|
![](/i/favi32.png) Ziyonet docTarix va milliy tafakkurning shakllanishitarix falsafasi va metodologiyasi majmua Tarix va milliy tafakkurning shakllanishi.
O’rta Osiyo xalqlarining ulug’ tarixiy o’tmishiga murojat qilishi o’z
ajdodlarining olamshumil yutiqlaridan mamnunlik, shukuronalik tuyg’usini baxsh
etadi. Fuqarolik hissini shakllantirish, o’z milliy birligiga mansubligidan qonuniy
faxrlanish hissini uyg’otadi. Bizda, so’nggi 70 yil mobaynida ildiz otgan milliy
qadriyatlar, ananalar, madaniyat va turmush tarzidan xalokatli o’z ishini bartaraf
etishda buning ahamiyati beqiyos. Chunki o’z tarixiy ildizlarni o’z halqining
tarixini tashkil etuvchi o’tmish avlodlar hayoti bilan uzilmas manaviy aloqalarni
anglab etmay turib, o’z zamining chinakam fuqarosi va chinakam vatanparvari
bo’lishi mumkin emas.
Ayni vaqtda tarixni idrok etish madaniyatini, tarixiy tafakkur madaniyatini
shakllantirish zarur zero tarix nechog’li ahamiyatli bo’lmaslik, kezi kelganda xavfli
hamdir. Pol Valeri takidlaganidek, tarix orzular tug’diradi, xalqlarni sarhush qiladi,
sohta xotiralarni keltirib chiqaradi. Ularni eski yaralarini qo’zg’atadi, oromini
buzadi, o’zini ulug’lashga olib keladi. Tarix har qanday istaklarni oqlaydi. U
sirasini aytganda, hech kimga o’rgatmaydi.
Boshqacha qilib aytganda, tarixni bilish faqat tarbiyaviy ahamiyatga ega
bo’libgina qolmay, balki undan milliy biqiqlik hislarini uyg’otishda, boshqa
xalqlarga nisbatan adovatga olib kelishda tajovuzkorlik siyosati va maqsadlarini
asoslashda ham foydalanish mumkin.
Tarixiy tafakkur shunday qilib, milliy mustaqillik hissiyotini halqlarimiz
uchun fojeaviy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan milliy biqiqlikka
aylanib ketishiga yo’l qo’ymaydigan nozik qadni topishga ko’maklashmog’i kerak.
O’tgan shunday muddat ichida bizning mudroq ongimizni uyg’otib yubordi.
Tushunchalarimizda o’zgarish yasadi. Endi mamlakatning hech bir fuqarosi ertangi
kunni aniq ravshan ko’rib turibdi. O’zining ham mamlakatning ham kelajagi
buyukligicha qatiy shaklannmoqda. Shuning uchun ham aniq maqsad va qatiy
iroda bilan mustaqillik yo’lini tub islohotlar jarayonini to’la qo’llab
quvvatlamoqda.
Dostları ilə paylaş: |
|
|