Ziyonet doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/67
tarix14.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#89451
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67
tarix falsafasi va metodologiyasi majmua

Beshinchidan, 
har bir fuqaroni ma’naviy-ruhiy va axloqiy jihatdan yangilash 
orqali jamiyatni yangilash, turmush tarzini yangilash kabi g’oyatda chuqur, keng 
miqyosli islohot amalga oshiriladi. Bu bugungi islohotlar davrida qilinayotgan 
ko’p qirrali o’zgartishlarning asosiy omili sifatida qadriyatga aylanadi. 
O’zlikni anglash, eng avvalo, o’tmishni o’rganishdan, tarixni bilishga 
extiyoj sezishdan boshlanadi. Darhaqiqat, o’zini 
anglayotgan, 
o’zini 
tushunayotgan har bir odam shunday oilada dunyoga kelgani, o’z ajdodlari kimlar 
bo’lgani, ota-bobolari nimalar bilan shug’ullanishgani va qanday umr 
kechirishganini bilib olishga intiladi. Ularning fazilatlari va meroslari bilan 
faxrlanib yashaydi. 


122 
O’z naslu nasabini bilish, kelib chiqishini o’rganish kishining hayotda 
omonatligini va ayni chog’da tasodifiy emasligini tushunishga imkon beradi. Shu 
bilan birga atrof muhit, uni o’rab turgan olam xususida o’ylashga undaydi. 
Darhaqiqat, 
olamni 
tadqiq 
etish 
tafakkurimizni 
boyitishning, 
dunyoqarashimizni kengaytirishning muhim yo’llaridan biridir. Olamni anglash 
hissi insonning o’zligini anglashga, o’zligini tushunishga, olam va odam haqida 
o’ylashga doimiy tarzda da’vat etib turadi. U jami insonlarga xos bo’lgan idrok 
va irodani uyg’otadigan mo’’jizaviy kuch hamdir. Biz olamni qanchalik keng va 
chuqur anglasak, inson va insoniyat olamini shunchalik ko’proq tushunishga, 
mohiyatini anglashga, inson va hayot, insoniyat va mavjudot o’rtasidagi 
munosabatlarni o’rganishga, xullaski, insoniyat tarixi bilan qiziqishga harakat 
qilamiz. 
Aslini olganda tarix faqat o’tmish haqidagi ma’lumotlar yoki tushunchalarni 
ifodalash bilan cheklanmaydi. Uning buyuk qudrati, tarbiyaviy kuchi, 
murabbiylik moxiyati o’tmishni o’rganish, tadqiq etish orqali bugunni baholash
bugunni anglash, bugungi odamlarni tushunish va ularni yo’naltirish borasidagi 
fikrlarni, g’oyalarni o’zida mujassam etganida namoyon bo’ladi. Prezident Islom 
Karimov tarixga ana shu nuqtai nazardan qaraydi va uning barcha imkoniyatlarini 
inson ma’naviyatiga to’la safarbar etish zarurligini asoslab beradi. Yuqoridagi 
xulosalar va mushohadalarni hisobga olib, tarixshunoslikni Yurtboshimiz tom 
ma’nodagi insonshunoslik sifatida talqin etib, uni komil inson shaxsini tarkib 
toptirish ishiga yo’naltiradi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə