1– Amaliy mashg’ulot Dаvriy ish rejimidа ishlаydigаn elektr texnologik qurilmаlаrning quvvаtini hisoblаsh. Nazariy malumotlar



Yüklə 33,36 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü33,36 Kb.
#115065



1– Amaliy mashg’ulot
Dаvriy ish rejimidа ishlаydigаn elektr texnologik qurilmаlаrning quvvаtini hisoblаsh.
Nazariy malumotlar:EQP lar mashinasozlik, metalurgiya, yengil va kimyo sanoati, qurilish va kommunal xujalikda keng qo’llanilishi munosabati bilan ular turli xil konstruktsiyaga ega. Ular turli qo’rsatgichlariga ko’ra turlarga bo’linadi. Elektr energiyasini issiklik energiyasiga aylantirilishi usuliga kura EKP lar ikki toifaga bo’linadi, ya’ni bilvosita ishlovchi EKP lar va bevosita ishlovchi EKP lar.
Bilvosita issiklik ishlovi beruvchi EKP lar.
1.Davriy rejimda ishlovchi elektr qarshilik pechlari.
quyida 1.1 - rasmda davriy rejim EKP larning tuzilishi keltirilgan. Bunda a- kalpok tipidagi; b - elevator tipidagi ; v - kamerali; g - shaxta tipidagi.
1.1-rasmda quyidagi belgilanishlar qo’llanilgan: 1 - maxsulot o’rnatiladigan stend; 2 -pech kamerasi ; 3 - yuqori xaroratga chidamli mufel ; 4 - qizdiruvchi elementlar; 5 - qizdirilayotgan maxsulot; 6 - pechning pastga tushiriladigan tubi; 7 – ko’taruvchi qurilma; 8 - pech qopkogi.

1.1 –rasm Elektr qarshilik pechlari tuzilishi
Shaxta tipidagi pech - quvvati 300 - 400 kVt, ishchi xarorati 1500oS ga teng bo’lgan yuqori qismida maxsus mexanizm yoki ko’tarish krani yordamida ochiladigan qopqoqga ega bo’lgan va ishchi kamerasi yer tubiga joylashtiril-gan pechni ifodalaydi.
Shaxta tipidagi EQP larni ko’pchiligini kamerasi tsilindrik ko’rinishida bo’ladi.
F- tsilindrik devorning kesim yuzasi orqali issiqlik oqimi o’tadi. Lekin doim bir xilda emas, agar radius kengaysa, issiqlik oqimi xam kengayadi.
Bir qatlamli tsilindrik devorning issiqlik oqimini quyidagi formula orqali aniqlanadi: (1.1)
bu yerda, δ- devorning qalinligi, u quyidagicha aniqlanadi:
δ= (d2- d1) / 2 (m) (1.2)
F-devorning o’rtacha diametri bo’yicha tsilindrik yuza
F= π (d1+ d2)L/ 2 (m2) (1.3)
φ- korrektsiya koeffitsiyenti, diametrlarning bog’lanishidan kelib chiqqan.
Ko’p qatlamli silindrik devorning issiqlik oqimini quyidagi formuladan aniqlaymiz:
(1.4)
bu yerda,
F1= πL (d1+ d2)/ 2 (m2);
F2= πL (d1+ d3)/ 2 (m2);
Fn= πL (dn+ dn+1)/ 2 (m2)
δ1, δ2, δn- devor qatlamlari qalinligi;
λ1, λ2, λn- issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti;
φ12, φn- korrektsiya koeffitsiyenti.
Ko’pincha tajriba mashg’ulotlarda, elektr pechlarining issiqlik xisoblarida tsilindrik devor qatlamlarini diametrlari nisbati 2 dan oshmaydi. Korrektsiya koeffitsiyenti esa issiqlik isroflarini natijasini oshirib beradi. SHuning uchun elektr qarshilik pechlarini tsilindrik devorlarini issiqlik isrofi quyidagi formuladan aniqlash maqsadga muvofiqdir.
(1.5)
Na’munaviy masala yechish
Quyidagi berilganlarga asoslangan xolda uch qatlamli silindrik devorli shaxta tipidagi EQP ning issiqlik o’tkazuvchanlik orqali issiqlik oqimini aniqlang.
L= 2000 mm, d1= 600 mm, d2= 800 mm, d3= 1050 mm, d4= 1750 mm, λ1= 1,35 Vt/(m 0S), λ2= 0,55 Vt/(m 0S), λ3= 0,35 Vt/(m 0S). Ichki yuza xarorati t1=10500S, tashqi yuza xarorati t4= 700S.
yechish:
1) Devorning qatlam qalinliklari va yuzalarini aniqlaymiz.
F1= πL (d1+ d2)/ 2= 3,14•2(0,6+0,8)/ 2= 4,4 (m2);
F2= πL (d2+ d3)/ 2= 3,14•2(0,8+1,05)/ 2= 5,8 (m2);
F3= πL (d3+ d4)/ 2= 3,14•2(1,05+1,75)/ 2= 8,8 (m2);
δ1= (d2- d1) / 2= (0,8- 0,6) / 2= 0,1 (m);
δ2= (d3- d2) / 2= (1,05- 0,8) / 2= 0,125 (m);
δ3= (d4- d3) / 2= (1,75- 1,05) / 2= 0,35 (m).
2) Issiqlik oqimi

Mustaqil yechish uchun masala
Quyidagi berilganlarga asoslangan xolda uch qatlamli silindrik devorli shaxta tipidagi EQP ning issiqlik o’tkazuvchanlik orqali issiqlik oqimini aniqlang.
L= 2500 mm, d1= 700 mm, d2= 900 mm, d3= 1150 mm, d4= 1850 mm. Ichki yuza xarorati t1=11500S, tashqi yuza xarorati t4= 900S, qatlamlarning issiqliq o’tkazuvchanlik koeffitsiyentlari: λ1 = 0,755+0,00058t12, λ2 = 0,5+0,00016t23, λ3 = 0,314+0,00035t34.
Yüklə 33,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə