1 ~
1 - MA‘RUZA
Mavzu:
Kirish. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining predmeti va
vazifalari. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari.
R е j a :
1.
Yosh fiziologiyasi fanining predmeti.
2.
Maktab gigiyenasi fanining predmeti va ahamiyati.
3.
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va qisqacha tarixi.
4.
2000 yil - sog’lom avlod yili.
5.
«Sog’lom avlod uchun» dasturi.
Tayanch tutunchalar:
Fiziologiya, gigiyena, pedagog, sog’lom avlod.
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fani talabalarga, bo’lajak muallimlarga rivojlanayotgan organizmning
o’sish va rivojlanishi, bolalarning yosh xususiyatlari, unnng tashqi muhit bilan o’zaro bog’liqligi, bolalarda
uchraydigan turli kasalliklar va ularni oldini olish yo’llarimi o’rgatishda,
bilimga ega qilishda katta
ahamiyatga ega.
Fiziologiya biologiyaning bir tarmog’i bo’lib, organlar, organlar sistemasini va organizm
funktsiyalarini hamda hayot jarayonlarini o’rganadi.
Yosh fiziologiyasi fani tibbiyot fanlari bo’lmish odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanining bir
tarmog’i bo’lib, yosh organizmning katta odam organizmidan tubdan farq qilishini ko’rsatadi. Demak, bola
organizmi faqat katta odamning qolipi emas, balki hajmi, fiziologik xususiyatlari
va tashqi muhitga
moslanishi bilan farq qiladi.
Yosh fiziologiyasi fani turli yoshdagi bolalar va o’smirlarning organizmlarida kechadigan o’sish va
rivojlanish jarayonlarini, organlari, tuqimalari va tizimlarini o’ziga xos yosh xususiyatlarini o’rganadi.
Yosh fiziologiyasi o’rganadigan asosiy ob‘ekt bolalardir.
Gigiena odamni urab turgan tashqi muxitni sog’lomlashtirish yo’llarini o’rganadi. Gigiena fani
maktab gigienasi, komunal gigiena, ovqatlanish gigienasi, mehnat gigienasi va gigienaga oid boshqa fanlarni
o’z ichiga oladi. Maktab gigienasi bolalar va o’smirlar organizmi bilan tashqi muxit o’rtasidagi
qonuniyatlarni o’rganadi, ularni to’g’rn o’sib rivojlanishlari uchun zarur gigiena asoslarini ishlab chiqadi.
Maktab gngienaenning asosiy maqsadi bola aqliy mehnat qobiliyatining funktsional imkoniyatlari ortib
borishi, turli sharoitga moslashishi, charchash va o’ta charchash, asab va boshqa
turli kasalliklarni oldini
olish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, bolalar muassasalarining sanitariya-gigiena
holatini yaxshilash, ta‘lnm-tarbiya jarayonining gigiyenik asoslari, maktablarnn tugri qurish va
obodanlashtirish va shunga o’xshash boshqa masalalar bilan shug’ullanadi. Sanitariya odam salomatligini
taminlaydigan gigiena talablarini hayotga tatbiq etadi. Sanitariya so’zi gigiyenik ma‘lumotlarni amaliyotga
tatbiq qilish ma‘nosini bildiradi. Gigiena fanida tibbiy eksperiment usuli asosiy usul bo’lib, u
organizmga tashqi muhitning har tomonlama ta‘sirini o’rganadi. Tabiiy gigiyenik eksperiment usulnda bola
uchun tabiiy yashash sharoitida (dars soatlari, jismoniy mashqlar va boshqalar) organizm bilan tashqi muhit
o’rtasidagi o’zaro borliqlik, tabiiy omillarning bola organizmga ta‘sirini kuzatib,
shu yoshdagi bolalarga
uning anatomo-fiziologik imkoniyatlariga qarab tegishli normalar belgilanadi.
Yosh fiziologiyasi va gigienasi bir qancha fanlar: tibbiyot, pedagogika psixologiya fanlari bilan
chambarchas bog’langandir. Yosh fiziologiyasi bularning ilmiy-nazariy asosi hisoblanadi.
Tibbiyotning talaygina soxalari-pediatriya, bolalar xirurgiyasi, bolalar va o’smirlar gigienasi - yosh
fiziologiyasi ma‘lumotlaridan juda keng miqyosda foydalanadi. Shular asosida o’z fan
sohalarini rivojlantirib
boradi. Yosh fiziologiyasi na gigienasi pedagogika va uning barcha sohalari uchun ilmiy-tabiiy asosdir. Yosh
psixologiyasi ham yosh fiziologiyasi ma‘lumotlariga tayanadi. Pedagoglar ta‘lim-tarbiya ishlarini yosh
fiziologiyasi va gigienasi ma‘lumotlariga asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagog
bilib olishi shart bo’lgan birinchi narsa, bu bola tanasining tuzilishi va hayoti, bola tanasining anatomiyasi va
fiziologiyasi va uning rivojlanishidir. Busiz yaxshi pedagog bo’lish, bolani to’g’ri tarbiyalash mumkin emas.
Bolaning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini, uni nimalarga qodir ekanligini bilmasdan turib, yoshga aloqador
xususiyatlarini nazar-e‘tiborga olmasdan turib ta‘lim-tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish mumkin emas.
Bolalarni to’g’ri o’stirib tarbiyalash mamlakatni yuksaltirish va taraqqiy ettirish garovidir.
O’zbekistonda yosh fiziologiyasi va gigiepasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi.
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanini o’rganar ekanmiz, bu fanning umuman tibbiyot fanining
rivojiga ulkan hissa qo’shgan vatandoshlarimizni eslashimiz lozim.
X asrning ikkinchi yarmida Abu Bakr ibp Axavay Buxoriyning «Xidoyat» (tibbiyotni
o’rganuvchilarga qo’llanma) kitobida odam va bolada uchraydigan ko’pgina kasalliklar va ularni davolashda
2 ~
qo’llaniladigan dorilar haqida ma‘lumotlar berilgan. Usha davrlarda Abu Mansur Buxoriyning «Oddiy
dorilar haqida katta to’plam», Abu Saxl Masix Jurjoniyning yuz bobli «Al-kimyo» kitobida tibbiyotni
o’rganishda darslik sifatida keng qo’llanilgan.
Entsiklopedist olim Abu Rayxon Beruniy ham tibbiyot faniga katta hissa qo’shgan. Uning «Saydana»
kitobida o’simlik va hayvon mahsulotlaridan hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan mingdan ortiq
dorilar hakida ma‘lumot berilgan.
Jahon ilmiy tafakkuri rivojiga katta hissa qo’shgan buyuk alloma Abu Ali ibn Sino juda katta ilmiy
meros qoldirgan. U o’zidan oldin o’tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o’rganish
bilan birga,
qadimgi yunon tibbiy-ilmiy va falsafiy merosini, xususan, Aristotel, Evklit, Ptolomey, Galen, Gippokrat,
Pifagor kabilarning asarlarini qunt bilan o’rgandi. Ibn Sinoning «Kitob al-qonun fittibb» (Tib qonunlari)
kitobi beshta katta kitobdan iborat bo’lib, 1956, va 1962 yillarda rus va o’zbek tillarida to’liq nashr
etilgan. Bu kitoblarda odam anatomiyami, fiziologiyasi va gigienasi kabi tibbiyotning
nazariy fanlariga
hamda ichki kasalliklar, jarroxlik, dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga taaluqli bilimlar bayon etilgan. Bu
kitob 600 yil davomida butun jahondagi shifokorlar uchun asosiy qo’llanma bo’lib keldi, undagi ko’pgina
ma‘lumotlar hoeir ham o’z ahamiyatini saqlab kelmokda. U 36 marta qayta nashr etilgan. Ibn Sino turli
yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishida ifloslangan suv va havoning roli katta ekanini o’qtirib,
suvni qaynatib yoki filtrlab iste‘mol qilishni tavsiya etgan. U tashqi muhitdagi turli tabiiy narsalar havo, suv
orqali kasallik tarqatuvchi kuzga ko’rinmaydigan «mayda hayvonlar» ya‘ni mikroblar haqida L.Pasterdan
800 yil ilgari o’z fikrini bildirgan. U kasalliklarni oldini olishda tashqi muhitni muxofaza qilish, shaxsiy va
ijtimoiy gigiena qoidalariga amal qilish zarurligi haqidagi fikrlarni bundan 1000 yil ilgari aytgan edi.
XII asrda yashab ijod qilgan Ismoil Jurjoniy,
Najibuddin Samarqandiy, XVI asrda yashagan Sulton
Ali Tabib Xorosoniy tibbiyot fanini rivojiga katta hissalarini qo’shganlar.
Hozirgi davrda ham tibbiyot sohasida ko’pgina taniqli olimlar yetishib chiqdi. Jumladan, akademik
L.Yu.Yunusov fiziologiya fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan.
Ayniqsa, akademik A.Yu.Yunusovning yosh fiziologiyasini o’rganish sohasnda olib borgan ilmiy
tekshirish ishlari, alohida o’rin tutadi. Yosh fiziologiyasi masalalari Toshkent tibbiyot institutida, Nizomiy
nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida va Pedagogika ilmiy tekshirish institutida ishlab
chiqilmoqda. Professor D.D.Sharipova, E.S.Maxmudov, Z.T.Tursunov, R.D.Axmedov, V.D.Xodjimatov va
M.G.Xodjimatov va M.G.Mirzakarimova va ularning shogirdlari yosh fiziologiyasi fanini rivojlantirishda
o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng o’zining asosiy masalalaridan biri deb sog’lom avlodni
tarbiyalashni belgilab oldi. 2000 yilgi sog’lom avlod yili deb elon qilinishi
mamlakatimizda olib
borilayotgan oliyjanob, savobli ishlarning davomi deb hisoblanadi. Mustakil O’zbekiston oldida turgan
asosiy masalalardan biri bu talim tarbiya tizimidan tubdan o’zgartirib, uni hozirgi zamon talabi darajasiga
ko’tarishdir. Mamlakatimizning birinchi ordeni «sog’lom avlod uchun» ordeni bo’lib, u 4 mart 1999 yilda
qabul qilingan. 29 aprel 1993 yilda «
Sog’lom avlod uchun
» jamg’armasi tuzildi. 3 dekabr 1993 yilda Vazirlar
Mahkamasining 589 qarori bilan usib kelayotgan avlodni sog’lomlashtirish chora tadbirlari haqidagi
kompleks dastur qabul qilindi. Bu dasturning asosiy yunalishlari quyidagilardan iborat:
1. har bir xalq talimi xodimi tibbiy va gigiyenik bilimlarga ega bo’lishi.
2. har bir xalq maorifi xodimi talim-tarbiyaning gigiyenik normalarini bilishlari.
3. sog’lom turmush tarzini shakllantirish.
4. yosh avlodga gigiyenik tarbiya berish.
5. «Sog’lom avlod uchun» dasturini keng targ’ib qilish.