Davlatshoh Samarqandiy o‗z asarini yozishda qanday manbalardan



Yüklə 481,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix23.10.2023
ölçüsü481,66 Kb.
#130705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Muhammad Kozim
. XVIII asrda o‗tgan O‗rta Osiyolik mashhur tarixnavis 
1721 yilda Marida tug‗ilgan. Otasi jahongir Nodirshohning yaqin kishilaridan 
bo‗lib, uning dastlabki harbiy yurishlarida qatnashgan va muhim diplomatik 
topshiriqlarni bajargan.
Muhammad Kozim «Nomayi alamoroyi Nodiriy» (Nodirshohning jahonga 
bezak bo‗luvchi tarixi) atalmish yirik asari 1750-1752 yillarda yozilgan. Asar uch 
jilddan iborat. Uchinchi jildi Eron, qisman O‗rta Osiyo, Hindiston, Turkiy va 
Zakavkazening 1743-1747 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag‗ishlangan. 
O‗zbekistonning XVIII asirdagi tarixni o‗rganishda asarlarning II va III
jildlari asosiy manbalardan sifatida katta rol o‗ynaydi. Ayniqsa asarlarda Eron
qo‗shinlarining 1737 yilda O‗zbekiston hududiga bostirib kirishi va G‗o‗zor, 


118 
Qarshi va boshqa rayonlarning talon-taroj qilinishini; Buxoro xonligini Nodirshoh 
tomonidan bo‗ysindirilishi (1740 y); Xorazmning 1746 yildagi og‗ir ahvoli, Eron 
askarlarining O‗rta Osiyo territoriyasiga yana bostirib kirishi (1747 y)va shu 
tufayli mehnatkash xalq ayanchli ahvolga tushib qolishdi; 1741-1742 yillarda 
Kulob, Xisori, Badaxshon, Balx va boshqa viloyat xalqining feodal zulm va chet 
yel bosqinchilariga qarshi qo‗zg‗olonlari xususida ma‘lumotlar zo‗r ilmiy 
qimmatga ega. 
Mulla Ibodulla va Mulla Muhammad Sharif
. XVIII asrlarning ikkinchi va 
XIX asrning birinchi yarmida o‗tgan buxorolik tarixchilar.Ularning qalamiga 
mansub bo‗lgan «Tarixi amir Haydar» asarlaridir.
«Amir Haydar tarixi» kichik asar (96 varaq) muhim tarixiy manbalar asosida 
yozilgan va Buxoro xonliginig Ashtarxoniylar, shuningdek asosan Mang‗itlar 
sulolasi bo‗lgan amir Haydar hukumdori (1800-1826 y) davrida ijtimoiy-siyosiy 
tarixni o‗z ichiga olada.
Asar 81 bobdan iborat. 1-2 boblar Buxoro shahri tarixiga bag‗ishlangan: 3-6 
boblar Ashtarxoniylar tarixi qisqa tarzda bayon etilgan; 7-81 boblarda esa Buxoro 
amirligining amirzoda Haydarning tug‗ilishidan to uning vafotigacha (1821 y. 6 
oktyabr) bo‗lgan tarixi hikoya qilinadi. 

Yüklə 481,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə