«Ўзбекистон темир йўллари» датк



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə7/38
tarix26.10.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#131102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
«Ўзбекистон темир йўллари» датк

Me’yoriy qarshiliklar. Beton bir jinsli bo’lmaganligi va turli xil omillarning ta’sir etishi natijasida xossalari keng miqyosda o’zgaruvchan bo’ladi, lekin, shunga qaramay, hisob ishlarida ma’lum darajada ishonarli bo’lgan mustahkamlik ko’rsatkichlaridan foydalanishga to’g’ri keladi.
Betonning me’yoriy kubik mustahkamligi (me’yoriy qarshilik) deganda quyidagi formuladan aniqlanadigan miqdor tushuniladi:


Rn=Rm(11,64V), (1.2)

bu yerda Rm – betonning o’rtacha statistik mustahkamlig’i; V – beton mustahkamligining o’zgaruvchanlik koeffitsiyenti bo’lib, og’ir va yengil betonlar uchun o’rtacha 0,135 ni tashkil etadi.


Betonning hisobiy qarshiliklari. Chegaraviy holatlarning birinchi guruhi uchun beriladigan betonning hisobiy qarshiliklari Rb va Rbt ning ishonchlilik darajasi 0,997 ga teng. Ularning qiymatlari me’yoriy qarshiliklarni ishonchlilik koeffitsiyentiga bo’lish orqali aniqlanadi:


siqilish uchun Rb=Rbn/bc;


cho’zilish uchun Rbt=Rbtn/bt,


bu yerda bc va bt betonning siqilish va cho’zilishdagi ishonchlilik koeffitsiyentlari me’yoriy xujjatlardan olinadi.


Lozim bo’lgan hollarda betonning hisobiy qarshiligi ish sharoiti koeffitsiyenti bi ga ko’paytiriladi.
Beton deformatsiyasi. Materialning deformatsiyasiga baho berishda ikkita miqdordan: normal kuchlanish va nisbiy deformatsiya dan foydalanamiz (1.3-rasm). Umumiy holda betonning to’liq deformatsiyasi elastik va plastik qismlardan tashkil topadi: b=el + pl, bu yerda el elastik deformatsiya; pl – plastik deformatsiya. Betonning ko’p karrali yuklanishi va yukdan bo’shalishi holatida ep – yuk to’liq olingandan so’ng elastik qaytish deformatsiyasi (1.3-rasm).
Betonning siqilishidagi boshlang’ich elastiklik moduli (kuch bir zumda quyilgan hol uchun) quyidagicha ifodalanadi:



Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə