Davlatshoh Samarqandiy o‗z asarini yozishda qanday manbalardan



Yüklə 481,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix23.10.2023
ölçüsü481,66 Kb.
#130705
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


116 
2.
Davlatshoh Samarqandiy o‗z asarini yozishda qanday manbalardan 
foydalanadi? 
3.
«Tarixi arba‘ ulus» qanday qismlardan iborat?
4.
«Boburnoma» asarida Zahiriddin Muhammad Bobir nimalarni tasvirlaydi? 
5.
Nima uchun biz «Shayboniynoma» asarini tarixiy manba sifatida 
o‗rganamiz? 
 
 
VIII-BOB: O„RTA OSIYONING XVII-XIX ASRLAR TARIXIGA OID 
MANBALAR 
 
Muhammad Yusuf Munshiy
. XVII asrda o‗tgan yirik tarixchi olim. 
Asarida keltirgan ayrim faktlarga qaraganda, u asli Balxlik bo‗lgan va 
Subhonqulixon (1651-1681 yillarda Balx, 1681-1702 yillarda Buxoro xoni) hamda 
Muhammad Muqimxon (1697-1707 yy.) Balx xoni saroyida munshiy bo‗lib xizmat 
qilgan. 
Muhammad Yusuf Munshiy yuqorida zikr etilgan Muhammad Muqimxonga 
bag‗ishlangan «Tarixi Muqimxoniy» asari bilan mashhur. Asar 1697-1704 yillar 
orasida yozilgan bo‗lib, Balx va qisman Buxoro xonligining XVII asr tarixini 
bayon etgan. 
«Tarixi Muqimxoniy» muqaddima va uch bobdan iborat. Muqaddimada 
turkiy xalqlarning afsonaviy onasi Alankuvi: Chingizxonning ota-bobolari; 
mo‗g‗ul qo‗shinlar tomonidan Movaraunahr, Balx va Badaxshonning bosib 
olinishi tarixi bayon etilgan. 
Asarning birinchi bobida Shayboniylar davrida Movaraunahrning umumiy 
ahvolidan hikoya qilinadi. Asarning eng asosiy va muhim qismi uning II-III 
boblaridir. Ikkinchi bobda Balx va qisman Buxoro xonligining XVII asrdagi 
ijtimoiy-siyosiy hayoti, shuningdek Buxoro va Balx xonliklarining Hindiston, 
Eron, Turkiya va Qoshg‗ar bilan bo‗lgan siyosiy munosabatlari, uchinchi bobda 
esa 1702-1704 yillar voqealari, xususan, Buxoro bilan Balx o‗rtasidagi boshlangan 
qurolli kurash o‗rin olgan. 
Asarda xonlar va feodallar zulmi, mehnatkash xalqning og‗ir mashaqqatli 
ahvoli haqida ham qimmatli ma‘lumotlar uchraydi.
«Tarixi Muqimnoniy» asarining qo‗lyozma nusxalari ko‗pgina xorijiy 
mamlakatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda.

Yüklə 481,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə