Davlatshoh Samarqandiy o‗z asarini yozishda qanday manbalardan


Mir Muhammad Amin Buxoriy



Yüklə 481,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix23.10.2023
ölçüsü481,66 Kb.
#130705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mir Muhammad Amin Buxoriy
. Buxorolik o‗qimishli va fozil kishilardan 
(XVII asr): 1645 yilda tug‗ilgan. Ashtarxoniylardan Subhonqulixon va 
Ubaydulloxon (1702-1711 yy.) saroyida bosh munshiylik vazifasida xizmat qilgan.
Mir Muhammad Amin Buxoro xonligining 1702-1716 yillar orasidagi 
ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti haqida hikoya qiluvchi va «Ubaydullanoma» 


117 
nomi bilan mashhur bo‗lgan muhim asar muallifidir. Bu asar 1617 yilda yozilgan 
va muqaddima, xotima va 80 bobdan iborat. Muqaddima qismida Abdulazizxon va 
Subhonqulixon davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli qisqa tarzda 
bayon qilingan. 1-80 boblarda, yuqorida aytilgandek Buxoro xonligining qariyb 15 
yillik (1702-1716 yy.) ijtimoiy-siyosiy tarixi batafsil yoritilgan. Muallif asarda yer 
egaligi; aholidan olinadigan soliq va jarimalar, Buxoro xonligining davlat tuzumi; 
tarqoqlikning kuchayishi, mamlakat boshiga tushgan iqtisodiy qiyinchiliklar va 
uning sabablari kabi misollarga ham keng o‗rin berilgan. Undan tashqari, asarda 
geografik va etnografik ma‘lumotlar ham ko‗p. «Ubaydullanoma»ning 10 dan ortiq 
qo‗lyozma nusxasi mavjud. Asar to‗la ravishda rus tiliga tarjima qilingan 
(A.A.Semyonov) va 1957 yilda nashr etilgan. 
Abdurahmon Davlat
. Ubaydullaxon va Abulfayzxon (1711-1747 yy.) 
saroyida xizmat qilgan munajjim, shoir va tarixshunos olim. Abdurahmon Davlat 
«Tarixi Abulfayzxon» nomli tarixiy asar yozib qoldirgan. Mazkur asar hajmi 
jihatidan kichik (161 varaq) bo‗lib, yuqorida zikr etilgan «Ubaydullanoma»ning 
davomi hisoblanadi va Buxoro xonligining 1711-1723 yillar orasidagi tarixini o‗z 
ichiga oladi. Ma‘lumki, XVIII asrning birinchi choragida Buxoroning iqtisodiy va 
siyosiy ahvoli yanada zaiflashadi, ulus boshliqlarining, ya‘ni mahalliy 
hukmdorlarning mustaqillik harakati kuchaydi, ularning ayrimlari (masalan Balx 
va Samarqand) markaziy hokimiyatga bo‗ysunmay qo‗ydilar; Farg‗ona XVIII asr 
boshlarida 1709 yil Ashtarxoniylar davlatidan ajralib chiqdi va bu o‗lkada mustaqil 
Qo‗qon xonligi tashkil topdi: 1722 yilda Samarqandda mustaqillik e‘lon qilindi va 
Rajabxon ismli shaxsni xon deb e‘lon qildilar (1722-1728yy.), o‗zaro kurashlar 
boshlanib ketdi. «Tarixi Abulfayzxoniy» mana shu masalarni keng yoritib bergan. 
Bundan tashqari, asarda Buxoro xonligining davlat tuzumi va o‗zbek xalqining
etnik tarkibi ham ayrim diqqatga sazovor faktlar va ma‘lumotlar bor.
«Tarixi Abulfayzxoniy»ning to‗la ruscha tarjimasi zarur izohlar bilan 1959 
yilda A.A.Semyonov tomonidan nashr qilingan. 

Yüklə 481,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə