Davlatshoh Samarqandiy o‗z asarini yozishda qanday manbalardan



Yüklə 481,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix23.10.2023
ölçüsü481,66 Kb.
#130705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bahr ul-Asror
. Bahr ul-Asror (to‗la nomi: «Bahr ul-Asror fi manoqib ul-
ahyor» - «Olijanob kishilarning inson shavkati haqida sili dengizi») – qomusiy asar 
bo‗lib, o‗rta asr fanining ilmi nujum, jug‗rofiya va tarix sohalarini o‗z ichiga oladi. 
Asar ashtarxoniylardan Balx xoni Nodir Muhammadxon (birinchi hukm. 1606-
1642yy, ikkinchi 1647-1651 yy.) topshirig‗iga binoan yozilgan. 


125 
Asar muallifi Saroy kitobdori yirik olim va shoir Mahmud ibn Vali, uni 
Amir Xoloti Kosoniy ham deb atashgan. 
Muallif «Bahr ul-Asror» asarini 7 jilddan iborat qilib yozishni mo‗ljallagan: 
1) Dunyoning yaratilishi, yer yuzidagi tog‗, daryo, dengizlar va ularning xalqi
hayvonot olami haqida; 2) Islomga o‗tgan payg‗ambarlar va hakamlar; 3) 
Muhammad Alayhisalom tarixi; 4) Xalifalar va imomlar tarixi; 5) Abbosiylar bilan 
asrdosh bo‗lgan Tohiriylar, safforiylar, somoniylar, g‗aznaviylar, buvayxiylar, 
saljuqiylar, xorazmshohlar sulolaridan bo‗lgan Eron va O‗rta Osiyo hukmronlari 
tarixi; 6) Chingizxondan ashtarxoniylardan Nodir Muhammadxon davrigacha 
Xitoy, Eron va O‗rta Osiyoda bo‗lib o‗tgan voqealar; 7) Movaraunahr, Xuroson, 
Eron hamda Hindistonda o‗tgan Amir Temur va uning avlodlari tarixidan iborat. 
Asarning bizgacha faqatgina birinchi va oltinchi jildlarigina yetib kelgan. 
Bahr ul-Asror oltinchi jildining daslabki uch rukani Rashiddinning mashhur 
«Jome‘ ut-tavorix», Mirza Ulug‗bekning «Tarixi arbai‘ ulus», Sharafiddin Ali 
Yazdiyning «Zafarnoma», Mirza Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidiy», 
Hofiz Tanish Buxoroiyning «Sharafnomayi Shohiy» va boshqa yirik 
muharrirlarning asarlariga asoslangan holda yozilgan. 
Asarda xususan, ashtarxoniylar sulolasining kelib chiqishi tavsiloti berilgan. 
Ashtarxoniylar sulolasi asoschisi Joni Muhammad nomi bilan joniylar sulolasi deb 
ham yuritiladi. Sulolaning bobokaloni To‗qay Temurdan sulola asoschisi Joni 
Muhammadgacha bo‗lgan voqealar, To‗qay Temur ulusi tarixiga doir ma‘lumotlar 
berilgan. 

Yüklə 481,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə