1. Inventarizatsiya va uning turlari Inventarizatsiyadan maqsad



Yüklə 40,17 Kb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü40,17 Kb.
#129612
  1   2   3
1. Inventarizatsiya va uning turlari Inventarizatsiyadan maqsad


Mavzu: Invintarizatsiya ahamiyati va turlari


1.Inventarizatsiya va uning turlari
2.Inventarizatsiyadan maqsad
3.Inventarizatsiya komissiyalarining shaxsiy tarkibi

Inventarizatsiya va uning turlari buxgalteriya hisobida uning ma’lumotlari to‘g‘riligini, korxona aktivlarining haqiqiy holatini, moddiy javobgar shaxslarning o’z funksiyalarini sidqidildan, vijdonan bajarayotganligini, mulkning talon-taroj qilinmaganligini bilish maqsadida „inventarizatsiya" nomini olgan usul ishlatiladi.
O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi obyektlarini inventarizatsiya qilish tartibi maxsus 19-son BHMS „Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish" bilan reglamentlashtirilgan. Ushbu standartga muvofiq inventarizatsiyaning quyidagi turlari mavjud:
Rejali inventarizatsiya — bu korxonaning moddiy javobgar shaxslarni navbatdagi mehnat ta’tiliga chiqarish rejasiga ko‘ra o‘tkaziladigan inventarizatsiya.
Rejadan tashqari inventarizatsiya — bu ko‘zda tutilmagan hollarda, masalan favquloddagi hodisalar yuz berganda (o‘g‘rilik.toshqin va shu kabi hodisalar sodir bo‘lganda) o‘tkaziladigan inventarizatsiya.
Har bir byudjet tashkilotlarida har yili 1-yanvar holatiga bir moliya yili uchun tashkilot rahbari farmoyishi bilan doimiy inventarizatsiya komissiyasi tuziladi.
Inventarizatsiyaning xarakterli xususiyatlari:
• Inventarizatsiya to‘satdan o‘tkaziladi, ya’ni moddiy javobgar shaxs uni o‘tkazilishi to ‘g‘risida oldindan xabar topmasligi lozim.
• Inventarizatsiya rahbarning buyrug’i yoki farmoyishi bilan tasdiqlangan doimiy harakatdagi va ishchi inventarizatsiya komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi, ushbu komissiyaga moddiy javobgar shaxs albatta kiritiladi.
• Inventarizatsiya ma’lum muddatda o‘tkaziladi, uning boshlanish va tugash vaqti buyruqda yoki farmoyishda ko‘rsatilgan bo’lishi kerak.
• Inventarizatsiyani o‘tkazish belgilangan tartibda va usullarda amalga oshiriladi.
• Inventarizatsiya natijalari maxsus sanoq va taqqoslash dalolatnomalari bilan rasmiylashtiriladi. Inventarizatsiya natijasida hisob ma’lumotlaridan chetlanishlar aniqlanishi mumkin. Bunday chetlanishlarga kamomad va ortiqchalarni kiritish mumkin. Aniqlangan kamomadlarning belgilangan me’yorlardan tashqarisi moddiy javobgar shaxslardan qonun doirasida undirilib olinadi. Aniqlangan ortiqchalar korxonaning daromadiga olinadi.
Inventarlashning asosiy maqsadi mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari realligi, majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish.
Joylashgan yeri va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan qat’iy nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha mol-mulki inventarlanishi kerak.
Mol-mulkni inventarlash uning joylashgan yeri va moddiy javobgar shaxs bo'yicha o‘tkaziladi. Korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki hamda moliyaviy majburiyatlarini inventarizatsiyalashni o‘tkazish va ularning natijalarini rasmiylashtirish tartibi “19-son BHMS“da belgilangan.
Quyidagi hollarda inventarlash о‘tkazilishi shart:
mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, davlat korxonasi o‘zgartirilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) chog'da qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda;
yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarlash hisobot yilining 1 oktyabridan kechiktirmay o‘tkaziladigan mol-mulkdan tashqari. 4-son “Tovar-moddiy zaxiralar” deb nomlangan BHMSga binoan tovar-moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta, 5-Son “Asosiy vositalar” BHMSga muvofiq asosiy vositalar ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarlanadi.
Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blanklar oyda bir marta, yonilg‘i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari - har chorakda, qimmatbaho metallar - tarmoq yo‘riqnomalariga muvofiq inventarlanadi.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralari eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda inventarlanadi:

  • asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda;
    moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlami qabul qilish - topshirish kunida);
    o‘g‘irlik yoki suiste’mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari aniqlanganda;
    tabiiy ofatlar, yong‘inlar, falokatlar yoki g‘ayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;
    xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
    Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarlash jamoa rahbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a’zolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a’zosi talabi bilan o‘tkaziladi.
    Inventarlashni o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tarkibida:
    xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi);
    bosh buxgalter;
    boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va hokazolar) bo‘lgan doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari tuziladi.
    Inventarlash komissiyasi tarkibiga xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki audit vakillari kiritilishi mumkin.
    Ishlar hajmi katta bo’lganda mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni inventarlashni bir vaqtda o‘tkazish uchun tarkibida:
    inventarlashni tayinlagan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili (komissiya raisi);
    mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar bo‘lgan ishchi inventarlash komissiyalari tuziladi.
    Komissiya tarkibiga inventarlanayotgan boyliklar, narxlar va birlamchi hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak.
    Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta ishchi inventarlash komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi.
    Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarlash komissiyalarining shaxsiy tarkibini xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi (1- ilovaga binoan buyruq, qaror, farmoyish).
    Inventarlashni o‘tkazish chog‘ida komissiyaning aqalli bitta a’zosi yo‘q bo‘lsa, bu hol inventarlash natijalarini haqiqiy emas, deb topish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
    Doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari:
    boyliklar saqlanishini ta’minlashga doir profilaktika ishlarini o‘tkazadi, zarurat bo‘lganda o‘z majlislarida boyliklaming saqlanishi masalalari bo‘yicha sex, bo‘lim, shu’balar rahbarlarining axborotlarini tinglaydi;
    inventarlash o‘tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarlash komissiyalari a’zolariga yo‘l-yo‘riq beradi;
    inventarlash to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlami amalga oshiradi, shuningdek, inventarlashlar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash joylarida tovar-moddiy boyliklarni tanlab inventarlashdan o‘tkazadi;
    inventarlash natijalari to‘g‘ri chiqarilganini, bazalar, omborlar, omborxonalar, sexlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida
    boyliklarni qayta navlarga ajratish bo‘yicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi;
    zarur hollarda (inventarlashni o'tkazish qoidalari jiddiy buzilganligi aniqlangan va boshqa hollarda) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining topshirig‘iga binoan takroriy yalpi inventarlashlami o‘tkazadi;
    boyliklar kamomadi yoki ularni shikastlashga, shuningdek, boshqa buzilishlarga yo‘l qo‘ygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni ko‘rib chiqadi va aniqlangan kamomadlar hamda boyliklarni shikastlashdan ko‘rilgan talafotlami bir izga solish tartibi to‘g‘risida taklif beradilar. Inventarizatsiyaning asosiy maqsadlari quyidagilarni o'z ichiga oladi. Inventarizatsiya qilish va uning natijalarini ro'yxatdan o'tkazish


Yüklə 40,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə