Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə19/21
tarix30.05.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#114178
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyot

Ikkinchi taklifda O‘zbekistonga Milliy Taraqqiyot strategiyasining (MTS) keyingi bosqichida xususiy sektorning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berish tavsiya etiladi. Bu raqamli ko'nikmalarni takomillashtirish bo'yicha aniq maqsadlar qo`yishni o'z ichiga olishi kerak, jumladan xususiy sektorga xos miqdoriy ko`rsatkichlar va asosiy samaradorlik ko'rsatkichlari(KPI). Hukumat soha vakillari va ilmiy doiralar bilan hamkorlikda ushbu maqsadlarni belgilashi kerak, ular tarmoqlar bo'yicha taqsimlanishi kerak. Turli sektorlar tomonidan talab qilinadigan raqamli ko'nikmalarning turlari va darajalarini hamda mavjud ko'nikmalardagi kamchiliklarni aniqlash uchun sanoat bo'yicha davra suhbatlari, fikr almashuv guruhlar yoki mavzu bo'yicha ekspert suhbatlari o'tkazilishi kerak. An’anaviy muhim tarmoqlar ham, yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanayotgan tarmoqlar ham kiritilishi kerak.
Kelajakdagi raqamlashtirish dastur va siyosatlarini amalga oshirish uchun ishchi kuchining malakasi haqidagi aniq va dolzarb ma'lumotlar ham zarur. Hukumat o'z ishchi kuchining malakasini baholashga diqqat qaratishi va zarur yordam turi bo'yicha, asosli siyosiy qarorlar qabul qilish uchun kerakli ma`lumotlar olishi kerak. Ma'lumotlarni to'plash va ko'nikmalarni baholash kelajakdagi raqamli ko'nikmalarga bo'lgan ehtiyojni prognoz qilish imkonini beradi.
Yana bir muamoda O`zbekiston raqamlashtirishga butunlay o`tishga halaqit qilayotgan bazi to`siqlar yoritilgan. Raqamli texnologiyalar rivojlanib bank, moliya sohalarida keng qo`llanilayotgan bir paytda xususiy sektorda raqamli texnologiyalar integratsiyasi hali ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmagan. Juda ko`p firmalar, milliy xususiy kompaniyalar raqamli texnologiyadan samarali va to`laqonli foydalanishni bilishmaydi shu sabab yo`lga qo`yishmagan. Misol uchun administratsiya va marketing sohasi bo`yicha hali ham xususiy korxonalarning katta qismi faqatgina ijtimoiy tarmoqlarni qo`llashadi. Bu bilan birga raqamli uskunlarga rejalashtirilmagan holda pul sarflash ularga juda ham kam daromad olib keladi. Bu muammoni bartaraf qilish uchun tadbirkorlar mukammal loyiha rejasi asosida shu bilan birga biznes model va biznes jarayonini integratsiyalagan holda eng avval ikkilamchi maqsadlar uchun invetitsiya qilishlari va qadamba qadam birlamchi, asosiy maqsadga pul sarflashlari kerak. Xususiy firmalar o`zlarini qiynayotgan raqamli texnologiyalarga oid va boshqa muammolar uchun tavsiyalar olish huquqiga ega bo`lishlari kerak.
Bu bo`limda keltirilgan taklifga asosan o`z-o`zini baholash tizimi yo`lga qo`yilishi kerak. Bu aniq reja tuzgan holda raqamlashtirishni xususiy sektorda ham taminlashga yordam beradi. Chunki bu orqali firmalarning ixtisosligi hozirgi raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi va qaysi tarmoqlar rivojlantirilishi kerakligi aniqlanadi. Bu o`z-o’zini baholash tizimi 2017-yilda Singapurda amalga oshirilgan. Firmalarda o`tkazilgan 5 minutlik maxsus testlar orqali hukumat o`zlarining rejalarini qayerdan boshlab tuzishni aniqlashgan.
O‘zbekistonda tegishli malakali mutaxassislarning yo‘qligi xususiy sektorning o‘sishiga va bozor iqtisodiyotiga o‘tishga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda. Xususiy sektor firmalari yuqori malakali ishchilarni topishga qiynalmoqda va malakali mutaxassislarning yetarli emasligi biznes rivojlanishiga jiddiy to'siq bo'layotganidan hammamiz xabardormiz. Ba'zi firmalar malakali ishchilar etishmasligi tufayli investitsiya qila olmaydi, ya`ni risk juda katta bo`ladi, natijada biznes aylanmasi qisqaradi. ADBning ish beruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovi shuni koʻrsatdiki, soʻrovda qatnashgan firmalarning 20% ​​malakali ishchilar yetishmasligi sababli investitsiya qila olmaydi, yana 23% esa biznes aylanmasining qisqarishini boshdan kechiradi.
Xulosa qilib aytganda quyida keltirilgan OECDning muammoli holat va unga takliflarini ko`rib chiqqan holda xususiy sektorda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish mumkin.




Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə