|
![](/i/favi32.png) Zbekiston respublikasi oliy va oid313213
ERKIN VOHIDOV IJODIDA EPIGRAFNING O„RNI
Oybek NORMURODOV,
magistrant (GulDU)
Badiiy asar ko‗rkam bo‗lishi uchun uning har bir unsuri o‗rinli va
mukammallikni talab qiladi. Asarning ichki va tashqi tomoni ijodkor mahorati
bilan go‗zal tarzda payvandlansa, ana shunday nuqtada haqiqiy san`at asari paydo
bo‗ladi. Mana shu jarayonni Erkin Vohidov she`rlariga tanlangan epigraflar va
ularning mavzu yo‗nalishiga qay darajada mosligi misolida kuzatish mumkin.
Adabiyotshunoslik lug‗atida epigrafga quyidagicha izoh beriladi:
“Epigraf
asarning boshlanishida sarlavhadan keyinroq, yoki uning bo„lim,(bob, fasl)lari
boshida keltiriluvchi qisqa, odatda, e`tiborli manbalardan (xalq ijodi, mashhur
kishilarning purhikmat so„zlari va sh.k.)olingan ko„chirma sitataning bir
ko„rinishi. Ko„p hollarda epigraf o„zining aforistik mazmuni bilan asar mazmunini
ochib beradi”
[1, 360]. Bundan ko‗rinadiki, epigrafning bosh maqsadi asarni
tushunishga, uning g‗oyalarini chuqurroq anglashga yordam berishdan iborat.
Avvalo, shoir ijodi uchun tanlangan epigraflarning manbalarini quyidagicha
guruhlash mumkin:
1. Mumtoz adiblarimiz ijodidan olingan parchalar.
Shoirning ―Bizga so‗z tegdi kecha‖, ―Senga baxtdan taxt tilarman ‖, ―Hijron
yuki‖, ―Tola soch‖ kabi she`rlariga epigraf qilib olingan badiiy parchalarning
barchasi mumtoz adabiyot namunalari bilan bog‗liqdir.
2. Zamondoshlari ijodidan olingan epigraflar.
―Orzu chashmasi‖ dostoni, ―Vafo‖, ―Turkiston bozori‖ she`rlariga tanlangan
epigraflar shoir zamondoshlarining ijod namunalaridan olingan.
3. Jahon adabiyoti namoyondalarining asarlaridan olingan epigraflar.
Erkin Vohidovning mashhur ―Ruhlar isyoni‖ dostoniga hind shoiri Nazrul
Islomning ―Tug‗ilgansan ozod, mudom Ozod bo‗lib qol!‖ misralari epigraf
qilingan. Bu misrani bevosita shu guruhga kiritish o‗rinli.
4. Siyosiy adabiyotlardan olingan epigraflar.
Dostları ilə paylaş: |
|
|