1. Rahbarlik sifatlari,boshqaruv qonuniyatlari. Boshqaruv tamoyillari,boshqaruv funktsiyalari



Yüklə 91 Kb.
səhifə1/10
tarix22.09.2023
ölçüsü91 Kb.
#122833
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

2-Ma’ruza: Rahbarlik psixologiyasi. Boshqaruvda liderlik tushunchasi


Reja:


1. Rahbarlik sifatlari,boshqaruv qonuniyatlari.
2.Boshqaruv tamoyillari,boshqaruv funktsiyalari.
3. Boshqaruvda liderlik tushunchasi. Boshqaruvda rejalashtiri.
4. Liderlik va superliderlik.
Tayanch tushunchalar: boshqaruv qonuniyatlari, boshqarish mahorati, boshqaruv prinsiplari, boshqaruv qobiliyati, rahbarlik faoliyati, mas'uliyat, rahbar strategiyasi, taktika.

1. Rahbarlik sifatlari.. Rahbarda mustaqillik bo’lsa, unda o’ziga ishonch ham bo’ladi, bu esa o’z navbatida rahbardagi sub’ektiv talablar darajasining yuqori bo’lishiga olib keladi. Ko’pincha, rahbarning boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi, lekin yaxshi rahbar avvalo o’z-o’ziga nisbatan talabchan bo’lishi kerak. O’z-o’zini baholash va shu asosda boshqalarga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab chiqishi muhim bir omildir. Har qanday rahbar uchun universal, kerak bo’lgan hislatlardan yana biri tom ma’noda ‘‘ziyoli" bo’lish yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo’lishdir. Boshliq o’zidagi madaniyatni avvalo muomalada, odamlar bilan bo’ladigan kundalik muloqotlarda namoyon etmog’i lozim. Muomala madaniyati — bu o’rinli, aniq, qiska, samimiy gapirish san’ati va ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki, boshliq bilan xodimlar o’rtasida kelib chiqadigan shaxsiy ziddiyatlarning asosida yo tinglay olmaslik yoki gapni to’g’ri yo’sinda gapira olmaslik yotadi. O’zganing o’rniga tura olish, uning his-kechinmalariga sherik bo’lish, empatiya hissining borligi, dialoglarda sabr-toqatlilik va boshqalar muloqot
madaniyatining muhim tomonlaridir. Jamoa faoliyatini va o’z faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun muhim bo’lgan talablardan biridir. Chunki rejalashtirish asosida o’z-o’zini boshqara olish va boshqalarni tashqi faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda boshqara olishni ta’minlovchi muhim psixologik xususiyat yotadi. Rejalashtirish — bu o’ziga xos kelajakni ko’ra olish kobiliyati, kelajak obrazi bo’lib, bu narsa shaxsning qanchalik kamol topganligi va maqsadga intiluvchanligining muhim belgisidir. Bu juda murakkab psixologik jarayon bo’lib, u shaxsning o’z diqqatini qanchalik omilona tarzda boshqarishi, uni faqat muhim narsalarga qarata olishi, vaqtdan tez foydalana olish, ortiqcha ishlardan o’zini tiyish, qo’l ostidagilarga, imkoni boricha, ularning qobiliyatlariga qarab ish buyura olish va nihoyat, buyurgan ishni o’z vaqtida nazorat qilib, so’rab olish imkoniyati bilan bog’liq. O’z ishini puxta rejalashtirish qobiliyatiga ega bo’lgan rahbar realistik tafakkurga ega bo’lmog’i, ya’ni har qanday sharoitlarda ham o’sha muammo yoki ishga taalluqli barcha alternativ variantlardan eng to’g’risi va maqsadga muvofiqini tanlay oladigan, ishni to’g’ri tashkil eta bilgan, ya’ni eng kam kuch va vaqt sarflab ishni uddalay olgan, noaniq yoki tasodifiy vaziyatlarda ham ish taktikasini to’g’ri yo’lga yo’naltira oladigan odam bo’lishi kerak Bundan tashqari, yaxshi rahbar uchun oldida turgan ishning har bir alohida detallarigacha tasavvur qilib, uni amalga oshirishning barcha bosqichlari va vositalarini oldindan ko’ra bilish qobiliyati ham zarur. Shunday taqdirdagina u ishga dadil kirishishi, o’zgalarni o’z ortidan ergashtirishi va ishlab chiqarishda yuksak ko’rsatkichlarga erishishi mumkin. Yuqorida aytib o’tilgan rahbarlik sifatlari ichida eng muhimi, tabiiyki, psixologik mahoratni talab etgani — odamlar bilan ishlash mahoratidir. Jamoa a’zolari bilan samarali ishlash uchun esa boshliq ularning psixologiyasini, har bir a’zo psixologiyasini va guruh psixologiyasini yaxshi bilishi zarur, chunki ‘‘o’zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan hukmronlikning yagona yo’lidir", — deb yozishgan edi ingliz olimlari. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada ham yaxshi vositasi — ijtimoiy psixologik trening uslubi borki, uning yordamida odamlar bilan ishlovchilar jamoani boshqarishning turli usullariga muvaffaqiyatli tarzda tayyorlanmoqdalar.
Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf etish degani- bu boshqarishning barcha unsurlariga e’tiborni kuchaytirish demakdir. Eng avvalo rahbar yuqoridagi nuqsonlardan xoli bo’lishi va ish uslubini quyidagi ijobiy fazilatlar zamirida tashkil qilishi lozim:


  1. Rahbar o’z huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan uyg’un olib borishda mohirona foydalanish zarur. Ammo davlat manfaatlariga putur etkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umum manfaatlarga bo’ysinishi lozim. 

  2. Ishlab chiqarishni faqat jamoada obro’-e’tiborga ega bo’lgan rahbargina yaxshi boshqaraoladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obro’ faqat xizmat mavqei bilan emas, balki, avvalo, bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi. 

  3. Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda ham o’zini tutabiladigan, odobli va xushmuomala bo’lishi zurur. O’z xatti- harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgilarini tiya biladigan, yurish turishida bo’ysinuvchilarga o’rnak ko’rsatadigan bo’lishga majburdir. 

  4. Buyruq hammaga ham yoqavermaydi. Shu sababli bo’yinuvchi xodimlarga beriladigan farmoyish faqat bevosita buyruq shaklida bo’lmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida ham bo’lishi kerak. Bu o’rinda quyidagi ibratli ish uslubini bilish foydadan xoli emas.

  5. Rahbar bo’ysinuvchi xodimlarning fikr va maslahatlarini diqqat va hurmat bilan tinglashi, hatto shu takliflarga shaxsan qo’shilmagan taqdirda ham ularga osoyishta quloq solishi va muhokama qilishi lozim. 

  6. Rahbar intizom va tartibga rioya qilishini qat’iy talab qilishi va bo’ysinuvchilarning biron nojo’ya harakatini e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Talabchanlik tarbiyaning asosi va ongli intizomning eng mustahkam zaminidir.  


Yüklə 91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə