1. Rahbarlik sifatlari,boshqaruv qonuniyatlari. Boshqaruv tamoyillari,boshqaruv funktsiyalari



Yüklə 91 Kb.
səhifə10/10
tarix22.09.2023
ölçüsü91 Kb.
#122833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4. LIDERLIK VA SUPERLIDERLIK
Amerikalik tadqiqotchi Linda Juell o’zining “Industrialno-organizasionnaya psixologiya” (2001 yil) kitobida ijtimoiy-psixologik hodisalardan muhimi bo’lmish liderlik masalasiga o’zining o’ziga xos yondoshuvini bayon etgan. U bu muammoni aynan bizning sharoitimizdagi talqini, ya’ni mardlik va jasorat ko’rsatish uchun ochiq maydonlar yo’q bo’lgan sharoitda liderlik xislatlarining namoyon bo’lish xususiyatlarini ochishga urinadi. Uning fikricha, zamonaviy ishlab chiqarishning samaradorligi eng avvalo xodimlar rolini oshirib, liderlarnikini aksincha, pastlashtirish, yoki aniqrog’i, kamaytirish hisobiga ro’y beradi. Shundagina rahbarlikda ortiqcha bo’g’inlarni kamaytirish mumkin. Liderning, ya’ni amerikaliklar rahbarni lider fenomeni doirasida tasavvur qilishadi, vazifasi – guruhning samarali faoliyat ko’rsatish yo’llarini belgilab berishdir.
Bu kitobda ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan ahamiyatli bo’lgan tushunchadan biri bu – “superlider” tushunchasidir. Superlider kim va qachon oddiy lider superga aylanadi? Amerikalik tadqiqotchilar Mans va Simslarning fikricha, eng yaxshi lider – bu “superlider”dir. Bu shunday shaxski, u o’z xodimlarining aksariyatini liderlarga, birinchi navbatda o’zlari uchun liderlarga aylantira oladi. Bundagi asosiy g’oya shundan iboratki, agar odam eng avvalo o’zi uchun lider bo’la olsa, o’zidagi bu malaka yoki mahoratni boshqalarga yetkaza olsagina, bu odam uchun shunday vaqt-soat yetib keladiki, jamoa o’zi mustaqil ishlaydigan, bevosita tepasida turib boshqarib turadigan insonga muhtoj bo’lmagan mexanizmga aylanadi. Bu – superliderlikdir 48-rasm.
Demak, samarali boshqaruv – aslida ijtimoiy ta’sirni amalga oshirishning eng namoyishkorona ko’rinishidir. Shu ma’noda, liderlik – avval shaxsning o’ziga, so’ngra o’zgalarga bera oladigan ta’sirida ko’rinadigan fazilatlar majmuidir, deb ta’riflanadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Rahbarlik sifatlarini ayting?
2. Boshqarish qonuniyatlarini bilasizmi?
3. Boshqarish tamoyillarideganda nimani tushunasiz?
4. Xo’jalikni samarali va maqbul olib borish tamoyilini kim biladi?
5. Yechilayotgan masalalar zanjirida asosiy bo’ginni aniqlay olish tamoyilikim biladi?
6. Qabul qilinadigan qarorlarning obyektivligi va ilmiyligi tamoyilini kim biladi?
7. Mehnatni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish tamoyilihaqida nimani bilasiz?
8. Boshqaruv qarorlarining bajarilishini nazorat qilish tamoyilini kim biladi?
9. Tizimchanlik tamoyilini ayting
10. Boshqarish usullarining mazmunini ayting
11. Boshqarishning tashkiliy - ma’muriy usullarini kim biladi?
12. Ijtimoiy - ruhiy boshqarish usullarini ayting
13. Boshqaruv funksiyalari (vazifalari)ni kim biladi?
Yüklə 91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə