Davlatshoh Samarqandiy o‗z asarini yozishda qanday manbalardan



Yüklə 481,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix23.10.2023
ölçüsü481,66 Kb.
#130705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mir Olim Buxoriy
. buxorolik tarixchi olim. U amir Nasrullo hukmronligi
(1826-1860 yy.) davrida Huzor (Gʻuzor) hokimi Muhammad Olimbekning 
xizmatida boʻlgan va uning topshirigʻi bilan "Fathnomai Sultoniy" ("Sulton fath-
nomasi") tarixiy kitobini yozgan. Asar muqaddima va 29 bobdan iborat. U amir 
Shoxmurod (hukmronligi: 1785—1800) davridan 
to amir 
Nasrullaxon 
hukmronligining dastlabki yillarigacha Buxoro amirligida boʻlib oʻtgan voqealarni 
oʻz ichiga oladi. Shohmurodning Afgʻoniston hukmdori Temurshohga qarshi 
harbiy yurishlari tasvirlangan. Muarrix Nasrullaxon davri voqealarini batafsil 
yoritadi. Uning vafoti tufayli asarning 2qismi yozilmagan. "Fathnomai 
Sultoniy"ning Muhammad Murod Samarqandiy. "Rustam filni oʻldirishi" (16-asr 
oxiri, Firdavsiyning "Shohnoma" asariga ishlangan). Birinchi qismi O. Chexovich 
tomonidan rus tiliga tarjima qilingan (lekin, nashr etilmagan). Asar qoʻlyozmasi va 
ruscha tarjima Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. 
«Tarixi Abulxayrixoniy» - o„zbeklar tarixiga oid muhim manba. 
XV asrning 
20-yillarida Dashti Qipchoq ko‗chmanchi o‗zbeklar davlati tashkil topadi va u 40 
yil mobaynida faoliyat ko‗rsatadi. O‗rta Osiyo va Qozog‗iston xalqlari tarixida 
katta rol o‗ynagan mazkur davlatning asoschisi Jo‗chixonning beshinchi o‗g‗li 
Shayboniyning Avlodi Abulxayrxon edi. Mazkur davlat XV asr o‗rtalarida 
shimolda Sibirdagi To‗ra, Tobol va Tumanchaga, janubda Orol dengizi va Sirdaryo 
bo‗ylarigacha bo‗lgan hudud, shuningdek Xorazmning g‗arbiy qismini o‗ziga 
biriktirgan ulkan davlat edi. Bu davlat nafaqat Dashti Qipchoq aholisini o‗z 


119 
tasarrufiga kiritib olgan, shuningdek Temuriylar davlatining ichki ishlariga ham 
aralashib turar edi. Dashti qipchoq hamda Movaraunahrdagi XV asr birinchi 
yarmidagi siyosiy vaziyat ham ko‗chmanchi o‗zbeklar va ularning boshliqlariga 
qo‗l kelgan edi. Shuni alohida qayd etib o‗tish kerakki, Abulxayrxon davlati, 
shaxsan uni o‗zi, Dashti qipchoqning bepoyon bag‗rida ko‗chib yurgan turk-
mo‗g‗ul qabilalarining XV asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarix fanida hanuzgacha kam 
o‗rganilgan. O‗sha paytda qozoqlar xususida ham aynan shunday deyish mumkin 
edi. O‗rta Osiyoning chuqur bilimdoni P.P.Ivanov o‗z vaqtida «O‗rta Osiyo 
tarixiga oid ocherklar» degan asrida o‗sha paytdagi o‗zbeklarning ijtimoiy-siyosiy 
tuzumiga oid ayrim fikrlarni bayon qilgan. Yana bir mashhur sharqshunos olim 
A.A.Semyonov ham o‗zining bir qator maqolalarida bu masalaga to‗xtab o‗tgan. 
Chet el tarixchilaridan G.Xovors «Tarixi Abulxayrxoniy» va Abulg‗ozixonning
«Shajarai turk» asari to‗g‗risida ayrim fikrlar aytgan. Lekin, baribir bu masala 
hanuzgacha puxta o‗rganilmagan. 
Fors tilidagi ayrim noyob manbalarda ko‗chmanchi o‗zbeklar tarixiga oid 
ba‘zi ma‘lumotlar mavjud. Chunonchi, Fazlluloh ibn Ro‗zbexonning 
«Mehmonnomayi Buxoro», Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma», Ma‘sud 
ibn Usmon Ko‗histoniyning «Tarixi Abulxayrxoniy» asarlari shular jumlasidandir. 
Ayniqsa, «Tarixi Abulxayrxoniy» asarida ko‗chmanchi o‗zbeklar davlati 
to‗g‗risida material ko‗p. 
«Tarixi Abulxayrxoniy» tarixiy asar bo‗lib, dunyoning «yaratilishi» dan to 
XV asrning 60-yillarigacha islom mamlakatlari tarixini o‗z ichiga oladi. Asarning 
xulosa qismi original bo‗lib, ko‗chmanchi o‗zbeklar davlatining asoschisi 
Abulxayrxoniyning hayoti va faoliyatiga bag‗ishlangan, shuningdek, ko‗chmanchi 
o‗zbeklar va ularning ijtimoiy-siyosiy tarixi talqin etiladi. 
Asar muallifi Ma‘sud ibn Usmon Ko‗histoniydir. Uning hayoti va ijodi 
to‗g‗risida, o‗z asarida aytilganlardan tashqari ma‘lumot yo‗q. Chunonchi, 
ko‗chmanchi o‗zbek tomonidan 1431 yilda Xorazmning bosib olinishiga oid 
bo‗limda maullif
Abulxayrxoniyning o‗g‗li Suyunchxojaxonning kotibi bo‗lib xizmat qilgani 
to‗g‗risida ma‘lumot bergan. 
«Tarixi Abulxayrxoniy»ning katta qismi boshqa asarlardan ko‗chirmadir. 
Uni yozishda muallif o‗zidan avval o‗tgan Juvayniy, Juzjoniy, Binoiy, Sharafiddin 
Ali Yazdiy kabi tarixchilar asarlaridan keng foydalanilgan. Asarning xulosa 
qismida esa, muallifning so‗zlariga qaraganda, Abulxayrxoniyning safdoshlari 
birinchi navbatda otasining barcha ishlarida faol ishtirok etgan o‗g‗li 
Suyunchxo‗jaxonning esdaliklari asosida bayon etilgan. 


120 
Muallif o‗z asarini 10 ta (214-222) kichik qismlarga bo‗lgan. Birinchi 
qismida no‗g‗ay-mang‗it ulusida norozi ko‗chmanchi feodallarning g‗ozibiy eliga 
qarshi kurashlari to‗g‗risida gap boradi. 
Ikkinchi qismida (222-224) Abulxayrxoniyning kuchli shayboniy 
Mahmudxo‗jaxonga qarshi olib borgan urushlari hikoya qilinadi. Mazkur xon 
qarorgohining aniq joylashgan yeri to‗g‗risida ma‘lumot yo‗q. Faqat uning 
qarorgohi Tobol daryosi bo‗ylarida joylashgan deb aytiladi va Abulxayrxoniy bilan 
Mahmudxo‗jaxon ulusi o‗rtasida jang shu yerda bo‗lgan deyiladi. Shularga asosan 
Mahmudhojahonning 
ulusi Tobol va Ishim daryolari oralig‗ida joylashgan deb 
taxmin qilishi mumkin. Abdurazzoq Samarqandiyning hikoya qilishicha, 
ko‗chmanchi o‗zbeklar Xorazmga ikki marta yurish qilganlar: birinchisi 1431 
yilda, ikkinchisi 1434/35 yillarda bo‗lgan. Shundan kelib chiqib, Abulxayrxon 
Mahmudxo‗jaxongi qarshi 1430 yilda jang qilgan deb aytish mumkin. 
Asarning uchinchi va to‗rtinchi qismida (225-227) ko‗chmanchi 
o‗zbeklarning Xorazmga qarshi yurishiga bag‗ishlangan. Bu yurish natijasida 
mazkur mamlakat, ayniqsa uning poytaxti Urganch batamom vayron qilingan. 
Iqlimi noqulay bo‗lganligi sababli bu yerni ko‗chmanchi o‗zbeklar tashlab 
ketishganliklari to‗g‗risida ma‘lumot bor. A.A.Semyonov esa ko‗chmanchi 
o‗zbeklarning Xorazmni tark etishlariga bu yerda tarqalgan o‗lat kasali sabab 
bo‗lgan degan fikrni bildirgan. 
Beshinchi qism (227-229)da Abulxayrxonning jo‗jiy shahzodalar, ya‘ni 
og‗a-ini Ahmadxon hamda Mahmudxonlarga qarshi kurash olib borganligi, og‗a-
inilarning qarorgohi joylashgan Ekri tub mavzeyiga hujum qilganligi haqida 
hikoya qilinadi. Ma‘sud ibn Usmon Ko‗histonning aytishicha bu urushda og‗a-
inilar mag‗lubiyatga uchraganlar. 
XV asr 40-yillarning ikkinchi yarmida o‗zbek zodagonlari o‗zaro kurashlari 
kuchayib ketdi. «Tarixi Abulxayrxoniy»ning oltinchi qismi ana shu voqealar 
tafsilotiga bag‗ishlangan (229-230). Dashti Qipchoqlik o‗zbek xonlaridan biri 
Mustafoxon bu urushda 4500 ga yaqin odamidan ayrilgan. Bularning 1000 ga 
yaqini zodagonlar bo‗lgan. Ammo fikrimizcha, bu o‗rinda raqamlar ancha oshirib 
ko‗rsatilgan. 
Yettinchi bo‗limda (230-231) Sirdaryoning o‗rta oqimida joylashgan 
shaharlar: Signoq, So‗zak, O‗zgand, Oqqo‗rg‗on va Arquqda ko‗chmanchi 
o‗zbeklar xoni hokimiyatining o‗rnatilishi haqida hikoya qilinadi. Bu voqea 1446 
yilda sodir bo‗lgan, chunki oilasi yilning bahorida, muallifning ta‘kidlashicha 
Abulxayrxon Shohruh vafotidan voqif bo‗lgach, hamda Movaraunahrda 
Ulug‗bekning yo‗qligini bilgach, yaylovga ko‗chishni bir qadar kechiktirib, tezlik 
bilan Samarqandga yurish boshlaydi. Ko‗chmanchi o‗zbeklar o‗shanda Samarqand 
atrofini talab, katta o‗lja bilan qaytib kelganlar. Ammo bu fakt boshqa manbalarda 


121 
uchramaydi, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamirlar shu voqea 
to‗g‗risida biron narsa yozib qoldirmaganlar. 
Ulug‗bek qatl etilgach, temuriylar o‗rtasida hokimiyat uchun kurash avjga 
chiqdi. Asarning sakkizinchi qismi ana shu voqealarga bag‗ishlangan (231-237). 
Bu qismda Ulug‗bek va Abdulazizxonning qatl etilishi to‗g‗risida ham ma‘lumot 
beriladi. Ulug‗bek Samarqand va Shohruxiya qal‘alarining darvozalari yopib 
qo‗yilgach, u Abulxayrxonning qarorgohiga yo‗l olmoqchi bo‗lganligi aytiladi. 
Ammo o‗g‗lining marhamatiga umidvor bo‗lgan Ulug‗bek hokimiyatni topshirib, 
qolgan umrini ilm-ma‘rifatga bag‗ishlash maqsadida Samarqandga qaytib keladi. 
Mazkur qismda Abdulatifning qatl etilishi, sulton Abu Saidning toju-taxt uchun 
kurashlari, Abu Saidning Abulxayrxon va ko‗chmanchi o‗zbeklar yordamida 
Samarqand taxtini egallab olganligini bayon etadilar. Shuni alohida qayd qilib 
o‗tish lozimki, musulmon tarixchilari ichida faqat Ma‘sud ibn Usmon 
Ko‗histoniygini Abu Saidning Abulxayrxondan yordam so‗rab, uning qarorgohiga 
bormoqchi bo‗lganligi to‗g‗risida ma‘lumot keltirilgan. 
To‗qqizinchi qism (238-239)da Abulxayrxonning qalmoqlar bilan qilgan 
jangi tasvirlangan, bu jangda Abulxayrxon to‗la mag‗lubiyatga uchraganligi 
Abulxayrxon Signoq qal‘asiga kirib yashirinishga majbur bo‗lganligi, Qalmoqlar 
va Signoq, Turkiston va Shohruxiya va Toshkent atroflarini talab va vayron qilib, 
o‗z yurtlariga Chu vodiysiga qaytib ketganliklarini yozadi. Bu voqea 1456 yilda 
sodir bo‗lgan edi.
Uchinchi qism (214-244)da ko‗chmanchi o‗zbeklarning temuriylarning oliy 
hokimiyat uchun olib borgan kurashiga aralashuvlari to‗g‗risida hikoya qilinadi. 
Bu gal ko‗chmanchi o‗zbeklar Abdulatifning o‗g‗li Muhammad Jo‗qiy tomonidan 
turib sulton Abu Saidga qarshi kurash olib bordilar. Mazkur qismda mashhur 
«Shayboniynoma» asarining muallifi Muhammad Solihning otasi amir 
Nursaidning tarjimai holi to‗g‗risida ma‘lumot beriladi. 
Asarning so‗nggi qismida aytilishicha, Abulhayrxon 1468 yilda 57 yoshida 
vafot etgan. Asarning (246-247) varaqlarida uning naslu-nasabi ro‗yxati 
(shajarasi) keltirilgan. Shuningdek, ko‗chmanchi o‗zbek qabilalari boshliqlarining 
ismlari ham qayd etiladi. 

Yüklə 481,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə