1. Rahbarlik sifatlari,boshqaruv qonuniyatlari. Boshqaruv tamoyillari,boshqaruv funktsiyalari


Boshqaruv qarorlarining bajarilishini nazorat qilish tamoyili



Yüklə 91 Kb.
səhifə5/10
tarix22.09.2023
ölçüsü91 Kb.
#122833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Boshqaruv qarorlarining bajarilishini nazorat qilish tamoyili. Bu tamoyil boshqarish tizimida bajaruvchilik intizomini yuqori darajada amalga oshiruvchi omildir. Boshqarish tizimida amalga oshiriladigan nazorat ish jarayonida aniqlik, ishchanlik, tezkorlik muhitini yaratib byurokratizmga qarshi mavjud bo’lgan kamchiliklarni nazorat qilish va tekshirish, eng avvalo, ish unumdorligini oshirish uchun yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Qapop bajarilishini tekshirganda, masalalarning tub mohiyatini tushuntirish va aniqlash ishlarini esa baqiriq - chaqiriqsiz, osoyishtalik bilan amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Nazoratni uyushtirish shakllari har xil bo’lib, kalendarga, ish daftarchasiga, nazorat kartochkasi (varaqchalari) ga yozma holda belgilashdan tortib EHM gacha bo’lishi mumkin. EHM-nazorat qilinuvchi hujjatlarning soni bir yilda 19 ming donadan oshgandagina o’zini oqlashi mumkin. Har bir rahbar qarorlarning va ekshiriladigan hujjatlarning soniga qarab, o’ziga qulay bo’lgan tekshirish shaklini tanlab oladi. Boshqarishga kiber-netikadan kirib kelgan ba’zi bir tamoyillarni eslatibgina o’tamiz: Tizimchanlik tamoyili.Bu tamoyil boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalarni ko’rsatgichlari bir-biri bilan bog’liq bo’lgan murakkab tizim holatida qarashni taqozo qiladi. Shajaraviylik tamoyili boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalarga ko’p pog’onali shajara tarzida yondashishimizni tavsiya qiladi.
Mos kelishlik tamoyili boshqaruvchi tizimchaning murakkabligi boshqariluvchi tizimchaniqidan past bo’lmasligini ko’zda tutadi yoki oddiy ibora bilan aytganda, murakkab ishlab chiqarishga sodda boshqarish tizimini loyihalab bo’lmasligidan dalolat beradi. Qayta aloqa tamoyili boshqarish ta’siri natijasida obyektda bo’la-yotgan o’zgarishlar haqidagi axborot boshqaruv tizimiga vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi. Qayta aloqa ijobiy va salbiy boiib qaysi birini tanlashni boshqarav tizimini loyihalagan kishilar oldiga qo’yilgan maqsadlar hal qiladi. Xulosa qilib aytganda — boshqarishning hamma tamoyillari muhim bo’lib, turmush ularni amaliyotda qo’llashni taqozo etadi. O’z ishini boshqarish tamoyillari asosida olib borishlik rahbar uchun ahloq me’yori ekanligi amaliyot taqozosidir.

Yüklə 91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə