Davlatshoh Samarqandiy o‗z asarini yozishda qanday manbalardan



Yüklə 481,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix23.10.2023
ölçüsü481,66 Kb.
#130705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Savol va topshiriqlar: 
1.
Ashtarxoniylar va Mang‗itlar tarixiga oid qanday asarlarni bilasiz? 
2.
Mang‗itlar sulolasining eng so‗nggi vakili kim edi? 
3.
Hofiz Tanish Buxoroiyning «Sharafnomayi Shohiy» asarida qaysi sulola 
tarixi yoritilgan? 
 
IX-BOB: O„RTA OSIYO TARIXIGA OID RUS VA YEVROPA 
TILLARIDAGI YOZMA MANBALAR 
 
O‗rta Osiyo xonliklarining boshqa mamalakatlar bilan o‗zaro aloqalarida 
chet el elchilari muhim rol o‗ynaydi. XVI asr - XIX asrning birinchi yarmida O‗rta 
Osiyoga Osiyo va Yevropaning olis hamda yaqin mamlakatlarining turli 
podsholari yuborgan ko‗p elchilar tashrif buyurdilar. O‗rta Osiyo va 
xonliklarining Moskva davlati bilan elchilik aloqalariga doir ma‘lumotlar katta 
qiziqish uyg‗otadi. Yozma manbalarga ko‗ra, 1558 yildan 1702 yilgacha 12 ta 
XVIII asr davomida 9 ta rus elchisi ma‘lumdir. Elchilar odatda muayyan siyosiy 
muammoni hal etish uchun yuboriladi. Ko‗pincha elchilar savdo bilan bog‗liq 


126 
muammoni hal etganlari uchun ularga tajribali savdogarlar boshchilik qilganlar. 
Ko‗pchilik aloqalar O‗rta Osiyo xonliklarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli, 
savdoning holati va istiqbollari, savdo yo‗llarining asosiy yo‗nalishlari, qo‗shni 
mamlakatlar bilan o‗zaro aloqalar to‗g‗risida axborot, ya‘ni siyosiy ahamiyatga ega 
bo‗lgan axborot tolish imkonini berardi. Chunonchi, XVII asrda O‗rta Osiyodagi 
rus elchilarining faoliyati O‗rta Osiyo xonliklari to‗g‗risida ma‘lumotlar to‗plash 
imkonini berdi. Bunga O‗rta Osiyoga yuborilgan A.Jenkinson, I.D.Xoxlov va 
Florio-Beneveni elchiliklari yorqin misol bo‗la oladi.
A.Jenkinson elchiligi
. Moskva davlati mulklarida joylashgan Volga 
yo‗lidan O‗rta Osiyo va Eron orqali Hindiston bilan savdo aloqalari olib borish 
maqsadida foydalanish masalasi kun tartibiga qo‗yildi. Bunda 1555 yilda paydo 
bo‗lib XVI – XVII asrlarda ingliz-rus aloqalari muhim hissa qo‗shgan «Moskva 
kompaniyasi» katta rol o‗ynaydi. Bu kompaniya yordamida inglizlar Rossiya 
orqali Sharqiy O‗rta Osiyo va Eronga yo‗l ochishga muyassar bo‗ldilar, bu yerda 
1558 yilda 7 ta ingliz sayohatchilari tashrif buyurib, ular orasida Xiva va Buxoroga 
borgan Antoni Jenkinson ham bor edi. A.Jenkinson to‗g‗risida biografik 
ma‘lumotlar juda kam. A.Jenkinson va uning hamrohlari (Richard va Robert 
Jonsonlar hamda tarjimon tatar Aziz) sayyohatni 21 oy (1558 y. aprelidan 1559 y. 
2 sentyabrgacha ) davom etdi. 
A.Jenkinson «Rossiyadagi Moskva shahridan Baqtriyadagi Buxoro 
shahrigacha 1558 yildagi sayyohati» bayonini qoldirgan. A.Jenkinson o‗zining 
O‗rta Osiyoga bo‗lganligidan Xitoyga olib boriladigan yo‗llar to‗g‗risida 
ma‘lumotlar to‗plash maqsadida foydalangan. U Buxoro va butun O‗rta Osiyo 
bilan savdo-sotiq imkoniyatlarini oshirib ko‗rsatmagan. A.Jenkinsonning 
Saroychik, Xorazm shaharlari – Vazir va Urgench to‗g‗risidagi ma‘lumotlari 
qimmatlidir, ular A.Jenkinson bu shaharlarda bo‗lgan Vazir Xorazmning markazi 
bo‗lib, Urganch inqirozi yuz tutganligini tasdiqlaydi. 
A.Jenkinson va uning hamrohlari Buxoroda uch oy bo‗ldilar. U shahar uning 
ijtimoiy va iqtisodiy turmushi, xon hamda uning hokimiyati to‗g‗risida juda 
qiziqarli ma‘lumotlar qoldirdi. Jenkinson Buxoroning xalqaro savdodagi roli va 
o‗rnini belgilashga katta ahamiyat beradi. 
Qo‗lida rus podshosining shahodatnomalari bo‗lgan A.Jenkinsonni 
Abdullaxon qabul qiladi. Buxoro xoni Rossiyadagina emas, balki Turkiya, 
Angliyadagi ahvol, shuningdek Yevropa armiyalari qurollari bilan ham qiziqadi. 
A.Jenkinson, Ridard Jonson bilan birga Buxorodan Xitoygacha boradigan 
yo‗llar to‗g‗risida ma‘lumotlar to‗pladi, Astraxandan Xitoygacha bo‗lgan yo‗lni 
aniqladi. Bu elchilikning natijalari Rossiya uchun ham O‗rta Osiyo uchun ham 
katta ahamiyat kasb etib, natijada Rossiya bilan O‗rta Osiyo xonliklari o‗rtasida 
faol diplomatik savdo aloqalari boshlanib ketgan edi. 


127 
O‗rta Osiyoga tashrif buyurgan birinchi ingliz sayyoxi va elchisi Antoniy 
Jenkinson (1529- 1611yy.) sayoxatlarini 1546 yil 2 oktabrdan boshlab, 1572 yilda 
Rossiyaga safari bilan tugalladi. Shu davr ichida u Yevropa, Shimoliy Afrika, 
Kichik va Old Osiyoni, shuningdek, Markaziy Osiyoni ham aylanib chikdi. Turli 
xalqlarning urf-odatlari va tarixini o‗rgandi. 1555 yilda tashkil topgan ―Moskva 
savdo kompaniyasi‖ tarkibida Rossiyaga uch marta (1557, 1566, 1571) sayoxat 
uyushtirdi. Dastlabki sayoxatida u O‗rta Osiyoga ham tashrif buyurdi (sayoxatga 
uch kema bilan chiqdi va o‗zi ―Primroz" kemasida admiral edi)

Sayoxat 21 oy 
davom etdi (1558 yilning aprelidan 1560 yilning sentabr oyigacha). U O‗rta 
Osiyoga sayoxatini ―Rossiyaning Moskva shaxridan Baqtriyaning Buxoro 
shaxriga‖ deb nomladi (kundalik 1562 yilda Londonda nashr etilgan). Antoniy 
Jenkinson kundaligida yozganidek, o‗zaro urushlar tufayli Xitoyga bora olmasdan 
Buxorodan qaytishga majbur bo‗ldi. Kundaligining ham yuqoridagi singari 
nomlanishiga aynan ushbu omil sabab bo‗lgan. Jenkinson sayoxati davomida 
tuzgan yul xaritasini "Nova absolutaque Russiae, Moscoviae et Tartariae 
Descriptio" (―Rossiya, Muskoviya va Tartaryoning mutlaqo yangi ta‘rifi") nomi 
bilan 1562 yilda Londonda kichik xajmda e‘lon qildi. 1570 yilda Abraxam Arteliy 
―Yer sharining manzaralari‖ nomli xaritasiga ushbu xaritadagi ba‘zi suratlarni 
qisqartirgan xolda kiritgan. Xaritada Buxoro xukmdorining ham suratini ko‗rish 
mumkin. Surat ostiga "Blag Chan" deb yozilgan. Ushbu asarda Buxorodan tashqari 
O‗rta Osiyoning Urganch (Urgence), Vazir (Sellisure), Qiyot (Kait), Toshkent 
(Taskent) shaxarlari va ularning xukmdorlari xaqida qiziqarli ma‘lumotlar 
keltirilgan. Buxoroda o‗tgan ikki oydan ortik vaqt ichida Jenkinson shaxar savdosi 
va pul muomalasi borasida aniq fikrlarni bildirgan xolda, xukmdorning qochib 
ketishi, shaxar axolisi xaqidagi ba‘zi fikrlari tarixiy xaqiqatga to‗g‗ri kelmaydi. 
Buxoroning joylashuvuni, daryolar va boshqa ba‘zi xabarlarni yozishda Jenkinson 
bu yerga kelishidan oldin o‗ziga ma‘lum bo‗lgan ma‘lumotlardan foydalanadi. 
Uning gijja kasalligi xaqidagi ma‘lumotlaridan keyingi davrda kelgan sayyoxlar 
ham foydalanishgan. Aynan ushbu kasallik turli davrda kelgan sayyoxlarni 
qiziqtirgan. Jenkinson o‗z kundaligida Buxoro xaqida quyidagilarni yozib 
qoldirgan: 
23 dekabr kuni biz Baqtriya xududidagi Buxoro (Boghar) shaxriga keldik. 
Ushbu shaxar o‗lkaning pastlik qismida joylashgan bo‗lib, baland devor va 
darvozalar bilan o‗ralgan. Darvozalarning ikkitasi bizni xon qarorgoxiga, bittasi 
esa savdo rastalariga olib boradi. Bu yerda har bir xunarmand o‗zining joyi va 
aloxida do‗koniga ega edi. Shaxar juda katta, uylar, asosan, xom g‗isht va 
guvalalardan qurilgan. Ammo, toshdan qurilgan uylar ham kam emasdi. 
Ibodatxona va saroylar salobatli va jim-jimador qilib qurilgan. Ayniqsa 
hammomlar moxirona ishlangan bo‗lib, ularning tengi boshqa joyda yo‗q. Ular 


128 
xaqida to‗liqroq gapiradigan bo‗lsam, uzoq xikoya bo‗ladi. Shaxarning o‗rtasidan 
kichik anxor oqib o‗tadi. Anxorning suvi loyqa bo‗lib, Buxoroda tug‗ilmagan har 
qanday kishi uning suvidan ichsa, tirnoqlari ostida va etida qurt (gijja) paydo 
bo‗ladi. Uni faqat mahoratli jarroxgina et orasidan olishi mumkin. Agar shu 
jarayonda qurt uzilsa, har kuni bir dyumga o‗sib boraveradi. Qurtning qolgan 
qismi oxiri kelmaguncha aylantirib olinaveradi. Muolaja jarayonida bemorga toza 
suv va ot sutidan boshqa xech 
narsa berilmaydi. Kimdir qoidani buzib boshqa 
biror bir ichimlikni iste‘mol qilsa ochiq bozor maydonlarida qamchi bilan urib 
jazolangan. Aloxida shu ish bilan shug‗ullanadigan harbiylar xar bir uyni tintib, 
uydan topilgan spirtli ichimlik, vino yoki asalga turli maxsulotlar qo‗shib 
ishlangan ichimliklarni topishsa, idishlarni sindirishgan va ichimlik tarkibi 
buzilgan. Agarda uy egasining nafasidan ham ichimlik hidi sezilsa, o‗sha yerda 
urib jazolangan.
Buxoroning diniy rahnamosi (metropolitane) bu qonunning amal qilishini 
qat‘iy nazorat qilgan. U xondan ham yuqori turgan, u xoxlagan vaqtida xonni 
almashtira olgan. Xozirgi hukmdor ham uning ixtiyoriga ko‗ra davlatni 
boshqaryapti. Uning buyrug‗i bilan oldingi hukmdor o‗z yotog‗ida o‗ldirilgan. 
Forslar ham musulmon bo‗lishiga qaramasdan, Buxoro shu kunlarda ular 
bilan shafqatsiz diniy urush olib bormoqda. Forslarning buxorolik yoki ba‘zi 
tatarlar kabi soqollarini qo‗ymasliklari urushga sabab bo‗lgan. Bu esa 
musulmonlarda katta gunoh hisoblangan. Shuning uchun forslarga ishonishmagan 
va xristianlar kabi ularni ham kofir deb bilishgan. 
Buxoro hukmdori u qadar boy ham qudratli ham bo‗lmagan. Uning 
daromadi ko‗p bo‗lmay, xazinaning katta qismi shaxar xisobidan to‗ldirilgan. 
Hunarmand savdogarlardan daromadining 1/10 qismi soliq sifatida olingan. Bu esa 
xalqni tobora kambag‗allashuviga olib kelgan. Soliqlar yig‗ilishi ustidan hukmdor 
qattiq nazorat qilgan. Xazina kamaygan taqdirda, hukmdor darxol amaldorlarni 
yuborib, noqonuniy tarzda savdogarlarning mollarini ham qarzi evaziga tortib 
olgan. Men olib kelgan o‗n to‗qqiz bo‗lak (to‗p) matoning pulini to‗lash uchun 
ham hukmdor xuddi shunday yo‗l tutdi. Xonlikda kumush va mis tangalar 
ishlatilib, oltin umuman ishlatilmagan. Bir kumush tanga 12 ingliz pensiga, mis 
tanga pul (Poole) deb atalib, 120 pul 12 pensga teng bo‗lgan. To‗lovlarda 
kumushga nisbatan mis tangalar ko‗proq ishlatilgan. Kumushning bahosini xon har 
oyda bir marta o‗zgartirgan. Ba‘zan narx oyiga ikki marta ham o‗zgartirilgan. 
Xalqni qiynalishi bilan hukmdorning ishi ham bo‗lmagan. U hatto qancha vaqt 
hukmronlik qilishini ham bilmagan. Xonlar 2 yoki 3 yil davlatni boshqarishgan 
ba‘zan ularni xalq xaydab yuborishi ham mumkin bo‗lgan. Bularning barchasi 
xalqni va
 
savdogarlarni xonavayron bo‗lishiga olib kelgan. 
26 dekabrda menga xon xuzuriga kelish buyurildi va men unga rus podshosi 


129 
tomonidan berilgan yorliqlarni taqdim etdim. U meni muloyimlik bilan qabul kildi 
va birgalikda tushlik qilishga taklif etdi. Xon mening orqamdan bir necha bor 
odam yuborib, podshoxning qudrati (Ivan IV) va turk sultoni, shuningdek bizning 
mamlakatlarimiz, qonunlarimiz va dinimiz xaqida men bilan maxfiy xonada suxbat 
olib bordi hamda meni bizning qurollarimizdan uning oldida otishni buyurib, o‗zi 
ham ulardan otishni mashq qilar edi. 
Shunday bo‗lsada, men varvar hukmdorini maqtashga majburman, xolbuki u 
Buxoroga kelayotganimizda bizni talagan o‗g‗rilarga qarshi 100 nafar yaxshi 
qurollangan askarlarni yubordi va o‗g‗rilarni topib qatl qilishni buyurdi. Sahroning 
ichkarisidan topilgan o‗g‗rilarning bir qismi urib jazolandi, qolgani esa qochib 
ketdi. O‗g‗rilarning 4 tasini xonning xuzuriga olib kelishdi. Ularning ikkitasi biz 
bilan bo‗lgan to‗qnashuvda og‗ir yaralangan edi. Xon bizga odam yuborib, 
o‗g‗rilarni aniqlashni buyurdi. Shundan so‗ng bu to‗rttalasini saroy darvozasi 
yuqorisiga osishdi. Qaroqchilar obro‗li kishilarning
farzandi bo‗lishiga 
qaramasdan, xon ushbu ishni amalga oshirdi. O‗g‗irlangan mollarni ozgina qismini 
olishga muyassar bo‗ldik. Xondan faqat shu yaxshilikni ko‗rdim. 
Har yil Buxoroda bir marotaba savdogarlarning yig‗ilishi bo‗ladi. Xindiston-
Eron, Balx (Balgh) va boshqa bir qator yirik mamlakatlardan katta savdo 
karvonlari keladi. Oldinlari tinch va chegaralar ochiq vaqtda Xitoydan ham 
karvonlar kelgan. Savdogarlar shu qadar kambag‗al ediki, ularning kam 
miqdordagi mollari 2-3 kunlab sotilmay qolardi. Chunki, bu tovarlar katta foyda 
keltirmagan. Xalqqa zarur mollar quyidagi davlatlardan olib kelingan. Hindlar, 
tatarlar boshlariga o‗raydigan harir oq mato va boshqa sifatli matolar, paxtadan 
tikilgan ko‗ylaklar olib kelishgan, ammo ular oltin, kumush va qimmatbaxo toshlar 
va xushbuy ziravorlarni olib kelishmagan. Mening aniqlashimcha, bu mollar 
portugallar nazorati ostida okean orqali boshqa joylarga olib ketilgan. Hindlar 
Buxorodan ipak mato, teri xom-ashyosi, qul, otlar va movut olib ketishgan. Bu 
mollar ularga juda kam daromad keltirgan. Men Hindistonning turli joylaridan, 
Bengaliya va Gang bo‗ylaridan kelgan savdogarlarga o‗zimdagi matolarni 
olishlarini taklif qildim, ammo ular olishmadi. 
Buxoroda bo‗lganimda Xitoydan tashqari ko‗plab turli buyuk davlatlardan 
karvonlar keldi. Sababi men kelishimdan uch yil oldin Xitoy tomonda urush 
boshlangan ekan. Bu urush xozir ham davom etmokda. Urush ikki tatar davlatlari 
o‗rtasida Xitoy chegarasidagi cho‗l hududlarida bo‗layotgan edi. Urushayotgan 
shaxarlarning biri Toshkent (Taskent), ikkinchisi Koshg‗ar (Cascar) deyilgan. 
Toshkentda yashovchi xalqlar qozoqlar (Cassack) bo‗lib, ular islom diniga 
sig‗ingan, urush olib borayotgan Qashg‗arni xonlar (Qings) boshqargan. Ularning 
tili x,am dini ham bir bo‗lgan. Bu varvar xalqlari juda kuchli edi, ular cho‗lda 
yashashgan. Ularning doimiy uyi ham, shaxri ham bo‗lmagan. Ammo, ular katta 


130 
shaxarlarni talashgan. Bu xalqlar yo‗lini shunday to‗sishgan ediki, xech bir karvon 
talanmasdan o‗ta olmasdi, Biz shu yerdaligimizda bir narsaga amin bo‗ldimki, 
urush davomida xech kim ushbu yo‗ldan o‗tayotgan karvonlarni himoya qilmagan. 
Xitoydan chiqqan karvonlar yul ochik vaktda ham 9 oyda Buxoroga kelishgan. 
Men 
Xitoy 
xaqidaga 
xikoyalarni 
va 
eshitganlarimni 
bizning 
uchrashuvimizda aytishni afzal ko‗rdim. Buxoroda qish mavsumida dam olayotib, 
bu yerdagi savdo haqida ko‗p surishtirganimdan so‗ng, bu yerda ham savdo boshka 
o‗lkalar savdo-sotig‗iga o‗xshashligi bilan tanishdim. Barcha karvonlarning ketish 
vaqti keldi, boshqa tomondan, xon urushga otlangan yoki qochib ketganligi xaqida 
gap tarqaldi. Diniy raxnamo shahar qamal qilinishi mumkinligi haqida meni 
ogoxlantirib, shaxardan chiqib ketishimni tavsiya etdi. Men esa o‗z sayoxatimni 
boshqa yo‗nalish bo‗yicha davom etishga qaror qildim va Buxorodan Eronga 
borib, u yerda olib borilayotgan savdo-sotiqni ko‗rish uchun otlandim, vaxolanki, 
men u xaqida Astraxan va Buxoroda yetarli darajada ma‘lumotga ega bo‗lib, Eron 
savdosi ko‗p jihatidan Tataristonnikiga o‗xshashligiga ishonch xosil qildim. 
Birinchidan, sufiylar va tatar xonlari o‗rtasida katta urush boshlangan edi. Natijada 
yo‗llar to‗silgan va Hindiston hamda Erondan yorliq bilan kelayotgan savdo 
karvoni talangan ekan. Buxorogacha 10 kunlik yo‗l narida karvonning katta qismi 
o‗g‗irlangan va o‗ldirilgan edi. Boshqa tomondan, xondan ham yuqori turgan 
Buxoroning diniy rahnamosi rus podshosi tomonidan menga berilgan yorliqni oldi, 
ushbu yorliqsiz meni har qanday mamlakatda kul qilishlari mumkin edi. Nixoyat, 
xon va amaldorlar qarzlari evaziga olgan movut va mollar Eronda ham sotilmadi. 
Yuqoridagi vaziyat va turli sabablarga ko‗ra men Kaspiy dengiziga borib, shu 
yerdan ortga qaytishga majbur bo‗ldim. Shunday qilib, biz 1559 yil 8 martda 
Buxorodan 600 tuya bilan yo‗lga chiqdik. Belgilangan vaqtda chiqmaganimizda 
edi, men va do‗stlarimning xayoti va mollari xavf ostida qolishi mumkin edi. Biz 
yo‗lga chiqqanimizdan 10 kun o‗tib, Samarqand hukmdori Buxoroga keldi.
Xukmdor mamlakatni 2 yoki 3 yildan ortiq boshqarishi mo‗jiza xisoblangan. 
Biror bir yurt xukumdori boshqa yerga ketganda, shu sulolaning boshqa vakili bu 
yerni 3-4 yil qamal qilib turgan. Bunday bosqinchilik xonlar o‗rtasida odatga 
aylangan edi.
Antoniy Jenkinsonning ushbu sayohati Yevropa olimlarini, ayniqsa, 
kartograf va etnograflarni bugungi kungacha qiziqtirib kelmoqda. Keyingi 
asrlarning mashxur sayyoxlariga ushbu kundalik qo‗llanma vazifasini bajardi. 
Kundalik Abdullaxon II ning hokimiyatga kelishi va hukmronligining dastlabki 
davri muammolarini o‗rganishda asosiy manbalardan xisoblanadi. Shuningdek, 
O‗rta Osiyoning o‗rta asrlar tarixida mavjud bo‗lgan muammolar (o‗zaro sulolaviy 
kurashlar, diniy urushlar) o‗lkaning savdosiga, madaniyatiga, umuman olganda, 
yangi tarixiy taraqqiyot bosqichiga ko‗tarilishiga salbiy ta‘sir etganligi kundalikda 


131 
o‗z baxosini topgan. 

Yüklə 481,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə