1-ma’ruza: amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash



Yüklə 19,75 Kb.
tarix11.10.2023
ölçüsü19,75 Kb.
#126885
Amaliy dasturiy


1-MA’RUZA: AMALIY DASTURIY TA’MINOT. AMALIY DASTURLAR 
PAKETI BILAN ISHLASH 
Reja: 
1. Amaliy dasturiy ta’minot paketlari haqida tushuncha 
2. Amaliy dasturiy ta’minot paketlari tavsifi 
3. Matematik paketlar. Maple dasturi haqida. 
Kompyutеrning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy 
ta’minotlarni uchta katеgoriya bo’yicha tasniflash mumkin: 
1. Tizimli dasturiy ta’minot; 
2. Amaliy dasturiy ta’minot; 
3. Uskunaviy dasturiy ta’minot 
Tizimli dasturiy ta'minot (Sistem software) — kompyutеrning va kompyutеr 
tarmoklarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir. Tizimli dasturlar ta'minoti 
deganda avvalo operatsion tizim tushuniladi. Operatsion tizim maxsus dastur
aniqrog’i dasturlar umumiy tizimda jamlashganbo’lib, u kompyuter qurilmalarining 
ishini boshqaradi, turli qurilmalarining boshqa dasturlar tomonidan ishlatilishini 
tashkillashtiradi, bir necha dasturlarning birgalikda ishlashini xotira qurilmalarida 
ma’lumotlarni saqlanishi, ularning xafvsizligi va butunligi ta’minlaydi. 
Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage) — bu aniq bir prеdmеt 
soxasi bo’yicha ma'lum bir masalalar sinfini еchishga muljallangan dasturlar 
majmuasidir. Kompyuterdan amaliy maqsadda foydalanishimkonini beruvchi, 
masalan matn tayyorlash, elektron jadvallar bilan ishlash, Ma’lumotlar bazasini 
yaratish va yuritish, biror fan bo’yicha o’rgatish va sinov ishlarini amalga oshiruvchi 
dasturlar, grafik va video axborotlarni qayta ishlash, internetdagi Web saydlarni 
ko’rish uchun mo’ljallangan brauzerlar va shunga o’xshash maqsadlarda 
ishlatiluvchi dasturlar amaliy dasturlardir. Kompyuterlar dasturiy ta’minotining 
aksariyat qismini amaliy dasturlar tashkil etadi.

Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchi aniq bir vazifalari (ilovalari)ni ishlab 


chikish va bajarish uchun mo'ljallangan. Amaliy dasturiy ta’minot tizimli DT
xususan, operasion tizimlar boshqariluvi ostida ishlaydi. Amaliy DT tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 
-turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketlari
-foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari. 
Amaliy dasturlar paket (ADP)lari sinfiga quyidagilar oiddir: 
-matnli (matnli prosessorlar) va grafik muharrirlar; 
-elektron jadvallar 
-ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); 
-integratsiyalangan paketlar
-CASE-texnologiyalar; 
-eksport tizimlar kobiklari va sun’iy intellekt tizimlari. 
Yüklə 19,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə