Davlatshoh Samarqandiy o‗z asarini yozishda qanday manbalardan



Yüklə 481,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix23.10.2023
ölçüsü481,66 Kb.
#130705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
I.Maqsudov missiyasi
. XVIII asrning ikkinchi yarmi Rossiya Buxoro 
savdo va diplomatik aloqalari tarixida Rossiya elchiligining 1774-1776 yillarda 
Rossiyaga borishlik katta qiziqish uyg‗otdi. Shu bilan birga bu elchilik siyosiy 
ahamiyati ham bor edi. I.Maqsudov rus hukumatiga qilgan takliflariga ko‗ra, 
Rossiya bilan Buxoro o‗rtasidagi savdo aloqalari yanada rivojlantirish uchun 
qozoq juzlarida Rossiya mavqeini mustahkamlash zarur edi. Imperator kengashi 
majlisida ko‗rib chiqilgan bu taklif Rossiya diqqatini jalb etdi. Rus hukumati 
I.Maqsudov elchiligida katta e‘tibor berar edi. 1779-1780 yillarda I.Maqsudov 
Rossiyaga ikkinchi elchilik boshlig‗i bo‗lib bordi. 1797 yilda esa Rossiyaga 
Shomurodning elchisi Polvonqul qurchi tashrif buyurdi. 
Ivan Xoxlov elchiligi
. 1620-1622 yillarda rus podshosi Mixail Fyodorovich 
Ruslano Buxoroga Ivan Danilovich Xoxlov boshchiligida elchilik yuboradi. U 
1620 yildan boshlab diplomatik xarakterdagi turli xil topshiriqlarni bajarib kelardi. 
Ivan Xoxlov Eron elchisi Pirqulibekka nazoratchilardan biri etib tayinlanib, uni 
Saratovga kuzatib qo‗ygandi. O‗sha vaqtda Ivan Xoxlov akasi Vasiliy bilan birga 
«o‗z vatani bo‗lmish Qozonda davlat xizmatidagi boshliqlar hisoblanardilar». Ivan 
Xoxlov Buxoro xoni Imomqulixonga elchi etib tayinlangan… 1620 yildayoq tilga 
olingan. 
Ivan Xoxlov elchi sifatida Buxoro elchisi bilan birga Imomqulixon huzuriga 
yuboriladi. U Rossiya bilan savdo va elchilik aloqalarini mustahkamlash, rus 
asirlarini ozod qilish to‗g‗risida xon bilan olib boriladigan muzokaralar 
muvaffaqiyatini ta‘minlash, shuningdek Buxoroning tashqi siyosati ahvoli 
to‗g‗risida ma‘lumotlar to‗plashi kerak edi. U xonni Rossiyaning kuch-qudrati va 
ulug‗vorligiga ishontirib, u bilan savdo hamda siyosiy aloqalarni mustahkamlashga 
ko‗ndirishi lozim edi. Elchiga, xususan buxoroliklarga turli narsalar bilan savdo 
qilishga ijozat berish hamda ularni «siquvlar va ranjitishlaridan» himoya qilish 
to‗g‗risida Qozon va Astraxan askarboshilariga, shuningdek boshqa shaharlar 
askarboshilariga podsho farmoyishi bilan beriladigan xonni xabardor qilish 
qiziqtirar edi. 
Ivan Xoxlovning elchiligi 1620 yil 21 iyulda Buxoro va Xiva elchilari 
Odambiy va Rahimqul bilan birga Qozondan jo‗nab ketadi. Elchilik tarkibida 
tarjimonlar Ivan Tirkov va Semeyki Gerasimovlar bor edi. Elchilik bosib o‗tgan 
yo‗l Astraxan Kaspiy dengizi – Tupkaragan pristani – Xayrobod-Buxoro orqali 
tushgan edi. Xoxlov va uning hamrohlari yo‗lga ketgan vaqtini hisoblaganda 30 
oyga (1620 yil 21 iyuldan 1622 yil 12 dekabrga) qadar bo‗lgan edilar. 
Ivan Xoxlov hisobidan ma‘lum bo‗lashicha elchilik o‗z oldiga qo‗yilgan 
maqsadga 
erishgan 
edi. 
Elchilik 
qaytib 
ketayotganida 
Xivada 
unga 
Imomqulixonning elchisi Odambiy boy sovg‗alar bilan yetib oladi. Elchilik 


132 
Moskva podshosi uchun «ikki arg‗umoq, chodir uy, pichoq, toshlar bilan 
bezatilgan qinlar, oltita baxmal, to‗qqizta ipak, tuya» beriladi. Imomqulixon unga 
yo‗l xarajatlari uchun 400 tanga, o‗zi uchun boy sovg‗alar – egar va yuganlik 
arg‗umoq, tilla ip bilan tikilgan shohi belbog‗ bergan edi. U o‗z saroyidagi 23 
nafar rusni ozod etgan edi. Elchilikning moddama-modda ro‗yxati va boshqa 
hujjatlarda ikkala O‗rta Osiyo xonligi – Xiva va Buxoro xonliklarining XVII asr 
birinchi choragidagi ichki va xalqaro ahvoli to‗g‗risida eng qimmatli ma‘lumotlar 
keltirilgan. 

Yüklə 481,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə