Zilzila va unda xarakatlanish qoidalari


Hovli joylarda yashaydiganlar uchun



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#151335
1   2   3
Zilzila slayd

Hovli joylarda yashaydiganlar uchun: Garaj yoki dalahovli yerto‘lasidan yashirinish joyi sifatida foydalanish mumkin. U yerda ofat tugagunga qadar berkinish, oziq-ovqat zaxirasini, kiyim-kechak va kerakli narsalarni saqlash mumkin. Shu bilan birga, qaltis qiyaliklar va ko‘chki xavfi bo‘lgan joylarda qurilgan uylar xavfli bo‘lishi mumkinligi yodingizda bo‘lsin. — Uyingiz holatini tekshirib chiqing, uni mustahkamlash yo‘llarini aniqlang. — Qishloq joylarda yer silkinishi oqibatida yer ko‘chkisi ro‘y berishi, sel kelishi, tog‘ toshlari tushishi mumkin. Shuning uchun tepaliklar ustiga yoki suv bosmaydigan, yuqoriroq joyga chiqib olishga yoki tik tog‘ yonbag‘irlaridan ostidan uzoqroq joylarga o‘tishga harakat qiling. — Molxonalar yonida turish mumkin emas, chunki hurkib ketgan hayvonlar tagida qolib ketish xavfi mavjud.

Yer qimirlaganidan so‘ng Yer qimirlashi to‘xtagandan keyin binolar holatini, jabrlangan odamlarni kuzatishingiz mumkin. Bunday hollarda xotirjamlik bilan darhol shikastlangan, jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatishni boshlang. Jarohat olganlar sovuq qotmasligi uchun ko‘rpa bilan o‘rang va shifoxonaga yuboring. Kasallar, bolalar va qariyalar xavfsizligini ta’minlang, ruhiy dalda bering. Yengil buyumlar ostida qolganlarga yordam bering. Qo‘shimcha tibbiy yoki boshqa yordamga hojat bo‘lsa, yordam kelguncha kuting. Yong‘in o‘chog‘ini sezsangiz, iloji boricha o‘chirishga harakat qiling. Elektr simlari uzilmaganini tekshirib ko‘ring. Buzilgan joyini tuzatishga harakat qiling yoki elektr tarmog‘ini o‘chirib qo‘ying. Suv tarmog‘ini tekshirib chiqing. Agar buzilgan bo‘lsa, tuzatishga harakat qiling yoki tarmoqdan uzib qo‘ying. Gaz tarmog‘ini jo‘mragidan berkitib qo‘ying, agar gaz tarqalish xavfi mavjud bo‘lsa, uni hididan aniqlang, gugurt yoki shamdan foydalanmang.

Kanalizatsiya quvuridan foydalanishdan oldin, uning sozligini bino ichida, yerto‘lada tekshirib ko‘ring. Xavfli yengil alanga oluvchi suyuqliklar to‘kilgan bo‘lsa (benzin, kimyoviy moddalar va boshqalar), tezda bartaraf qiling va bu haqda boshqalarga xabar bering. Yerto‘la eshiklarini ochishda ehtiyot bo‘ling, chunki ustingizga suvoq parchalari, ustunlar yoki og‘ir jismlar tushishi mumkin. Telefonni keraksiz axborotlar uchun band qilib turmang, chunki telefon yordamga chaqirish, muhim hodisalar, yaradorlar va jinoyatchilar haqida axborot berish uchun kerak bo‘ladi. Yer qimirlashi takrorlanishi mumkinligi haqidagi o‘z fikringizni birovlarga tarqatmang yoki mish-mishlarga ishonib, gap tarqatmang. Rasman e’lon qilingan axborotlardan foydalaning. Siz vayrona ostida qolgan bo‘lsangiz, iloji boricha xotirjamlik bilan sharoitni to‘g‘ri baholang. O‘zingizga birinchi tibbiy yordam ko‘rsating, agar lozim bo‘lsa, qon oqishini to‘xtating va jarohatni bog‘lang. Yoningizdagilarga yordam ko‘rsating, tinchlanishiga yordam bering. Vayronalardan tashqaridagilar bilan tovush orqali yoki biror narsani taqillatish bilan aloqa o‘rnatishga harakat qiling. Yodingizda bo‘lsin, yerning qayta silkinishi – aftershoklar xavfi saqlanib qolishi mumkin. Aftershoklar, asosiy yer qimirlagandan so‘ng bir necha daqiqa, soat, ba’zi vaqtlarda kunlardan keyin ham yuzaga kelishi mumkin. Kuchlaringizni tejang. Yodingizda bo‘lsin, yordam albatta keladi.


Etiboringiz uchun
raxmat!
Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə