1 amaliy mashg’ulot matlab-communicationsda aloqa kanalini raqamli modulyatsiya asosida modellashtirishni o‘rganish



Yüklə 264,29 Kb.
tarix07.04.2023
ölçüsü264,29 Kb.
#104580
1 amaliy ish


931-19 guruh talabasi
Yusubov Mahmud
1 amaliy mashg’ulot
MATLAB-Communicationsda aloqa kanalini raqamli modulyatsiya asosida modellashtirishni o‘rganish

  1. Ishdan maqsad

Ushbu amaliy mashg’ulot ishi quyidagilarni o’rganishga mo’ljallangan:



  • Ma’lumot uzatish tizim va tarmoqlarida mavjud modulyatsiya va manipulyatsiya usullari bilan tanishish;

  • Mavjud modulyatsiya usullarini shovqinbardoshliligini taqqoslash va tahlil qilish.




  1. Qisqacha nazariy ma’lumot

Axborot – bu jarayon, hodisa, belgilar va holatlarni ifodalovchi kattalikdir. Umuman olganda axborot juda keng tushuncha bo‘lib u tabiatdagi har qanday jarayon va hodisalarni misol qilib keltirish mumkin. Axborot-bu uzatish, taqsimlash, hosil qilish, saqlash va foydalanish ob’yekti hisoblanuvchi ma’lumotlardir.


Ma’lumot - bu uzatish va qabul qilib olish uchun muljallangan axborotning bir ko’rinishidir. Xabar tushunchasida uzatilishi kerak bo‘lgan biron bir voqea yoki hodisa haqida axborot (ma’lumot) ni tushunishimiz lozim. Xabar-axborot taqdim qilish shakli hisoblanadi. Xabarlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun ularni yuqori chastotali tebranishlarga aylantirish kerak va ularni signallar deb aytish mumkin. Demak signal – bu xabarni tashuvchi yuqori chastotali tebranishdir.
Modulyatsiya deb yuqori chastotali garmonik tashuvchi tebranishning biror bir parametrini (amplitudasini, chastotasini, yoki fazasini) past chastotali birlamchi signalning o‘zgartirish qonuniga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi.
Agarda birlamchi past chastotali signal va garmonik tashuvchi tebranish uzliksiz signallar bo‘lsa, u holda modulyatsiya uzliksiz modulyatsiya deyiladi. uzliksiz modulyatsiyaning quyidagi turlari mavjud:

  • Amplituda modulyatsiyasi (AM);

  • Chastota modulyatsiyasi (ChM);

  • Faza modulyatsiyasi (FM).

Amplituda modulyatsiyasi deb, yuqori chastotali garmonik tashuvchi tebranishning amplitudasining o‘zgarish qonuniga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi. Yuqori keltirilgan ta’rifga asoslanib AM signalning amplitudasini quyidagi ifoda ko‘rinishda berish mumkin:

  • axborot signal: i(t)

  • tashuvchi tebranish: c(t) = C0∙sin(Ω0t)

  • АМ-signal: a(t) = [C0 + ΔCi(t)]∙sin(Ω0t)

Chastota modulyatsiyasi deb, yuqori chastotali garmonik tashuvchi tebranishning chastotasining o‘zgarish qonuniga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi. Yuqori keltirilgan ta’rifga asoslanib ChM signalning amplitudasini quyidagi ifoda ko‘rinishda berish mumkin:

  • axborot signal: i(t)

  • tashuvchi tebranish: c(t) = C0∙sin(Ω0t)

  • ChМ-signal: f(t) = C0∙sin([Ω0 + ΔΩi(t)]∙t)

Faza modulyatsiyasi deb, yuqori chastotali garmonik tashuvchi tebranishning fazasining o‘zgarish qonuniga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi. Yuqori keltirilgan ta’rifga asoslanib FM signalning amplitudasini quyidagi ifoda ko‘rinishda berish mumkin:



  • axborot signal: i(t)

  • tashuvchi tebranish: c(t) = C0∙sin(Ω0t + φ0)

  • FМ-сигнал: p(t) = C0∙sin(Ω0t + [φ0 + Δφi(t)])






  1. NAZORAT SAVOLLARI




  1. Axborot nima va uning turlari?

  2. Xabar nima va uning xususiyatlari?

  3. Ma’lumot nima?

  4. Signal va uning turlari?

  5. Shovqin va uni kelib chiqish sabablari?

  6. Modulyatsiya va monipulyatsiya nima?

  7. Modulyatsiya va monipulyatsiya turlari?

  8. Modulyatsiya va monipulyatsiyalarni asosiy ko’rsatkichlari?

Yüklə 264,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə