Ziyonet doc


Tarix va milliy tafakkurning shakllanishi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/67
tarix14.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#89451
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
tarix falsafasi va metodologiyasi majmua

Tarix va milliy tafakkurning shakllanishi. 
O’rta Osiyo xalqlarining ulug’ tarixiy o’tmishiga murojat qilishi o’z 
ajdodlarining olamshumil yutiqlaridan mamnunlik, shukuronalik tuyg’usini baxsh 
etadi. Fuqarolik hissini shakllantirish, o’z milliy birligiga mansubligidan qonuniy 
faxrlanish hissini uyg’otadi. Bizda, so’nggi 70 yil mobaynida ildiz otgan milliy 
qadriyatlar, ananalar, madaniyat va turmush tarzidan xalokatli o’z ishini bartaraf 
etishda buning ahamiyati beqiyos. Chunki o’z tarixiy ildizlarni o’z halqining 
tarixini tashkil etuvchi o’tmish avlodlar hayoti bilan uzilmas manaviy aloqalarni 
anglab etmay turib, o’z zamining chinakam fuqarosi va chinakam vatanparvari 
bo’lishi mumkin emas. 
Ayni vaqtda tarixni idrok etish madaniyatini, tarixiy tafakkur madaniyatini 
shakllantirish zarur zero tarix nechog’li ahamiyatli bo’lmaslik, kezi kelganda xavfli 
hamdir. Pol Valeri takidlaganidek, tarix orzular tug’diradi, xalqlarni sarhush qiladi, 
sohta xotiralarni keltirib chiqaradi. Ularni eski yaralarini qo’zg’atadi, oromini 
buzadi, o’zini ulug’lashga olib keladi. Tarix har qanday istaklarni oqlaydi. U 
sirasini aytganda, hech kimga o’rgatmaydi. 
Boshqacha qilib aytganda, tarixni bilish faqat tarbiyaviy ahamiyatga ega 
bo’libgina qolmay, balki undan milliy biqiqlik hislarini uyg’otishda, boshqa 
xalqlarga nisbatan adovatga olib kelishda tajovuzkorlik siyosati va maqsadlarini 
asoslashda ham foydalanish mumkin. 
Tarixiy tafakkur shunday qilib, milliy mustaqillik hissiyotini halqlarimiz 
uchun fojeaviy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan milliy biqiqlikka 
aylanib ketishiga yo’l qo’ymaydigan nozik qadni topishga ko’maklashmog’i kerak. 
O’tgan shunday muddat ichida bizning mudroq ongimizni uyg’otib yubordi. 
Tushunchalarimizda o’zgarish yasadi. Endi mamlakatning hech bir fuqarosi ertangi 
kunni aniq ravshan ko’rib turibdi. O’zining ham mamlakatning ham kelajagi 
buyukligicha qatiy shaklannmoqda. Shuning uchun ham aniq maqsad va qatiy 
iroda bilan mustaqillik yo’lini tub islohotlar jarayonini to’la qo’llab 
quvvatlamoqda. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə