1. bob kirish: geografik o’rni va tabiiy sharoiti



Yüklə 268,28 Kb.
səhifə1/10
tarix26.05.2023
ölçüsü268,28 Kb.
#113009
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Fazilat kurs ishi tinch okeani 2002.docx.......11


MAVZU:TINCH OKEANIGA UMUMIY GEOGRAFIK TAVSIF.


REJA……………………………………
1.BOB
KIRISH:

    1. GEOGRAFIK O’RNI VA TABIIY SHAROITI

    2. O’RGANILISH TARIXI

    3. DENGIZLARI VA OKEAN QISMLARI

2.BOB
2.1. OKEAN TAGI RELYEFI VA GEOLOGIK TUZILISHI


2.2. IQLIM MINTAQALARI VA TABIAT ZONALARI
2.3. O’SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI
XULOSA……………………………….


Kirish

Tinch okeani tabiatning kattaligi va xususiyatlari bo'yicha sayyoramizning noyob tabiiy ob'ektidir. Okean Yerning barcha yarim sharlarida, gʻarbda Yevrosiyo va Avstraliya qitʼalari, sharqda Shimoliy va Janubiy Amerika, janubda Antarktida oʻrtasida joylashgan.


Tinch okeani sayyora yuzasining 1/3 qismidan ko'prog'ini va Jahon okeanining deyarli yarmini egallaydi. U oval konturga ega, shimoli-g'arbdan janubi-sharqqa bir oz cho'zilgan va tropiklar orasida eng kengdir.
Sohil chizig'i Shimoliy va Janubiy Amerika qirg'oqlaridan nisbatan to'g'ridan-to'g'ri va Evroosiyo qirg'oqlaridan juda chuqurlashgan. Tinch okeani Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning bir qator chekka dengizlarini o'z ichiga oladi. Okeaniyada Okeaniyaning bir qismi sifatida oʻrganiladigan koʻp sonli arxipelaglar va alohida orollar mavjud.


1.1. GEOGRAFIK O’RNI VA TABIIY SHAROITI
Dunyo okeanini regaonal differensiatsiyalanishida Tinch okeani aloxida o‘rin tutadi. U maydoni va vujudga kelishi jihatdan okeanlar; o‘rtasida eng kattasi va eng kadimiysi hisoblanadi. Tinch okeani maydoni 178,7 mln km2 bo‘lib, Dunyo okeanining 50% va Yer yuzining 29% maydonini egallab olgan. Umumiy suv hajmi 710 mln km3 ga teng.
Bu okean kattaligi nuqtay nazardan Buyuk yoki Ulug‘ okean deb ataladi. Buyuk okean degan nomni 1752 yilda fransuz geografi J.N.Byuash bergan. Tinch okean g‘arbdan Yevrosiyo va Avstarliya materiklari bilan, sharqdan Shimoliy va Janubiy Amerika materiklari bilan o‘ralgan. Janubda Antarktida bilan chegaralangan. Shimolda Chukotka va Alyaska yarim orollarini bir-biridan ajratib turgan Bering bo‘g‘ozi orqali Shimoliy Muz okean bilan tutashib turadi. Okean shimoldan janubga qarab qariyb 16 ming km va g‘arbdan sharqka karab 20 ming km masofaga cho‘zilgan. Eng keng joyi ekvator kengligiga to‘g‘ri kelad shu sababli u eng issik okean ham hisoblanadi.
Okeanning qirg‘oq chiziklarini tuzilishi hamma tomonida bir xil emas. Ular o‘zining tuzilishiga kura asimmetrik harakterga ega. Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarining g‘arbiy sohillari ko‘p parchalanmaganligi tufayli okeanning sharqiy qirg‘ok chiziqlari ancha tekis. Faqatgina Alyaska va Kaliforniya yarim orollari atrofida hamda Janubiy Amerikaning eng janubiy sohillarida qirg‘oq chiziqlari birmuncha murakkablashgan. G‘arbiy qirg‘oq chiziklari aksincha juda murakkab tuzilgan.
Chunki Yevrosiyo materigining sharqiy sohillari kuchli parchalanib ketgan. Aksariyat hollarda f’ordli va abrazion, qisman-akkumulyativ qirg‘oqlar uchraydi, tropik mintaqada esa marjonli qirg‘oqlar ham bor. Okeanning janubiy qirg‘oq chiziqlari shelf muzliklari bilan qoplangan.

Yüklə 268,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə