Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati



Yüklə 2,5 Mb.
səhifə5/18
tarix25.05.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#112809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
islom nem (2)

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati .........................................

78

Kirish


Bugungi kunda IoT (Internet of Things – Internet ashyolari) asosida tizmlarni real vaqt davomida katta miqdorda Internetga ulangan hamda resursi cheklangan simsiz qurilmalardan iborat bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, IoT qurilmalari asosida taqdim etiladigan ko‘plab yangi dunyo xizmatlari simsiz sensor tarmoqlar (WSN - Wireless sensor networks) tomonidan amalga oshirilmoqda.


Hozirgi kunda IoT, Big data (Big data - Katta maʼlumotlar), Cloud Computing (Bulutli hisoblash), Edge Computing (Tumanli hisoblash), Machine-to-machine communication (M2M), Device-to-Device communication (D2D), Digital twin, Zamonaviy sensor texnologiyalar (Advanced Sensing Technology), Xizmatga yo‘naltirilgan (Service-Oriented Technology) va Blokcheyn texnologiyalarini (Blockchain technology) kirib kelishi va so‘nggi yillarda ularni sanoatlarda qo‘llanishi ishlab chiqarish sanoatini juda katta o‘zgarishlarga hamda avtomatlashtirishni rivojlanishiga olib keldi.
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda dolzarb hisoblanmoqda.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-sonli «Raqamli O‘zbekiston - 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4022 – sonli “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 maydagi PP-4329 – sonli “O‘zbekiston Respublikasining aholi punktlarida telekommuknikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu magistrlik ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqot obyekti sifatida 5G mobil aloqa tarmog‘ida IoT trafigi olingan.
Tadqiqot predmetini 5G tarmoqlarida IoT trafiklariga xizmat ko‘rsatish jarayonlari va modelari tashkil etadi.
Tadqiqot maqsadi 5G tarmoqlarida IoT trafiklariga xizmat ko‘rsatish modelini yaratish va tadqiq qilishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
– 5G tarmoqlarining Buyumlar Interneti bilan integratsiyasini o‘rganish;
­– IoT trafik modellarini tahlil qilish;
– 5G tarmoqlarida IoT trafigiga xizmat ko‘rsatish modelini ishlab chiqish.
Ilmiy yangiligi. Dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
– 5G-IoT tarmoqlarining o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
– IoT trafik modellarining tasniflangan;
– 5G tarmoqlarida IoT trafigiga xizmat ko‘rsatish modelini ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. 5G ga asoslangan IoT tarmoqlari trafigiga xizmat ko‘rsatishning tarmoqni segmentlashga asoslangan modelini ishlab chiqish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkoniyati mavjud.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar tahlili. Hozirgi kunda IoT katta miqdori Internetga ulanganligi sababli resursi cheklangan simsiz qurilmalardan iborat bo‘lishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, IoT qurilmalari tomonidan taqdim etiladigan ko‘plab yangi dunyo xizmatlari simsiz sensor tarmoqlari (WSN) tomonidan amalga oshirilmoda. Shu sababli simsiz sensor tarmoqlarni (WSN) Internetga integratsiyalash masalasi o‘z navbatida to‘la-to‘kis xizmat ko’rsatish sifatini (QoS) kafolatlash talablarini keltirib chiqardi. Ushbu yo‘nalishda simsiz sensor tarmoqlarni (WSN)-Internetga integratsiyasi (qo‘shilishi) uchun kerak bo‘lgan xizmat ko’rsatish sifatini (QoS) talablarini turli darajadagi trafik bilan ishlovchi simsiz sensor tarmoqlarni (WSN)-ilovalarga eʼtibor qaratilgan va bu bois tarmoq ichida xizmat ko’rsatish sifatini (QoS) kafolatlash uchun haqiqiy vaqt trafigi va kechikishga toqatli trafik bilan qanday ishlash tadqiq qilish, algoritmlarini va modellarini ishlab chiqish dolzirb hisoblanmoqda.
Ushbu tadqiqot yo‘nalishiga S. Ezdiani, A. Al-Anbuky, I. S. Acharyya, S. Sivakumar, Syed Nor Azlan, I. S. Acharyya, S. Sivakumar, L. Shu, X. Wu, H. Xu, J. Yang, C. Jinsung, L. Sungyoung, B. Nefzi,Y.-Q. Song va taniqli horijiy olimlarning ilmiy ishlari bag‘ishlangan. Shuningdek belgilangan muammoni tadqiq qilish masalalarida respublikamiz olimlari T.N.Nishonboev, R.I.Isaev, N.B.Usmanova, U.B.Аmirsaidov va boshqalar ilmiy ishlari bag‘ishlangan.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Dissertatsiya ishida immitatsion modellashtirish, tizim tahlili, matematik modellashtirish va tizimning ekspremental tahlili kabi tadqiqot usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati 5G-IoT tarmoqlarining o‘ziga xosliklari ochib berilganligi, IoT trafik modellarining tasniflanganligi va tahlil qilinganligi, 5G tarmoqlarida IoT trafigiga xizmat ko‘rsatish modelini ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati 5G tarmoqlarida IoT trafigiga xizmat ko‘rsatishda tarmoqni segmentlash modelining Anylogic dasturiy muhitida simulyatsiya qilinganligi bilan izohlanadi.
Dissertatsiya tuzilmasining tavsifi. Magistrlik dissertatsiyasi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya