«Ўзбекистон темир йўллари» датк


Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton elementlarning



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə27/38
tarix26.10.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#131102
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
«Ўзбекистон темир йўллари» датк

Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton elementlarning kuchlanish holati bosqichlari. Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruksiyalarda betonni siqish boshlanganida, tashqi kuchlar ta’sirida yemirilishgacha bo’lgan kuchlanishlar holati bir necha xarakterli bosqichlarga bo’linadi. O’q bo’ylab cho’ziladigan elementga markaziy siquvchi va tashqi kuchlar ta’sirini ko’rib o’taylik. Beton siqilgandan keyin elementda quyidagi kuchlanish holati tarkib topadi:
– yo’qoluvchilarning birlamchi turlari sodir bo’lgach betonda b1, armaturada sp–los1–b1;
– yo’qotuvlarning hamma turlari sodir bo’lgach, betonda b2, armaturada splosb1 kuchlanish hosil bo’ladi. Bu yerda 1 – indeksi kuchlanishlaridan birlamchi yo’qotuvlar, 2 – indeksi esa barcha yo’qotuvlar ayirib tashlanganligini bildiradi. Elementning bu holatida oldindan uyg’otilgan kuchlanishlar muqim qaror topgan bo’lib, tashqi kuchlar qo’yilgunga qadar 0 bosqichiga kiritsa bo’ladi. Тashqi cho’zuvchi kuchlar ortgan sari betonda oldindan uyg’otilgan siquvchi kuchlanishlar kamayib, armaturadagi cho’zuvchi kuchlanishlar orta boradi. Betonda oldindan uyg’otilgan kuchlanishlar so’nganda, armaturadagi kuchlanish sp2=splos bo’ladi. Shu holatdan boshlab element oddiy temirbeton elementi kabi ishlaydi, chunki unda oldindan uyg’otilgan kuchlanishlar so’ngan bo’ladi.
Elementning bunday holati 1a bosqichga kiradi. Тashqi kuchlarning yanada ortishi betonda cho’zuvchi kuchlanishlarni paydo qiladi, bu kuchlanishlar orta borib, cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi Rbtga tenglashishi mumkin. Elementning bu holati I bosqichga kirib, elementni yoriqlar paydo bo’lishiga hisoblash ana shu bosqichga asoslanadi.
Navbatdagi II bosqichda betonda yoriqlar paydo bo’ladi, biroq, armaturadagi kuchlanish hisobiy qarshilikdan kichikroq bo’ladi. Kuchning yanada ortishi elementda III bosqichni yuzaga keltiradi, bu bosqichda element yemiriladi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə