1. Boshqaruv mehnati: ta'riflari, xususiyat1ari, tur1ari



Yüklə 156,5 Kb.
səhifə1/5
tarix02.05.2023
ölçüsü156,5 Kb.
#107926
  1   2   3   4   5
Boshqaruv mehnatini tashkil qilish


Boshqaruv mehnatini tashkil qilish

Reja:



1.Boshqaruv mehnati: ta'riflari, xususiyat1ari, tur1ari
2. Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish.
3. Rahbarni o'zini o'zi boshqarishi
1.Boshqaruv mehnati: ta'riflari, xususiyat1ari, tur1ari


Boshqaruv mehnati- bu ma'muriy boshqaruv xodimlari tomoni-dan bajariladigan operatsiyalar va ishlardir.
Boshqaruv mehnati mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash davrida ajratiladi.
Ma'muriy boshqaruv xodimlarining mehnati yig'ma ijtimoiy mehnatning ajralmas qismi bo'ladi. Demak, boshqaruv tizimidagi mehnat qanchalik samarali bo'lsa, yig'ma mehnatning natijalari ham shunchalik yuqoridir.
Ammo ma'muriy boshqaruv xo dimlari, ishchilardan farqli ravishda, o'zlari bevosita mehnat predmetiga ta'sir ko'rsatmaydilar, ya'ni o'zlarining qo'llari bilan (mehnat vositalaridan foydalanish bilan) moddiy boyliklarni ishlab chiqarmaydilar. Ular bevosita ishlab chiqarish (tijorat) operatsiyalarini bajarish bilan band bo'lgan odamlarning samarali mehnatlari uchun kerakli tashkiliy-texnik va ijtimoiy- iqtisodiy shart-sharoitlar yaratadilar. Demak, boshqaruv vazifalarini bajarilishi-ning sifati qanchalik yuqori bo'lsa, ishlab chiqarish ob'yekti shunchalik ishonchli va samarali faoliyat yuritadi. Boshqaruv mehnati jarayonida belgilangan resurslar moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari - binolar, inshoatlar, boshqaruv apparati xodimlari mehnatning vositalari va predmeti, boshqaruv tizimini faoliyati yuritish uchun xarajatlar, malakali mutaxasislar va h.k. dan foydalaniladi. Ulardan foydalanishning samaradorligi ham ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijalari ga ta' sir ko'rsatadi. Shunday qilib, boshqaruv mehnati - bu ijtimoiy ishlab chiqarish mehnatining turli tumanligidir, chunki u yig'ma mahsulot ishlab chiqaruvchi va boshqaruv xodimlari faoliyatining natijasidir. U ishchilar mehnati kabi darajada zarurdir.
Boshqaruv mehnati g'oyatda turli tumandir, shu sababli ushbu mehnatning mazmunini ta' riflovchi operatsiyalar va tadbirlarni aniq tasniflash, turlarga ajratish qiyindir. Buning ustiga boshqaruv operatsiyalarning doirasi muqarrar ravishda kengaymoqdalar, operatsiyalarning o'zlari esa bir tomondan boshqaruv usullarini ularni ko'llash sohalaridagi o'zgarishlar oqibatida, boshqa tomondan axborotlarni saqlash, uzatish, jamlab, ishlab chiqishning yangi texnik vositalaridan foydalanishni o'sishi munosabati bilan turlarini o'zgartirmoqdalar. Boshqaruv mehnati operatsiya lari, tadbirlari mazmuniga kompyuter texnikasi inqilobiy o'zgarishlar kiritmoqda, u tubdan yangi axborot texnologiyalarini tadbiq etish imkoniyatini bermoqda. Shunga qaramasdan boshqaruv mehnatning, hammadan avval, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida eng xarakterli operatsiyalarini ajratish mumkin. Ular quydagilardan iboratdir:

  • vazifani qo'yish;

  • qo'lda va kompyuterdan foydalanish bilan axborotlarni qidirish;

  • axborotlarni tahlil qilish;

-axborotlarni guruhlarga ajratish (qo'lda yoki kompyuterdan foydalanish bilan);

  • kompyutersiz eng oddiy hisoblashlar;

  • kompyuterni qo'llash bilan hisob-kitoblar;

  • qarorlarni tayyorlash;

  • qarorlarni yakka holda qabul qilish;

  • qarorlarni jamoaviy qabul qilish;

  • hujjatlarni rasmiylashtirish, xatlarni tuzish va h.k.

Ma'muriy - boshqaruv xodimlarining yig'ma mahsulot predmetiga ta'sir ko'rsa tishi axborotlaridan foydalanish va uni ushbu ob'yekt holatini qo'yilgan maqsadlarga erishish yo'nalishiga o'zgartirish uchun tegishli qarorlarni o'zgartirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ma' muriy-boshqaruv xodimlari mehnatining asosiy xususiyati predmetning axborotli xarakteri va ularning mehnati jarayoni (o'zining mazmuni va natijalari bo'yicha)ni mehnatning boshqa turlaridan tubdan farqlanishi bilan asoslangan mehnat mahsulotidan iborat bo'ladi.
Boshqaruv mehnatning yakuniy mahsuloti - ob'yektga boshqaruv ta'sirlarining o'lchamlarini belgilab beruvchi qarorlardir. Umuman xizmatchilar mehnatlarining natijalari ular tomonidan chiqarilgan farmoyishlar va hujjatlarning soni bo'yicha emas, balki ularning tashkilot yoki uning bo'linmasining butun jamoasi faoliyatigi ta'siri bo'yicha baholanadi. Bundan xizmatchilar mehnatini tashkil qilish masala larini hal qilishga g'oyatda muhim o'ziga xos talab kelib chiqadi- tarkibiy va hujjatiy ortiqchaliklarni aniqlash va bartaraf qilish, boshqaruvning tashkiliy shakllarini ehtimol bo'lgan avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish bilan takomillashtirish maqsadida har xil mehnat vazifalarini bajarish usullari va vositalarini oldindan tahlil qilish.

Yüklə 156,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə