28
TARIXNING ANTIK FALSAFASI
Reja
1.
Yunonistonda tarix fani.
2.
Gerodot ilmiy tarixning yaratilishi.
3.
Rim tarixchilari. Tit Liviy. Korneliy. Tatsit.
Yunonistonda tarix fani birdaniga vujudga kelgan emas. Greklarning
tasavvuricha
tarix fan emas, balki sanatdan va pand –
nasihatdan iborat, shu
sababli qadimgi greklar boshqa fanlar singari tarihning ham o’z
muzasi bor, bu
muza Kliodir Klmo boshqa muzalar bilan bir qatorda
sanatlar xudosi Apolon
ayonlari orasida bo’lgan, deb hisoblaganlar . Greklar tarixiy voqealar to’g’risida
chiroyli va pand – nasixatli hikoyani xammadan ko’proq qadirlaganlar. Ular
tarixning asosiy vazifasi pand – nasixatdan iborat deb hisoblaganlar.
Dastlabki vaqtlarda logograf deb ataluvchi kishilar (“logos” “so’z”, “grafo”-
yozaman demakdir) shaharlarning odatda o’zlari tug’ilgan
shaharlarning tarixi
to’g’risida yozganlar. Logograflar eramizdan avvalgi
VII asrda va V asrning
boshlarida yashaganlar. O’z asarlarida ular biron
shaharning tarixini yozganlar,
lekin ular bu tarixni afsona bilan aralashtirganlar.
Dostları ilə paylaş: