld»ning asosiy raqobatchisiga
aylandi. 1896-yiIga kelib uning kundalik adadi 437 ming, yakshanba soni
esa 380 ming nusxaga yetdi. M. G oddard ketganidan keyin m a’lum
muddat qiyinchilikni boshidan kechirgan «Sandi uorld» gazetasining adadi
ham yangi m uharrir Artur Brisbeyn rahbarligida tez orada 600 ming
nusxaga ko‘tarildi. Bu hali so‘nggi nuqta em asdi. AQSH prezidentligiga
nomzodlar M ak Kinli va Brayenning saylovoldi kampaniyasi davrida
«Uorld» va «Jomal» har bin kuniga 1,5 m illion nusxada sotildi. Bu
raqamlar hatto hozir ham Amerika m atbuoti u ch u n rekord ko'rsatkichlar
hisoblanadi. Mamlakatning «katta matbuoti» ana shunday kurashlar
natijasida shakllandi. Bugungi kunda uning doirasi kengayib, yirik nashrlar,
radio va televizion kompaniyalarni o ‘z ichiga oladi.
1
Pulitscr «Sandi uorld»dagi bu inqirozdan so‘ng ham ancha payitgacha «Sariq
kichkintoy» sarguzashtlarini kichkintoylar c'tiboriga havola qilishda davom etdi. M.
Goddard «Jomal»ga o'tib ketganidan so‘ng u N yu-Yorklik mashhur journalist Artur
Burssbeynni «Sandi uodda»ga jalb etish uchun astoydil harakat qildi va pirovardida
bunga erishdi. shundan keyin gazeta yanada kuchaydi. Ammo noshir Xerstnning
hiylakoronajishbilarmonligi yana o‘z ishini ko'rsatdi. 1897-yili A. Brisbeym va uning
rassomi Jotj Luks Xerst ixtiyoriga ishga o ‘tdi. «Sandi yorld» komikslari berishdan
to'xtadi. gazetaning adadi ham pasaya bordi. endi uning o ‘zini tiklan olishi qiyinlashdi.
XX asr boshida u bankrotga uchradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dostları ilə paylaş: |