Guruh rahbarining faoliyatida pedagogik mahoratning tutgan o'rni



Yüklə 92 Kb.
səhifə1/2
tarix19.10.2023
ölçüsü92 Kb.
#128159
  1   2
GURUH RAHBARINING FAOLIYATIDA PEDAGOGIK MAHORATNING TUTGAN O\'RNI


GURUH RAHBARINING FAOLIYATIDA PEDAGOGIK MAHORATNING TUTGAN O'RNI


Reja:

  1. Pedagogik mahoratning mohiyati.

  2. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari.

  3. Pedagogik mahoratni egallash vositalari.

Pedagogik mahorat haqida tushuncha mohiyati.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan har bir Qarorda barkamol avlod tarbiyasi va ularning kasbiy mahoratini avvalo ta'lim muassasalarida oshirib borishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.
Xususan 2010 yilning "Barkamol avlod yili "deb e'lon qilinishi ham pedagoglar va tarbiyachilar zimmasiga ulkan mas'uliyatlar yukladi. Jumladan, Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimovning "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi to'g'risidagi Qarorida "Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o'z ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to'liq javob beradigan barkamol va rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli aniq yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish" muhim vazifa sifatida belgilangan.
Ushbu vazifalarni bekamu ko'st amalga oshirilishi uchun bugungi kunda avvalo bo'lajak o'qituvchilarning saviyasini va bilimini uzluksiz takomillashtirib borishga mustahkam zamin yaratilishi kerak. Oliy pedagogik ta'lim muassasalarida ushbu muammolarning yechimini topishda "Pedagogik mahorat" fanini chuqur o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egallash uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi.
Jumladan, "Pedagogik ensikiopediya"da ta'rif quyidagicha izohlangan:
"O'z kasbining mohir ustasi bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis". Ushbu ta'rifhing mohiyatidan kelib chiqib o'qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin:
1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'ratkichi.
2. O'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.
3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlami puxta egallaganligi,
ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi.
4. O'quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lgan asosiy komponentlardan iborat:

  1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo'ysunishi.

  2. Kasbga oid bilimlami boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish.

  3. Pedagogik qobiliyatga ega bo'lish.

  4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.

Barcha kasblar orasida o'qituvchilik kasbi o'zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o'qituvchi yosh avlod qalbi kamolotining me'mori, yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi insondir.
Bugungi kunda u yoshlarni g'oyaviy-siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko'maklashadi va jamiyat uchun muhim bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi.
Ana shu mas'uliyat o'qiruvchidan o'z kasbining mohir ustasi bo'lishni, o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste'dodi, e'tiqodi va amaliy ko'nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo'llarini izlab topadigan kasb egasi bo'lishni talab etadi.
Buning uchun doimo o'qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko'nikma va malakalarni oshirib borish, ularga har tomonlama g'amxo'rlik qilish, zarur shart-sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy-metodik hamda texnik yordam ko'rsatish, o'qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko'maklashish lozim.Shunga asosan, «Pedagogik mahorat» fani, mahoratli o'qituvchilarni tayyorlashga xizmat qiladi, o'qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini o'rgatuvchi va uni takomillashtirish to'g'risida ma'lumotlar berib boruvchi fan bo'lib, o'qituvchilarda pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo'llarini, vositalarini, shakllarini o'rganadi.
Pedagogik mahorat o'qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik, pedagogik texnika, ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq-arvorni va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o'rgatadi va o'z kasbini rivojlantirib boravchi pedagogik faoliyatlar tizimi to'g'risida ma'lumotlar beradi. Pedagogik mahorat o'qituvchilarning pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradi.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta'lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan o'qituvchilar mehnati faoliyatidir. Bo'lajak o'qituvchilar o'z pedagogik faoliyati jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim:
Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo'lmagan o'qituvchi ta’lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta'minlovchi fikrga ega bo'lmaydi.
Pedagogik jarayonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirib olib, o'qituvchilarning faoliyat mezonini begilab beradi. O'qituvchilarning faoliyati pedagogik jarayonning harakat vositasidir. Pedagogik jarayonning obyektlari bo'lmish tarbiyalanuvchi insonga, o'quvchi va o'quvchilar guruhiga hamda alohida o'quvchiga, pedagogik jarayonning subyektlari ota-onalar, o'qituvchilar, tarbiyachilar, sinf jamoasi, pedagogik jamoa mas'uldirlar va ular jamiyat talablari asosida ta'lim va tarbiya berish faoliyatini bajaradilar. O'qituvchining pedagogik faoliyatida ijobiy natijalarga erishishi, mehnat malakasini, ya'ni egallagan bilimlarini o'zining hayotiy va amaliy faoliyatida nechog'lik qo'llay bilishi bilan belgilanadi.
O'qituvchining pedagogik faoliyati samarali bo'lishi uchun zarur bo'lgan qobiliyatlar tizimini: bilim, bolani tushuna olish, kuzatuvchanlik, nutq malakasi, tashkilotchilik, kelajakni ko'ra bilish, diqqati taqsimlab olish, vaziyatni to'g'ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli bo'lgan bir xil ziddiyatlarni o'z vaqtida bartaraf etish, o'quvchilarni bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi.
Mazkur fanning mazmunidan kasbga doir topshiriq va vazifalarni yechish uchun o'quv-tarbiya jarayonini boshqarish, unga rahbarlik qilishda pedagogik-psixologik ta'limot nuqtai-nazaridan yondashish, ta'lim-tarbiyani milliy an'analarimiz ruhida zamonaviy metodlar asosida modellashtirish, o'quv-tarbiyaviy jarayonda ilg'or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish uchun o'qituvchi mahoratining zarurligi haqidagi ma'lumotlar va ularni takomillashtirish tizimlari o'rin olgan.
Shunga ko'ra, «Pedagogik mahorat» fani kasbga old bilim va qobiliyatlarni o'qituvchilarda shakllantirish, ijodkorliknitarbiyalash, mahorat, ko'nikma va malakalarni egallashlari uchun, pedagogiktexnika, pedagogik hamkorlik, pedagogik nazokat, nutq madaniyati to'g'risida ma'lumotlar berib boradi.
Bu maqsad bo'lajak o'qituvchilarning quyidagi vazifalarni muntazam bajarib borishlari orqali amalga oshiriladi:

  1. Bo'lajak o'qituvchilar pedagogik mahoratning nazariy va metodologik asoslari bilan qurollantiriladilar.

  2. Pedagogik mahorat fanining pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik (muloqot), pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat, tarbiyachilik mahorati, ta'lim jarayonini boshqarish, nutq madaniyati, tarbiya texnologiyasi, pedagogik ijodkorlik, refleksiya kabi tarkibiy qismlari to'g'risidagi bilimlar tizimini egallaydilar.

  1. Bo'lajak o'qituvchilar milliy urf-odat va an'analarimizda va O'rta Osiyo mutafakkirlarining boy ijodiy meroslarida aks etgan pedagogik mahorat sirlarini mustaqil egallashga nisbatan o'zlarida ehtiyoj va havasni rivojlantirib boradilar.

  2. Egallangan pedagogik-psixologik va metodik bilimlar, ko'nikma va malaka to'g'risidagi ma'lumotlar asosida har bir bo'lajak o'qituvchi o'zining shaxsiy pedagogik mahoratini shakllantiradi.

  1. O'quv-tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so'nggi zamonaviy metod va shakllar asosida tashkil etish va boshqarishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslarini muntazam o'zlashtiradilar,

  2. O'qituvchilar o'z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishlari uchun shaxsiy-ijodiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalarini egallaydilar.

7.Tarbiyachi mahoratining mohiyati, funksiyasi, tuzilishi to'g'risida o'qituvchilar uzluksiz malumotlarni o'rganib boradilar.
8. Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalanish asosida o' zkasbiy mahoratlarini shakl lantiradilar.
Bu maqsad va vazifalaraing hal etishi o'qituvchilar va tarbiyachilarni zamon bilan hamnafas bo'lishga, yoshlarni tarbiyalash dardi bilan yashash va kelajakni aniq ko'ra olishga o'rgatadi.
Har bir o'qituvchi shaxsida mamlakatimizning dolzarb muammolarini, maqsad va vazifalarini vijdonan tasavvur qilib, aniq bajarib borishi uchun shijoat bilan o'z imkoniyati, bilimi, tajribalarinishga solishga o'rgatadi hamda pedagogik faoliyatga ijodiy yondashish malakalariga ega bo'lishni tarbiyalaydi.
Xo'sh pedagogik mahoratning o'zi nima? Unga hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan quyidagicha ta' rif beriladi:
Pedagogik mahorat - o'qituvchlarning shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, isonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, qobiliyati hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo'lib, o'qituvchilarning ta'lim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatni ta'minlovchi faoliyatdir. U o'z fanini mukammal bilgan, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarlikka ega bo'lgan, o'quvchilarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo’llarini izlab topish uchun, amaliy faoliyat olib boradigan har bir o'qituvchining kasbiy faoliyatida namoyon bo'ladi.
Shunday qilib, pedagogik mahorat egasi bo'lish uchun o'qituvchi o'z o'quv predmetini davr talablari asosida bilishi pedagogik va psixologik bilimlarga ega bo'lishi, hamda insoniylik, izlanuvchanlik va fidoyilikni" o'zida tarkib toptirishi lozim.
I. P. Rachenko pedagogik mahoratni pedagogik san'atning bir qismi sifatida ta'riflab, shunday yozadi: "pedagogik mahorat deganda o'qituvchining pedagogik-psixologik bi limlarni, kasbiy malaka va ko'nikmalarni mukammal egallashi, o'z kasbiga qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyaci, hayotga axloqiy-estetik munosabatda bo'lishi, o'z fikr-mulohazasiga ishonch va qat'iy irodasi tushuniladi".
Tadqiqotchilaming fikriga ko'ra, quyidagi to'rtta komponent pedagogik mahoratning asosiy tashkil) etuvchilari hisoblanadi:

  1. Pedagogik mahoratni tashkil yetuvchi komponentlari:

  2. 0' qituvchi1ik kasbiga sadoqat:

  3. O'z fanining o'qitish metodikasini mukammal bilishi;

  4. Pedagogik qobiliyatlariini namoyish eta olishi;

  5. Pedagogik texnikani o'z o'rnida qo'llay bilishi. Shuni alohida qayd etib o'tish zarurki, o'qituvchilik kasbi murakkab va mas'uliyatli jarayondan iborat. Ushbu kasbmng sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, o'qituvchi'doimo ongning yagona sohibi bo'lmish insonning ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanib, u bilan muloqot olib boradi.

Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo'ladi. Shu sababli, bo'lajak o'qituvchilar tarbiyalanuvchi bilan doimiy muloqotda bo'lishi, unga ta'sir ko'rsatish uchun muntazam ravishda psixologiya va tarbiya nazariyasini mukammal o'rganib, o'z kasbiy qobiliyatini muttasil rivojlantirib borishi kerak.
0'qituvchilarning shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon-e'tiqodi, dunyo-qarashining kengligi, faolligi-odob-axloqi, fuqarolik burchini his qilishi, ma'naviyati, dilkashligi, talabchanligi, qat'iyligi va o'z maqsadlariga intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi mamlakatimizning asosiy talablariga o'z fikr-mulohazasi bilan faol ishtirok etishi kiradi. O'qituvchilarning kasbiy xususiyatlariga: o'z kasbini, bolalarni sevishi, ziyrakligi, hozirjavobligi, vazminligi pedagogik nazokati, tasavvuri, qobiliyati; tashkilotchiligi, notiqlik ' madaniyati, chuqur va keng ilmiy saviyasi, kasbiy layoqatliligi, ma'naviy ehtiyoji va qiziqishi, intellekti, yangilikni anglay va qo'llay olishi, kasbiy ma'lumotni muntazam oshirishga nisbatan intilishi va boshqa fazilatlari kiradi.
O'qituvchilarning kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi:

  1. O'qituvchining shaxsiy fazilatlar bo'yicha tayyorgarligi.

  2. O'qituvchining rahiy-psixologik tayyorgarligi.

  3. O'qituvchining ijtimoiy-pedagogik va ilmiy-nazariy jihatdan tayyorgarligi.

  4. O'qituvchining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni egallab borishi.

Yana ta'kidlash joizki, pedagogik mahorat o'qituvchilar hamda tarbiyachilar shaxsiy va kasbiy sifatlarinig yig'indisi bo'lib, o'qituvchi mahoratini shakllantirishni ta'minlovchi omillarni, pedagogik-psixologik, metodik bilimlarni doimiy egallab borishi lozim. Yuksak pedagogik mahoratni shakllantirshni ta’minlovchiomillar quydagilar:
a) ixtisoslik bo'yicha o'quv predmetini, zamon, ilm-fan texnika taraqqiyoti darajasida mukammal bo'lishi, uning boshqa o'quv fanlari bilan o'zaro aloqadorligini ta'minlash malakasiga ega bo'lishi;
b) ta'lim oluvchlaming yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi, ularing faoliyatini obyektiv nazorat qilishi va baholashi;
v) ta'lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish asosida o'z faoliyatmi tashkil etishi;
g) o'quv-tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun asosiy pedagogik-psixologik va metodik ma'lumotlarga ega bo'lishi;
d) fanlarni o'qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanishni bilishi;
e) jamoani «ko'ra bilish», o'quvchilarning qiziqishlari, intilishlari.
Ularning hayot faoliyatlarida uchraydigan qiyinchiliklami tushunish va hamdard bo'la olish, o'z vaqtida ular fikrini anglay bilish, zukkolik bilan har bir bolaning xarakter xususiyati, qobiliyati, irodasini tushunish hamda ularga muvaffaqiyatli ta'sir ko'rsatishning shakl, usul, vositalaridan xabardor bo'lishi;
j) o'z shaxsiy sifatlari (nutqining ravonligi, tashkilotchilik qobiliyati, badiiy ehtiyoji, didi va hokazo) ni takomillashtirish malakasiga ega bo'lishi. O'qituvchining pedagogik mahorati pedagogika oliy ta'lim muassasalarida shakllanib boradi. Yuksak saviyali pedagogik kadrlar tayyorlashga nisbatan talablar, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, o'z kasbi bilan uzluksiz taraqqiyotga moslasha oladigan o'qituvchining shakllanishi, bo'lajak o'qituvchi umummilliy mavqeining o'sib borishini ta'minlaydi.
Pedagogik mahorat fanining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari. Mamlakatimizning istiqlol yo'lidagi ilk qadamlaridanoq, buyuk ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga chiqarish maqsadida ta'lim tizimida ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IX sessiyasida qabul qilingan "Ta'lim to'g'risidagi hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" to'g'risidagi Qonunda ta'lim sohasida
Olib borilayotgan islohotlarda o'qituvchi-tarbiyachilarning mehnati naqadar yuksakligi, ular oldida barkamol avlodni tarbiyalashdek sharafli va mas'uliyatli vazifa turganligi ta'kidlanadi. "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning 3-moddasida ta'lim O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e'lon qilingan hamda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berilgan:

  • ta'lim va tarbiya ning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;

  • ta'limning uzluksizligi va izchilligi;

  • umumiy o'rta, sbuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi;

  • o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining yo'nalshini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

  • ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi:

Davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; Ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; Bilimli bo'lishni va iste'dodni rag'batlantirish;
- ta'lim tizimida davlat va jamiyat boshqaravini uyg'unlashtirish.
Ushbu prinsiplar zamirida o'qituvchi pedagogik faoliyatining asosiy mohiyati mujassamlangan bo'lib, uni hayotga tatbiq etish o'qituvchilar zimmasiga yuklatilgan. O'qituvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini ta'minlovchi asosiy javobgar shaxs ekan, uning pedagogik mahorati ham hozirgi zamon talablari darajasida, jahon andozalariga mos ravishda shakllanishi kerak.
Shu jihatdan, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturda ham o'qituvchining kasbiy mahoratini oshirishga jiddiy e'tibor qaratilgan. Jumladan, Dasturning 4.2. bandida pedagogik kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zamon talablariga moslashuvchan, ta’limning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini ko'zlovchi tizimini vujudga keltirish ta'kidlanadi.
Pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh darajada ularning kasbiy sifatlarini takomillashtirishni qo'llab-quvvatlash ta'minlanadi. Ushbu talablar zamirida ham o'qituvchining pedagogik mahoratini uzluksiz takomillashtirib borish naqadar muhim va davr talabi ekanligi ta'kidlanmoqda. Shunday ekan, "Pedagogik mahorat" fanining vazifalarini "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablari belgilab beradi. Uning vazifalari quyidagilardan iborat:
- ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlarni insonparvarlik va demokratik tamoyillarga moslab olib borish;

  • ta'lim mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda boyitib borishni ta'minlash;

  • bo'lajak o'qituvchilaming ma'naviy-axloqiy jihatdan dunyoqarashini rivojlantirishda milliy urf-odat va an'analarimizdan, boy adabiy merosimizdan samarali foydalanishning tezkor metod va usullarini ishlab chiqish va joriy etish; ta'lim va tarbiya jarayomni kelgusida o'qituvchilardan talab qiladigan darajada sifatini va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta'minlash uchun normativ hujjatlar, o'quv-uslubiy adabiyotlar, moddiy-texnika va axborot bazasi bilan boyitib borish;

- bo'lajak o'qituvchilarning yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasi, malakasi, bilimi, madaniy va ma'naviy - axloqiy saviyasining sifatini zamon talablariga javob beradigan darajada oshirib borish;
- bo'lajak o'qituvchilarni yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan pedagogik faoliyaning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko'tarishga o'rgatish.
Pedagogik mahoratni egallashda kasbga oid nazariy va amaliy bilimlarni egallash, pedagogik jamoa bilan doimiy muloqotda bo'lish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o'zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalar boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to'g'riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo'llarini toppish imkoniyati mavjud.
Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o'qituvchining doimiy ravishda fanlarni mutolaa qilish bilan shug'ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi O'qituvchi muntazam ravishda fan bilan shug'ullanmog'i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga o'xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday o’qituvchidan hech qanday natija kutib bo'lmaydi".
Hozirgi zamon fan va texnikasi jadal sur'atda rivojlanayotgan, zamonaviy axborot texnologiyalarining salmog'i keskin oshayotgan bir davrda o'qituvchi pedagogik mahoratini takomillashtirishi muhim ahamiyat kasb etadi. Agar, ilgari fanning biror sohasida ro'y berayotgan yirik kashfiyot qariyb o'n besh yillik samarali va kishi zo'rg'a ishonadigan voqea hisoblangan bo'lsa, hozir har yili, hatto har oyda fan, texnika sohasida yangi kashfiyotlar yaratilmoqda, bilimlarning ilgari noma'lum bo'lgan yangi yo'nalishlari maydonga kelmoqda.
Kishilarda bilimga bo'lgan ishtiyoq beqiyos darajada o'sib borayotir. Shuning uchun hozir kunda o'qituvchi faqat o'z fani bo'yicha emas, balki o'z faniga yaqin bo'lgan sohalardagi yangiliklarni bilishi talab etiladi. Bizga ma'lumki, ilg'or jamiyat fuqarosining, xususan o'qituvchining ma'naviy boyligi uning keng dunyoqarashi, teran fikrlash layoqati, savodxonligi, yuksak insoniy fazilatlarga boyligi bilan baholanadi. "Barcha_illatlarning kelib chiqishi ilmsizlikdandir" degan edi yunon faylasufi Sokrat. Shunday ekan, yosh avlodning yuksak bilim va tafakkur sohibi bo'lshi uchun barchamiz javobgarmiz. Bu javobgarlik ko'proq o'qituvchilar zimmasida. Darhaqiqat, o'qituvchilarning obro'-e'tiborini ta'minlaydigan ilk vosita uning tarbiyalanganlik darajasidir. Birinchidan, o'qituvchi ma'naviy jihatdan sog'lom va keng fikrlay oladigan bo’lishi, o'z milliy qadriyatlari, urf-odatlari va millatimizning buyuk siymolari ijodiy merosni teran bilishlari kerak.
Binobarin, o'zi tanlagan mutaxassislik va fan sohasida izlanishlar olib borgan, allomalarning hayoti va ijodini yaxshi bilishi hamda mantiqiy tafakkurga ega bo’lishi lozim. Bu o'qituvchi pedagogik mahoratining shakllanib borishida muhim ahamiyat kasb yetadi. Ayniqsa, milliy an'analarimiz, urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz asosida davlatimizning buyuk kelajagi bo'lmish yosh avlodga chuqur bilim berish o'qituvchilardan yuksak qobiliyatni va ishchanlikni talab qiladi.

XULOSA

O'qituvchilik kasbining shakllanishi davomida uning pedagogik mahorati takomillashib boradi. U har xil psixologik xususiyatlarga ega bo'lgan o'quvchilar bilan ta'lim-tarbiyaviy faoliyat olib boradi. Turli ziddiyatlarga duch keladi. Bu o'z navbatida uni tinimsiz ijod qilishga, tarbiyaning har xil vosita va usullarini topib, mohirona qo'llashga majbur etadi.


Tarbiya natijasida belgilangan maqsadga erishish uchun o'qituvchildar yillar davomida yig'ilgan tajriba va malakalariga tayanib ishlaydilar. O'quvchilarning nazariy hamda amaliy faoliyatida erishadigan barcha yutuqlari va ijobiy natijalari o'qituvchi pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy vositalar hisoblanadi. O'qituvchi pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini bilishi, uning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishi lozim.
Quyida keltirilayotgan pedagogik mahorat fanining asosiy tarkibiy qismlari milliy an'ana va urf-odatlarimizdan kelib chiqib hozirgi global rivojlanish davrida yanada to'ldirilib borilishi mumkin.

Yüklə 92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə