Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 313,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix28.08.2023
ölçüsü313,11 Kb.
#121014
1   2   3   4   5
Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

 
 


 
10.2. Iqtisodiy ijtimoiy prognoz modellarining turlari 
Ijtimoiy va iqtisodiy modellar optimallashtirish mezonlari yoki kutilayotgan 
eng yaxshi natijaga qarab tasniflanishi mumkin. 
Vaqt omili xisobga olinganda modellar statistik (ya’ni, model chegarasi 
ma’lum bir vaqt bo‘lagi deb o‘rnatiladi va xarajatlar minimallashtiriladi) yoki 
dinamik (bunda model chegarasi bir necha vaqt kesmalari uchun o‘rnatilib, xarajatlar 
minimallashtiriladi, yoki yakuniy natija maksimallashtiriladi) bo‘lishi mumkin. 
Iqtisodiy modellarni quyidagicha turlarga ajratish qabul qilingan: omilli 
(omilli), tarkibiy (strukturaviy) va aralash, xalq xo‘jaligi rivojlanish ko‘rsatkichlarini 
yig‘ish darajasiga qarab makroiqtisodiy, tarmoqlararo, rayonlararo, tarmoqli
regional modellar bo‘lishi mumkin. Xalq xo‘jaligining rivojlanish jixatlariga qarab 
modellar asosiy fondlar, mexnat resurslari, moliya tizimi hamda narx shakllanishi 
kabi turlarga bo‘linishi mumkin. 
Omilli modellar u yoki bu iqtisodiy ko‘rsatkichli darajasi va dinamikasining 
unga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar - sabablar darajasi va dinamikasiga bogliqligini 
tavsiflaydi.
O‘zgaruvchan iqtisodiy modellar ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) kabi 
turlarga ajratiladi. Masalan, omil bo‘lsa mexnat resurslarining borligi endogen 
omilidir. 
Omilli modellar turli o‘zgaruvchilarni va ularga mos keladigan parametrlarni 
o‘z tarkibiga oladi. Omilli modellarning eng oddiy ko‘rinishi – bu, bir omilli model 
bo‘lib, unda istalgan vaqtinchalik parametr omil xisoblanadi. Mazkur xolda biror 
ko‘rsatkich taxlili va prognoz vaqti xronologik katorga bogliq ravishda amalga 
oshiriladi va shu yo‘l bilan trendlar (qaysi bir dinamik qator o‘zgarishining umumiy 
tendensiyasini xarakterlovchi bogliqlik) aniqlanadi. 
Chiziqli va nochiziqli (nelineynoe) tipidagi ko‘p omilli modellar 
prognozlashtirilayotgan ko‘rsatkich dinamikasini va darajasiga ta’sir etuvchi bir 
necha omillarni bir vaqtning o‘zida xisobga olish imkonini beradi. Bunda 
modellarga makroiqtisodiy ishlab chiqarish funksiyalarini tavsiflovchi modellar, 
aholi daromadi va narxga bogliq ravishda ayrim iste’mol tavarlariga talabni tahlil 
etish modellari misol bo‘la oladi. 
Tarkibiy modellar ikkita - butun yoki agregatni taxlil etuvchi aloxida 
elementlar orasidagi aloqa va bogliqlikni tavsiflaydi. Bunday modellar tarkibiy 
balans tipidagi modellar bo‘lib, bunda biror qatorda uning elementlari orasidagi 
bogliqlik ko‘rib chiqiladi. 
Mahsulot xom-ashyo nomeklaturasiga qarab modellar bir natijali va ko‘p 
natijali kabi turlarga bo‘linadi. Birinchi guruxga tarmoqda ishlab chiqariladigan yoki 
shu tarmoqda is’temol qilinadigan boshqa resurs yoki xom-ashyo miqdoriga bitta 
chegara qo‘yilgan modellar kiradi. Ikkinchi guruxga xom-ashyo yoki boshqa resurs 
iste’moli uchun butun tarmoq bo‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulot talabiga ikki 
yoki undan ko‘p cheklanishlar quyilgan modellar kiradi. Transport omilining ta’sir 
etish darajasiga ko‘ra, tarmoqli, optimal rejalashtirish modellari ikki turga bo‘linadi: 


ishlab chiqarish – transport modeli ( transport omili e’tiborga olinmaydi) va ishlab 
chiqarish –transport modeli (transport omili e’tiborga olinadi). 

Yüklə 313,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə