*zbekiston respublikasi


Inson psixikasining ilmiy-tadqiqot metodlari



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə10/48
tarix28.04.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#107577
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
G\'oziyev 1 kitobi

3. Inson psixikasining ilmiy-tadqiqot metodlari
Yaqin va uzoq chet el psixologiyasi fanida inson psixikasini tadqiqot qilish metodlarining turlicha klassifikasiyasi (tasnifi) berilgan. Umumiy psixologiya sohasi bo’yicha xilma-xil ilmiy asosga qurilgan nazariyalar mavjud bo’lib, ularning har qaysisi to’kislik va nuqsonli tomonlariga ega. quyida biz rus psixologi B.G.Ananev tavsiya qilgan klassifikasiyaga asoslangan holda metodlar xususiyatini yoritib beramiz.
B.G. Ananev psixikani o’rganish metodlarining tashkiliy, empirik (amaliy), olingan natijalarni qayta ishlash yoki statistik hamda natijalarni harshlash deb nomlab, ularni to’rtta katta turkumga, guruhga ajratgan. Mazkur metodlar guruhi o’z navbatida uning maqsadi va vazifasiga binoan yana bir nechta toifa hamda turlarga bo’linadi. Navbatdagi fikrda ana shu metodlarning umumiy, xususiy va o’ziga xos xususiyatlariga hamda qiyosiy tavsifiga to’xtalamiz.
Tadqiqot metodlarining birinchi guruhi tashkiliy deb nomlanib, u o’z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko’pyoqlama) deb ataladigan turlarni qamrab oladi. qiyoslash metodi umumiy psixologiya (turli guruhlarni o’zaro solishtirish), sosial psixologiya (katta yoki kichik guruhlar hamda ularning har xil toifalarini o’zaro taqqoslash), medisina psixologiyasi (sog’lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash, sport psixologiyasi (sportsmenlar holati, ularning uquvchanligi va ishchanligini o’zaro chog’ishtirish) kabi fanlarda unumli foydalaniladi.
Umumiy psixologiyasi fanida qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarini o’zlashtirish xossalari, aqliy qobiliyati, saloshiyati, taraqqiyoti dinamikasi, shaxs jinsiy tafovutlari va o’ziga xosligi, individual-tipologik holatlarini o’rganishda tatbiq etiladi. Rus psixologlari L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin singari olimlar va ularning shogirdlari tadqiqotlarida qiyoslash metodidan foydalanilgan. Keyingi yillarda xalq ta'limi va oliy ta'lim tizimida hamda ishlab chiqarishda XX asrning 70- yillaridan e'tiboran to Hozirgi davrgacha "inson omili" muammosining mushokamaga qo’yilishi, vaqt taqchilligi, ishchanlik imkoniyati, qobiliyati, psixologik moslik masalalarining aloshida ahamiyat kasb etishi mazkur metodni keng qo’lamda qo’llashni taqozo etmoqda. Bundan tashqari,
tajribada olingan miqdoriy ma'lumotlar ishonchlilik darajasini oshirish uchun ham iyoslash metodi ishlatiladi. Ayniqsa, sinaluvchilardagi o’zgarishlarni ko’ndalang kesim holatda olib qarash, tadqiqot bosqichini kesib, ya'ni vaqtincha to’xtatib, loshida tashlil qilish ushbu metodga borgan sari diqqat-e'tibor tobora ortib borayotganligidan dalolat beradi. Masalan, tajribaning birinchi bosqichining turli yoshdagi va jinsdagi odamlarga ta'sirini aniqlash va hokazolar shular jumlasidandir.
Umumiy psixologiyada qiyoslash metodi bilan bir qatorda longityud (uzluksiz) metodi ham keng qo’lamda qo’llaniladi. Ushbu metodning boshqa metodlardan farqli tomoni shundan iboratki, uning yordamida bir yoki bir necha sinaluvchilar uzoq muddat, shatto o’n yillar davomida (A.Termenning 50 yillik uzluksiz tajribasi shozircha rekord Hisoblanadi) tekshiriladi. Longityud metodidan AqShlik A.Termen, nemis psixologi V.Shtern, fransuz R.Zazzo va Sh.Byuler, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytis, V.S.Muxina va boshqalar ko’p davrlardan beri unumli foydalanib keladilar.
Mazkur metod orqali har xil jinsli egizaklar (Shasan-Shusan, Fotima-Zushra) yoki aralash jinsli (Shasan-Zushra, Fotima-Shusan) qo’shaloqlar kuzatilgan.
Shuning uchun bir talay tadqiqotlarning "ona kundaligi" (N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb nomlanishi bejiz emas. Uzoq muddat davomida muayyan bir shaxsni (kichik guruhni) kuzatish sinaluvchida yangitdan paydo bo’layotgan fazilatlarining taraqqiyot dinamikasi, uning xulq-atvoridagi illatlar (me'yordagi xatti-harakatdan chetga og’ish) va ularning oldini olish muammolari yuzasidan material yig’ish, shuningdek, murakkab psixologik munosabatlar, ichki bog’lanishlar, qonuniyatlar, mexanizmlar to’g’risida mukammal, ishonchli, barqaror ma'lumotlar to’plash imkonini yaratadi.
Longityud metodi yordamida sub'ektiv omillarning o’ziga xosligidan tashqari, sinaluvchiga ob'ektiv (tabiiy) hart-haroitlarning, ijtimoiy psixologik mushitning ta'siri ham o’rganiladi. Chunonchi, egizaklarning o’zaro o’xshashligi va ularning tafovutlanishi, ta'sirlanishi, His-tuyg’ularining o’zgarishi, shaxslar o’rtasidagi individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati sistemasi va hokazolar) yuzasidan olingan ma'lumotlar longityud metodining harofati bilan ro’yobga chiqadi.
XXasrning ikkinchi yarmida XXI asrning boshlarida fan va texnikaning taraqqiyoti psixologik tekshirishlarning ilmiylik darajasini yanada oshirish uchun (sub'ektiv omillar ta'sirini kamaytirish maqsadida) kompleks programma asosida boshqa fanlar (medisina, fizika, fiziologiya, biologiya, sosiologiya, kibernetika, statistika, filosofiya, logika) bilan birgalikda tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo qilmoqda. Bu voqelik fan olamida integrasiya (qo’shilish, uyuHish) jarayoni yuz berayotganligi ko’rsatkichi ifodasidir. Amaliy xususiyatga molik ilmiy-tekshirish ana shu ko’pqirrali (kompleks) yondaHishni talab etmoqda. Psixologiya sohalari (psixofiziologiya, kosmos, tibbiyot psixologiyasi, mushandislik yoki aviasion psixologiya) o’rtasida esa tadqiqot ob'ektiga tizimli yondaHish prinsipi amalga oshirilmoqda. Ushbu ijtimoiy psixologik voqelik sohalar diffensiyasidan (ajralishidan) dalolat bermoqda. Kompleks metod yordamida o’rganilayotgan ob'ektdagi o’zgarishlar turli sohaviy nuqtai nazaridan tashlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, shaxsning muayyan bilimlarni egallash xususiyati psixologik jishatdan tekshirilayotgan bo’linsa, kompleks (ko’pyoqlama) yondaHish ta'sirida ana shu o’zgartirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari ochib beriladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o’rganish qari kishidagi psixologik, fiziologik,mantiqiy jishatlarining ochilishiga xizmat qiladi. Kompleks (ko’pqirrali) programma (dastur) yordamida amalga oshirilgan tadqiqotning natijasi ilmshunoslik uchun muhim ahamiyatga molik bo’lib, insonshunoslik muammolarini shal qilishda ham aloshida ijobiy rol o’ynashiga shak -shubsha yo’q.
Ilmiy-tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi amaliy (empirik) metodlar majmuasidan iborat bo’lib, uning tarkibiga kuzatish (o’zini o’zi kuzatish), eksperiment (tabiiy, laboratoriya), test (sinash), anketa (varaqa), so’rov, sosiometriya, sushbat, intervyu, faoliyat jarayoni va mashsulini tashlil qilish, tarjimai shol (biografiya),-shaxsiy guvoshnoma, shujjat, turmush faoliyati voqealarini tashlillash kabilar kiradi. Amaliy metodlar sinash, tekshirish, diagnos (tashxis) va prognoz (bashorat) qilish vazifalarini bajaradi. Insonning tug’ilishidan tortib to umrining oxirigacha davr oralig’ida sodir bo’ladigan psixologik o’zgarishlarni chuqurroq, ob'ektiv ravishda tadqiq etish uchun navbati bilan amaliy (empirik) metodlar guruhidan foydalanish samarali natija beradi. Chunki bir metod ikkinchisini to’ldirishga xizmat qiladi. Ilmiy-tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi olingan natijalarni qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, statistik (miqdor) va psixologik sifat tashlili turlarga ajratiladi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda ko’pincha quyidagi statistik metodlardan foydalaniladi.


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə