Zooinjeneriya


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 43,38 Kb.
səhifə2/8
tarix29.11.2023
ölçüsü43,38 Kb.
#142999
1   2   3   4   5   6   7   8
“ZOOINJENERIYA” FAKULTETI

Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH
60310100 – Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishi talabalarining “Ishlab chiqarish-texnologik” amaliyoti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yilda 7-iyuldagi “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-216-son Qarorining 8-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 4-mart kuni o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishining 19-sonli bayoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Oliy ta'lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini o‘tash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2022-yil 13-iyundagi 202-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan namunaviy nizom, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tizimidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarinig malaka amaliyotini o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda Toshkent davlat agrar universiteti rektorining 2022-yil 20-iyundagi 1-9-6/179-son buyrug‘i dan kelib chiqqan holda, universit Ilmiy Kengash tomonidan tasdiqlangan o‘quv va ishchi o‘quv rejasi asosida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish-texnologik amaliyotining maqsadi vazirlik va idoralarda, agrar soha va iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarining faoliyatida talabalarni mustaqil ish yuritish, kreativ fikrlash, tezkor qaror qabul qilish bo‘yicha ko‘nikmalarni hosil qilish hisoblanadi.
Ishlab chiqarish-texnologik amaliyoti dasturida talabalar tomonidan o‘quv amaliyoti dasturini muvaffaqiyatli ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan asosiy ma’lumotlar, uning maqsadi, vazifalari va buxgalteriya hisobi va hisobot hujjatlarini yuritish talablari keltirilgan.
O‘quv dastur 300 000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot bilim sohasining ta’lim yo‘nalishlari talabalari va amaliyot rahbarlari uchun mo‘ljallangan.

Men Muxtorov Sardor Toshkent Davlat Agrar Universiteti Agrologistika va biznes Fakulteti Iqtisodiyot yo’nalishida 3- kursda tahsil olaman. Kurs amaliyotimni Jizzax Viloyati Paxtakor tumani Mingchinor QFY Amur Temur qo’rg’onida joylashgan “MINGCHINOR FAXRI” fermer xo’jaligida o’tashga qaror qildim. “MINGCHINOR FAXRI” fermer xo’jaligi o’z direktori, ishchilari, ombor mudiri va o’z buxgalterlariga ega. Men “MINGCHINOR FAXRI” fermer xo’jaligida 11.09.2023 yildan 07.10.2022 yilgacha amaliyot o’tadim. Markazning yuridik nomi “MINGCHINOR FAXRI” fermer xo’jaligi.


Yuridik manzili: Jizzax Viloyati Paxtakor tumani Mingchinor QFY Amur Temur qo’rg’oni.
. “MINGCHINOR FAXRI” fermer xo’jaligi rahbari:  BARLIBOYEV JAHONGIR DILMUROD O‘G‘LI,
"MINGCHINOR FAXRI" fermer xo‘jaligi

Ro'yxatdan o'tgan sana 10.06.2015
Ro'yxatdan o'tkazuvchi organ Tumаn (shаhаr) hokimiyati
STIR 303362118 
THSHT 130 - Fermer xo‘jaligi
DBIBT 79994 - Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiga kirmagan tadbirkorlik sub‘yektlari
IFUT 01161 - Pаxtа yetishtirish
Ustav fondi: 3 400 000,00 UZS
Kontakt ma'lumotlar

Elektron pochta -
Telefon raqami 943445

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3574-son “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-fevraldagi qaroridan kelib chiqib va fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash, ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilar ustuvor vazifa etib belgilab olindi:


1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzurida Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarining namunaviy tuzilmasi nizomga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki: markazlar yuridik shaxs sifatida tashkil etiladi, bankda hisob raqamlariga, shaxsiy g‘azna hisob raqamlariga, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi;
Markaz direktori egallab turgan lavozimiga ko‘ra tuman kengashi raisi o‘rinbosari hisoblanadi, lavozimga hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
Markazlar tomonidan fermer xo‘jaliklariga quyidagi asosiy xizmatlar ko‘rsatilishi ma’qullansin:
-fermer xo‘jaliklari bo‘yicha buxgalteriya hisobi yuritilishini ta’minlash;
-fermer xo‘jaliklari ishchilariga ish haqi va undan majburiy ajratmalar hisoblanishini ta’minlash;
-mavsum yakuni bo‘yicha fermer xo‘jaliklarining asosiy vositalari, tovar-moddiy zaxiralari, pul mablag‘lari, debitorlik va kreditorlik qarzlarini inventarizatsiyadan o‘tkazishni ta’minlash;
-soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblar, soliq organlari bilan qarzdorlik bo‘yicha solishtirma dalolatnomalarini tuzish hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishini tashkil etish;
-fermer xo‘jaligining yil yakuniga ko‘ra daromadlari va xarajatlarini tahlil qilish, tijorat banklaridan kredit olishi uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va keyingi yil uchun biznes reja tuzish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
-Kengashga a’zolik badallari hisoblanishi va to‘lanishini tashkillashtirish;
-agronomlar tomonidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha maslahatlar berish, sifatli urug‘ va ko‘chatlar bilan ta’minlash, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishida amaliy yordam berish.
-Markazlarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan a’zolik badallari va pullik xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar hisobiga moliyalashtirilishi belgilab qo‘yilsin.
Bunda, ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Har oy yakuni bo‘yicha xodimlarga, ish ko‘rsatkichlari bajarilishiga qarab, oylik ish haqining ikki baravarigacha miqdordagi mukofotlar va boshqa xarajatlar fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan a’zolik badallari va boshqa daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi. Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari xodimlarining oylik maoshlari miqdorlari nizomga muvofiq tasdiqlansin.
Kengashga tushadigan badallar tushumi va xarajatlar miqdoridan kelib chiqib, Moliya vazirligiga moliyalashtirish manbalariga o‘zgartirish kiritish vakolati berilsin.
5. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab Markazlar faoliyatini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida mablag‘ ajratilishini nazarda tutadi, 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadlarining belgilangan prognozlari oshirib bajarilishi hisobiga moliyalashtirilishini ta’minlaydi; Markazlarni moddiy — texnik ta’minlash teng ulushlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining zaxira jamg‘armalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining belgilangan prognozlarni oshirib bajarilishi hisobidan moliyalashtiriladi.
Bunda, markazlarning moddiy-texnika bazasi to‘laqonli tashkil etilishi uchun tuman hokimlari shaxsan mas’ul ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin.
6. Kengash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
Markazlar tomonidan, Kengashga a’zo bo‘lgan va o‘rnatilgan tartibda a’zolik badallarini to‘lagan, davlat xaridlari uchun paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga bepul, boshqa qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga pullik asosda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishi;
Kengashga, paxta xomashyosi va boshoqli dondan boshqa mahsulot yetishtiruvchi xamda a’zolik badalini o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan, yer, suv va boshqa resurslardan unumli foydalanayotgan hamda moliyaviy imkoniyati cheklangan fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish izdan chiqqan ayrim xo‘jaliklarda hisobotni tiklash maqsadida, Markazlar tomonidan buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishni ma’lum muddatga bepul amalga oshirish to‘g‘risida tavsiya kiritish vakolatini berish haqidagi takliflari ma’qullansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududiy moliya organlari tomonidan Markazlarga buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalari yuzasidan doimiy ravishda uslubiy ko‘mak berib borilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman Bandlikka ko‘maklashish markazlari har bir tumandagi Markazlarga xodimlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha bittadan mutaxassis biriktirilishi va fermer xo‘jaliklariga tegishli amaliy ko‘mak berib borilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Kengash bilan birgalikda fermer xo‘jaliklariga biriktirilgan yer maydonlarini xo‘jaliklarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ekin turlari va konturlari kesimida ikki oy muddatda xatlovdan o‘tkazsin va fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirsin.
10. “Agrobank” ATBning O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Kengash bilan birgalikda:
bir oy muddatda fermer xo‘jaliklarida soddalashtirilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot ishlab chiqish, uni Markazlarda qo‘llash, kelgusida takomillashtirib borish, Markazlarga va Kengashga a’zo bo‘lgan fermer xo‘jaliklariga bepul tarqatish;
davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining agrotexkartalari asosida ajratilgan kredit resurslarini onlayn tarzda boshqarish, to‘lovlarni amalga oshirish va qoldiqlarni nazorat qilib borish imkoniyatini beruvchi maxsus mobil banking dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va unga oid yangiliklarni doimiy ravishda Kengashning hamda “Agrobank” ATBning veb-saytida e’lon qilib borish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
11. Kengash O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Markazlarni yuqori malakali buxgalter va soliq maslahatchilari bilan ta’minlash, ularning malakasini doimiy ravishda oshirib borish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
Buxgalterlar jamoat birlashmalari hamda soliq maslahatchilari birlashmalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida filiallarini ochish, Markazlarda faoliyat yuritayotgan buxgalter va soliq maslahatchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish tavsiya etilsin.
12. Kengash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan xolda ikki oy muddatda:
tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari to‘g‘risidagi nizomni;
tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatish tartibini ishlab chiqib belgilangan tartibda tasdiqlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Moliya vazirligi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2008-yil 21-yanvardagi 1,1/2-son qarori bilan tasdiqlangan “Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish” to‘g‘risida nizom:
Ushbu Nizom “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi va “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish va ular tomonidan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi.


Yüklə 43,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə