0 ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident ta’Iim
muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar
tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi haqida
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident ta’Iim
muassasalari
agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”
2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmonida belgilangan topshiriqlami o‘z muddatida
ijrosini ta’minlash maqsadida
buyuraman:
1. 0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2022-yil
14-apreldagi
PF-106-son Farmoni (keyingi o ‘rinlarda - Farmon) vazir o‘rinbosarlari, departament,
boshqarma va bo‘limlar, hududiy xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari, vazirlik
tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar direktorlari tomonidan rahbarlik va ijro uchun
qabul qilinsin.
2. Farmonga ko‘ra:
a) Prezident ta ’Iim muassasalari agentligi (keyingi o ‘rinlarda - Agentlik)
tizimida:
2022-
yil 1-sentabrga qadar tashkil etiladigan
ixtisoslashtirilgan maktab-
internatlar hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning manzilli ro‘yxati;
2023-
yil 1-iyunga qadar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida bo‘lgan va faoliyati
tugatilgan Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari negizida tashkil etiladigan
5 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar hamda 3 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning
manzilli ro‘yxati tasdiqlanganligi;
b) kelgusida yangi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan
maktablarni faqat Agentlik tizimida tashkil etilishi;
d) 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab Xalq ta’limi
vazirligi tizimidagi ayrim
fanlami chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar negizida
ayrim fanlar chuqur o ‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’Iim maktablari
tashkil etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Bunda:
fanlar chuqur o‘qitiladigan maktablar hamda maktab-internatlar faoliyati ushbu
maktablarda ixtisoslashtirilgan dasturlar asosida ta’Iim olayotgan o ‘quvchilar o ‘qishini
bitirguniga qadar davom ettirilishi;
fanlar chuqur o‘qitiladigan maktablar hamda maktab-intematlarda laboratoriya
va amaliy mashg‘ulotlami o ‘tkazish,
shuningdek, ayrim fanlami chuqurlashtirilgan
holda o‘qitish uchun ixtisoslashtirilgan fanlar ikki guruhga bo‘lib o‘qitilishi;
fanlar chuqur o‘qitiladigan maktablar hamda maktab-internatlaming rahbarlariga
hamda ixtisoslashtirilgan fanlardan dars o ‘tganligi uchun pedagog kadrlariga amalda
belgilangan qo‘shimcha ustama haqlar ushbu maktablardagi ixtisoslashtirilgan sinflar
faoliyati tugatilguniga qadar saqlab qolinishi;
maktab-intematlarda
o ‘quvchilar
belgilangan
tartibda
yotoqxona
va oziq-ovqat bilan ta’minlanishi;
keyingi o‘quv yillarida fanlar chuqur o‘qitiladigan
maktablar hamda maktab-
intematlarning ixtisoslashtirilgan dasturlar asosida ta’lim beriladigan sinflariga qabul
amalga oshirilmasligi;
fanlar chuqur o ‘qitiladigan maktablar hamda maktab-internatlar bosqichma-
bosqich umumiy o‘rta ta ’lim maktablari sifatida qayta tashkil etilishi inobatga olinsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi,
Toshkent shahar xalq
ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari bir oy muddatda
ishchi guruh tuzgan holda:
xalq ta’limi tizimidan Agentlik tizimiga o‘tkazilayotgan ta ’lim tashkilotlaming
mol-mulki, bino va inshootlarini operativ boshqaruv huquqi asosida topshirish;
joriy yilning sentabr oyi yakuniga qadar Agentlik tizimiga o ‘tkazilayotgan ta ’lim
muassasalarini
(faoliyati yakunlanadigan)
belgilangan tartibda tugatish choralarini
ko‘rsin.
4. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi
(E.Murodov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar
xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari bilan birgalikda
2022-yil 1-sentabrga qadar Agentlik tizimiga o ‘tkazilgan umumiy o‘rta ta ’lim
muassasalarining saralash imtihonlaridan o ‘ta olmagan o ‘quvchilarini xalq ta ’limi
tizimidagi boshqa umumiy o‘rta ta’lim maktablariga joylashtirish choralarini ko‘rsin.
5. Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi (L.Magay) Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi
va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari bilan birgalikda Agentlik tizimiga o‘tkazilgan
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining saralash imtihonlaridan o‘ta
olmagan rahbar
va pedagog kadrlami ish bilan ta ’minlash choralarini ko‘rsin.
6. Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi (L.Magay), Moliya departamenti
(I.Siradjev) tizimdagi tashkilotlardan 50 ta shtat birliklarini maqbullashtirish bo‘yicha
taklif kiritsin.
7. Devonxona (D.Isxakova) ushbu buyruqni bir kunlik muddatda departament,
boshqarma va boTimlar, hududiy xalq ta’limi boshqarmalari hamda vazirlik
tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalarga yetkazilishini ta’minlasin.
8. Ijro intizomi boshqarmasi (J.Mominkulov)
mazkur buyruqda belgilangan
topshiriqlami o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi ustidan nazorat o‘matsin.
9. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish vaziming birinchi o‘rinbosari
U.Sharifxodjayev zi
Vazir
Toshkent sh.,
2022-yil “
A O '
aprel,
l A i
2 — son