1. Rahbarlik sifatlari,boshqaruv qonuniyatlari. Boshqaruv tamoyillari,boshqaruv funktsiyalari



Yüklə 91 Kb.
səhifə2/10
tarix22.09.2023
ölçüsü91 Kb.
#122833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Boshqarish qonuniyatlari Boshqarishda ham o’z qonuniyatlari bo’lib, ular boshqarish sohasidagi tez-tez qaytarilib turuvchi hodisalar, boshqarish jarayonidagi voqealarning ichki tabiatini va mantiqiy bog’liqligini tushunishga yordam beradi. Avtomobilning yuki oshgan sari, benzin sarflanishning oshishi, korxonada mahsulot chiqaravchi xodimlar sonining oshishi, ma’muriy boshqaravchi xodimlar sonining oshishiga olib kelishi, murakkab tex-nologiya uchun ko’p yoki murakkab stanoklarning jalb qilinishi boshqarishdagi qonuniyatlarga misol bo’la oladi. Adabiyotda e’lon qilingan ba’zi bir qonuniyatlarga biroz to’xtalib o’tamiz. Xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida boshqarish tizimlari ko’p bo’g’inli, ko’p pog’onali bo’lishi mumkin bo’lib, ishlab chiqarishning asosiy maqsadi xalqning farovonligi va madaniyatini rivojlantirish bo’lib, ilmiy-texnika yutuqlariga asoslangan holda rivojlanishi kerak. Xalq xo’jaligining hamma bo’g’inlarida va shajaraviy boshqarishning hamma sathlarida boshqarish tamoyillarining birligi boshqarish, xo’jalik yuritish oldiga qo’yilgan maqsadlarning va ularniamalga oshiradigan usullarning birligidadir. Boshqarish va xo’jalik yuritish bo’g’inlariga tarmoqlar, korxonalar, tumanlar, shaharlar, viloyatlar va butun mamlakat misol bo’la oladi. Xalq xo’jaligi, boshqarish tizimlarining bo’Iaklari orasida muta-nosiblikka maqbul o’zaro munosabat (nisbat) ga erishish va uni saqlash. Xalq xo’jaligi murakkab dinamik tizim bo’lib, bir qancha tizimcha va elementlardan iboratdir. Bu tizimcha va elementlarga yoki bo’laklarga sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport va aloqa, savdo va maishiy xizmat, fan, madaniyat, tibbiyot, bank xizmati va hokazolar kiradi. Bo’-laklar orasidagi bog’lanish o’zviydir. Masalan, sanoat qishloq xo’jaligiga, kurilishga, transportga va boshqalarga mehnat qurollarini yetkazib bersa, qishloq xo’jaligi esa sanoat va boshqa bo’laklarga xom ashyo va materiallar yetkazib beradi. Shularni inobatga olgan holda, xalq xo’ja-ligining rivojlanishida bo’laklar orasidagi bog’lanishlar o’zaro mutanosib bo’lishi kerak.
Hayotda bu esa har bir bo’lakning rivojlanishi boshqa bo’laklarning talabini to’liq qondiradigan darajada bo’lishi kerak. Boshqa so’zlar bilan aytganda, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarning quwatlari, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, ishlab chiqa-rishni uyushtirish orasida mutanosiblik va maqbul o’zaro munosabat bo’lishi kerak. Boshqarishda esa vaqti bilan (davriy holda) boshqariluvchi tizimchalarning holatini tahlil qilish, ulardagi nomutanosiblikni o’z vaqtida yo’qotishga imkon beradi. Mutanosiblikvamaqbulo’zaronisbatfaqattizimchaelementlariorasidaemas, boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarning orasida ham ta’minlanishi kerak. Bu qonuniyatning bajarilishi xalqxo’jaligi va boshqarav bo’limlarining marom va samarali ishlashini ta’minlaydi.

Yüklə 91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə